575-Ishtirokchi
#uyda_qoling
#maqola_tanlovi
Farzandlaring senga suyanch, O’zbekiston!
Buyuksan,mo’tabarsan eng ulug’ zamin-onajon Vatan!
(Ozod Sharafiddinov)
Bir donishmandning “Bilimning o’zi kamlik qiladi,siz-uni qo’llashingiz kerak,xohishning o’zi kamlik qiladi , siz –uni amalga oshirishingiz kerak”,- degan so’zlari mohiyatidan kelib chiqadigan bo’lsak,biz o’zimizdagi mavjud imkoniyat va iqtidorni yanada kamol toptirish,ularni amalda qo’llay bilish orqaligina eng baland marralarni egallashimiz mumkin.Buning uchun esa orzular ushaladigan yurtimizda barcha shart-sharoitlar muhayyo.
Vatan –kindik qonimiz to’kilgan maskan,muqaddas dargoh.Mo’jizali maskanlari bilan yuraklarga jo bo’lgan , har qarich yeri, bir kaft tuprog’I zar ,ko’zga gavhardir.Ona yurt misli qimmatli Ko’hinur olmosi kabi biz farzandlar uchun shunchalik ardoqlidir.Bulbul o’z bog’ida yayrab sayraganidek,odamizot ham o’z yurtida baxt osmonini quchadi.Bu maskanning na bahosi va na qiyoslaguvchi qudrati bor.Vatan uning har bir farzandi uchun muqaddasdir.Uning qadrini vatangado va musofir biladi.Yurtimizning suvidan to giyohiga qadar barchasi himoyalangan.Demak, bu yurt uchun har bir farzand jon kuydirmog’I, kelajagi uchun oz bo’lsada nafi tegadigan bo’lib yashamog’i lozim. Axir biz tinch va farovon mamlakatning ertagi kuni, ishonchi va suyanchimiz. Shunday ekan , o’zimizga bo’lgan ishonchni oqlaylik ! Axir eng asosiy burchimiz Vatan va ota- onamiz oldidagi farzni ado etish emasmi ?! O’z salohiyati bilan tengdoshlaridan ajralib turadigan va qalbiga ezgu maqsadlarni joylagan tengdoshim! Yuksak marralarni zabt etish va O’zbekistonning ertagi kunini davom ettirguvchi bilimga chanqoq ,zukko,jahon minbarida turishga qodir,Al-Xorazmiydek matematikada, Alisher Navoiydek adabiyotda,Ibn Sinodek tibbiyotda o’z iste’dodini namoyon qiluvchi farzandlari borligini dunyoga yana bir bor ajdodlarga munosib ravishda tanitish uchun orzularimizni birlashtiraylik! Keling ,yorqin hayot zinapoyalarini mustahkamlash uchun barchamiz bir safda Vatan suyanchi bo’laylik!
Darhaqiqat,bugungi o’zgarishlar davri yuksak mahorat va bilimni talb qiladi.Buni inkor qilishning esa ilojisi yo’q.Rivojlangan davr til bilishini talab qiladi.Bobomiz Farobiy 70 dan ortiq tilni mukammal bilgan.Astronom,matematik va geograf bobomiz Beruniy nomi esa Oydagi kraterlardan biriga berilgan. Ibn Sinoning “Tib qonunlari”asari esa hatto Yevropada ham ma’lum vaqt qo’llanma bo’lib keldi.Al-Xorazmiy bilimining mahsuli esa butun dunyoda, ya’niki,har birimiz ishlatayotgan anashu kichik bir telefonda mujassam ekanligini barchamiz juda yaxshi bilamiz.Bizning bobolarimiz ana shunday ,har birining jihatlatlari-yu asarlarining sanog’i yo’q.To’g’ri, biz bu bilan g’ururlanamiz.Lekin faqat g’ururning o’zi kamlik qiladi.Buning uchun biz ham Vatanimiz , xalqimiz, ota-onamiz faxrlanishiga arzigulik iymoni but farzand bo’lishimiz zarur. “Dunyoda hech qachon eskirmaydigan, yo’qolmaydigan bebaho bir boylik borki,u ham bo’lsa,farzandiga bergan bilim va hunardir.” Prezidentimiz Shavkat Miramonovich Mirziyoyevning yuqoridagi so’zlari bizga bo’lgan ishonch va e’tiborning naqadar ma’suliyatli ekanligini eslatib turadi.Zeroki, biz farzandlar Vatan suyanchi ekanligimizni unutmasligimiz darkor!
Xorazm viloyati Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabining 9-sinf o’quvchisi Xayitboyeva Kumushoy
Kanalga obuna indeksi👇👇👇
t.iss.one/Vobkent_Talim_taraqqiyoti