Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.43K videos
311 files
7.58K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#bizning_ijod
#mitti_hikoyalar

Tuzalmas dard

Qizcha shifokor oldiga borib:
- Assalom u aleykum.
- Valeykum assalom. Nima qilib yuribsan bu yerda?
- Meni dardimni tuzalmas deyishyapti.
Shifokor ma' yus ohangda so'radi.
- Qanaqa dard?
- Uni faqat dadam tuzata oladi.
- Unda dadang oldiga bor.
- Keldim...
Yerga tomchilar tushdi...


Urushdan qaytgan mashina

Urushdan mashinalar qaytdi. Bitta mashinadan oyoqini oqsab bir yigit tushdi. U yigitga qarab qo'shni singlim Nastya:
- Akam, akam, akam!
U yigit tushkun holati bilan mashina orqasini ochdi, mashinaga qaradim.
- Akam ekan...


Baxtli inson

Qiz:
- Men yig'layveraman, yig'layveraman...
Hamisha g'amgin bo'lib yuraman.
Uni eshtib qolgan quvnoq dugonasi unga tabassum ila dedi:
- Sen baxtli ekansan...
Va tashqariga chiqib ketdi.


Havasim kelyapti...


Gulixon, labini cho'zib kulib gapirayotgan qo'shnilarining gaplarini eshtib turarkan, chiday olmay ular oldiga bordi va
- Mukarram xolaga havasim kelyapti.
- Voy qizim u yomon ayol, o'zi hozir shuni aytib turgan edik.
- Shuning uchun ham aytayapman-da uni qancha gunohlari yuvildi...
Qo'shni ayol yerga qaradi...


Uchrashuvdagi savol

Uchrashuvga chiqgan ruhshunos yigit qizdan so'radi:
- Qizlar ikki turga bo'linadi: aqlli va romantik. Siz qaysi biriga kirasiz?
- Ya'ni? -deya so'radi qiz, - tushintiribroq gapiring.
- Aqlli qizlar - Oynada chang ko'rsa artib qo'yadi;
Romantik qizlar - Oynada chang ko'rsa yurakcha chizib qo'yadi.
Chuqur nafas olib chiqargan qiz:
- Men oynada yurak ko'rsam o'chirib qo'yaman...
Uning ko'zlariga yosh keldi.


Oyna

Qiz oynani qancha tozalamasin, baribir undagi chang ketmasdi. Oxiri qattiq tozalanaverib u oyna sinib tushdi. Keyin bilsa chang oynaning narigi tarafida ekan...


: Oygul Nurmamatova, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 8-"B" sinf o'quvchisi, "Navnihol" to'garagi a'zosi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌