Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.5K photos
2.44K videos
311 files
7.6K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xiva shahri Ogahiy ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi Hayitboyeva Kumushoyning "Oilaning baxtli onlari" mavzusidagi videoroligi

#Biz birmiz
#Qalban birgamiz
#Uyda qoling!
#OILANINGBAXTLIONLARI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eng_yaxshi_ğazalxon
#4ishtirokchi
#ğazalxonlik_tanlovi
Xorazm viloyati Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining 5 sinf õquvchisi Ahmedjonova Shahrizoda
📲 @Marjon_wedding1
💎 @Samarqand_1_kitibxonlari
🏡 #Uyda_qoling_va_yulduz_bõling
Forwarded from 𝓑𝓞𝓛𝓣𝓐𝓨𝓔𝓥𝓐 𝓕𝓐𝓡𝓐𝓝𝓖𝓙𝓒 𝓣𝓞𝓛𝓘𝓑𝓞𝓥𝓝𝓐 via @like
VID_20200410_134231.3gp
159.4 MB
#5tashabbus
#uyda qoling

#ENG_YAXSHI_KITOBXON
✔️ Abdulla Qodiriy
"Mehrobdan chayon" asari

Anvar va Ra'no...Zamonasining zaylu qurboniga aylanmay, o'zining shijoati bilan muhabbati va kelajagi yo'lidagi harakati, aytish jois bo'lsa jasorati tahsinga sazavordir. Davrning adolatsiz muhiti, amalparastlik, turmush ikir-chikirlari va nihoyat go'zal muhabbat tafsiflariga boy ushbu asarning bugungi kungacha ardoqda ekanligi tasodif emas,albatta... Abdulla Qodiriyning o'tmishdan olib yozgan mazkur ikkinchi romani -"Mehrobdan chayon" kitobxonlarga manzur kelayotgan durdona asarlardan biridir.

✍🏻 Ravshanbekova Gulmira
🏢 Xorazm viloyati Xiva shahri Ogohiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi

OVOZ BERISH

t.iss.one/Bekobod_sh_online_tanlov
Forwarded from KELAJAK YOSHLARI via @like
98-Ishtirokchi

#uyda_qoling.
#Sherxonlik_tanlovi

🔷TILAK
Istayman, dunyoda onajonlarning,
Oftob yanglig‘ yuzlari porlab kulsin.
Istayman, dunyoda jannat beshigin,
Ona tebratishin bu jahon bilsin.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Istayman, otalar omon bo‘lsinlar,
Vatanga suyanchiq, posbon bo‘lsinlar.
Otalik mehrini yurakdan tuyib,
El-u yurti uchun qo‘rg‘on bo‘lsinlar.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Istayman, buvalar, buvijonlarning
Har aytgan so‘zlarin bir hikmat biling.
Istayman, mushtipar, xokisorlarning
Hurmat-u izzatin joyiga qo‘ying.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Istayman, ustozlar baxtimiz o‘ylab,
Bilim makonidan bir saroy qursin.
Qalbimiz bilimga limmo-lim to‘lib,
Dildagi g‘uborlar bir qolmay kuysin.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Istayman, aka-yu opalaringiz
Qalbi g‘uborlardan yiroqda bo‘lsin.
Istayman, ular ham mehribon bo‘lib,
Uka-singillarin bir yo‘qlab qo‘ysin.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Istayman, singillar, ukajonlarning
Bolalik kezlari zo‘r, quvnoq o‘tsin.
Istayman, u damni qaytsaydi deya,
Xayolda bo‘lsa-da intiqib kutsin.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Istayman, xolalar, ammajonlarning
Bor baxtin o‘ylasin suyanchig‘lari.
Farzandlari doim xizmatda bo‘lsin,
Doim porlab tursin qorachig‘lari.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Istayman, yurt uchun ko‘ksi qalqonlar
Vatan ishqin dilda va qalbda tuysin.
Istayman, Vatan! deb ko‘ksiga urgan,
Mard, jasur posbonlar sog'- omon bo‘lsin.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Istayman, yor-u do‘st, qarindoshlarning
Yuragi alamga, g‘amga to‘lmasin.
Istayman, ular bir suyanchiq bo‘lib,
Dunyoda hech qachon yolg‘iz qolmasin.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Istayman, har qachon do‘st-u yoronlar
Bir-birin o‘ylasin, omonat bilsin.
Yolg‘iz qolganida yonida bo‘lib,
Bu dunyo umrini g‘animat bilsin.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Boshiga tushganda kulfat, og‘ir g‘am,
Yonidan ketmasin, bir yupanch bo‘lsin.
Yaxshi kuni uning ko‘nglin ko‘tarib,
U bilan yayrasin, ham suyanch bo‘lsin.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Istayman, hech qachon do‘stlar, yoronlar
Pul uchun, mol uchun hech do‘st bo'lmasin.
Istayman, ko‘ngillar poklikka to‘lib,
Aslo yomonlikka duchor bo'lmasin!
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Istayman, jigar-u yaqinlaringiz
O‘ylang va ularga ayting siz tilak,
Boshi toshdan bo‘lsin jigarlaringiz,
Ammo tosh bo‘lmasin ko‘ksida yurak!
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
Istayman, yurtimiz doim tinch bo‘lib,
Osmonimiz har vaqt musaffo bo‘lsin.
Istayman, dunyoda OGAHIY maktab
Dunyo qancha tursa, u shuncha tursin!
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~

Ogahiy ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Saparboyeva Ziyoda


Kanalga obuna indeksi👇👇👇

t.iss.one/Vobkent_Talim_taraqqiyoti
Forwarded from KELAJAK YOSHLARI (𝑩𝒐𝒍𝒕𝒂𝒚𝒆𝒗𝒂 𝑭𝒂𝒓𝒂𝒏𝒈𝒊𝒔 𝑻𝒐𝒍𝒊𝒃𝒐𝒗𝒏𝒂) via @like
23-Ishtirokchi
#Uyda_qoling
#Sherxonlik_Tanlovi

Ma'rifat yo'lida bo'ldingiz qurbon,
Qalblarda mangusiz doim bobojon.
Sizni biz madh qilib yurgaymiz har on,
Ogahiy bobomsiz,Ogahiy bobom.

Yirtimizning faxri ,tarjimonisiz,
Ham mirob ham shoir tarixchidirsiz.
Xivamni yoritgan charoĝbonimsiz,
Ogahiy bobomsiz,Ogahiy bobom

Mana nomingizga qurilgan maktab,
Bu yerda o'rganamiz ilm-ma'rifat.
Ogahiy she'rlari yangragay albat,
Ogahiy bobomsiz,Ogahiy bobom.

Mana haykalingiz qaddin rostlagan,
Uyingiz chiroyli muzey ham bo'lgan.
Oĝil-qizlar doim sizni yod etgan ,
Ogahiy bobomsiz,Ogahiy bobom

Ogahiy ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi Ravshanbekova Gulmira.

Kanalga obuna indeksi👇👇👇

t.iss.one/Vobkent_Talim_Taraqqiyoti
Forwarded from KELAJAK YOSHLARI (𝑩𝒐𝒍𝒕𝒂𝒚𝒆𝒗𝒂 𝑭𝒂𝒓𝒂𝒏𝒈𝒊𝒔 𝑻𝒐𝒍𝒊𝒃𝒐𝒗𝒏𝒂) via @like
575-Ishtirokchi

#uyda_qoling
#maqola_tanlovi


Farzandlaring senga suy
anch, O’zbekiston!
Buyuksan,mo’tabarsan eng ulug’ zamin-onajon Vatan!
(Ozod Sharafiddinov)

Bir donishmandning “Bilimning o’zi kamlik qiladi,siz-uni qo’llashingiz kerak,xohishning o’zi kamlik qiladi , siz –uni amalga oshirishingiz kerak”,- degan so’zlari mohiyatidan kelib chiqadigan bo’lsak,biz o’zimizdagi mavjud imkoniyat va iqtidorni yanada kamol toptirish,ularni amalda qo’llay bilish orqaligina eng baland marralarni egallashimiz mumkin.Buning uchun esa orzular ushaladigan yurtimizda barcha shart-sharoitlar muhayyo.
Vatan –kindik qonimiz to’kilgan maskan,muqaddas dargoh.Mo’jizali maskanlari bilan yuraklarga jo bo’lgan , har qarich yeri, bir kaft tuprog’I zar ,ko’zga gavhardir.Ona yurt misli qimmatli Ko’hinur olmosi kabi biz farzandlar uchun shunchalik ardoqlidir.Bulbul o’z bog’ida yayrab sayraganidek,odamizot ham o’z yurtida baxt osmonini quchadi.Bu maskanning na bahosi va na qiyoslaguvchi qudrati bor.Vatan uning har bir farzandi uchun muqaddasdir.Uning qadrini vatangado va musofir biladi.Yurtimizning suvidan to giyohiga qadar barchasi himoyalangan.Demak, bu yurt uchun har bir farzand jon kuydirmog’I, kelajagi uchun oz bo’lsada nafi tegadigan bo’lib yashamog’i lozim. Axir biz tinch va farovon mamlakatning ertagi kuni, ishonchi va suyanchimiz. Shunday ekan , o’zimizga bo’lgan ishonchni oqlaylik ! Axir eng asosiy burchimiz Vatan va ota- onamiz oldidagi farzni ado etish emasmi ?! O’z salohiyati bilan tengdoshlaridan ajralib turadigan va qalbiga ezgu maqsadlarni joylagan tengdoshim! Yuksak marralarni zabt etish va O’zbekistonning ertagi kunini davom ettirguvchi bilimga chanqoq ,zukko,jahon minbarida turishga qodir,Al-Xorazmiydek matematikada, Alisher Navoiydek adabiyotda,Ibn Sinodek tibbiyotda o’z iste’dodini namoyon qiluvchi farzandlari borligini dunyoga yana bir bor ajdodlarga munosib ravishda tanitish uchun orzularimizni birlashtiraylik! Keling ,yorqin hayot zinapoyalarini mustahkamlash uchun barchamiz bir safda Vatan suyanchi bo’laylik!
Darhaqiqat,bugungi o’zgarishlar davri yuksak mahorat va bilimni talb qiladi.Buni inkor qilishning esa ilojisi yo’q.Rivojlangan davr til bilishini talab qiladi.Bobomiz Farobiy 70 dan ortiq tilni mukammal bilgan.Astronom,matematik va geograf bobomiz Beruniy nomi esa Oydagi kraterlardan biriga berilgan. Ibn Sinoning “Tib qonunlari”asari esa hatto Yevropada ham ma’lum vaqt qo’llanma bo’lib keldi.Al-Xorazmiy bilimining mahsuli esa butun dunyoda, ya’niki,har birimiz ishlatayotgan anashu kichik bir telefonda mujassam ekanligini barchamiz juda yaxshi bilamiz.Bizning bobolarimiz ana shunday ,har birining jihatlatlari-yu asarlarining sanog’i yo’q.To’g’ri, biz bu bilan g’ururlanamiz.Lekin faqat g’ururning o’zi kamlik qiladi.Buning uchun biz ham Vatanimiz , xalqimiz, ota-onamiz faxrlanishiga arzigulik iymoni but farzand bo’lishimiz zarur. “Dunyoda hech qachon eskirmaydigan, yo’qolmaydigan bebaho bir boylik borki,u ham bo’lsa,farzandiga bergan bilim va hunardir.” Prezidentimiz Shavkat Miramonovich Mirziyoyevning yuqoridagi so’zlari bizga bo’lgan ishonch va e’tiborning naqadar ma’suliyatli ekanligini eslatib turadi.Zeroki, biz farzandlar Vatan suyanchi ekanligimizni unutmasligimiz darkor!

Xorazm viloyati Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabining 9-sinf o’quvchisi Xayitboyeva Kumushoy

Kanalga obuna indeksi👇👇👇
t.iss.one/Vobkent_Talim_taraqqiyoti