Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.49K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#IJODIY_UCHRASHUV
#YANGI_LOYIHA

📆 May oyining 5-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida bugungi kunda poytaxtda yashab, faoliyat ko'rsatib kelayotgan xorazmlik yosh va umidli ijodkor, "Mard o'g'lon" davlat mukofoti sohibi Rahmat Bobojon bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

🔻 Ijodkor o'quvchilarga o'zining hayotiy va ijodiy tajribalari haqida gapirib berdi. Shoir va tarjimon sifatidagi faoliyati va yutuqlari bilan o'rtoqlashdi, yangi ijod namunalarini o'qib berdi. Shuningdek, bugungi kunda ijod maktabida tahsil olayotgan o'quvchilarning ijodlarini kuzatib borayotganligi va ijobiy fikrlarga loyiqligini e'tirof etdi.

🔸Uchrashuv qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Hamkorlikda_ijod
#Yangi_loyiha
#Jarayon

"HAMKORLIKDA IJOD" LOYIHASI O‘TKAZILDI

🔰25-noyabr kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabida 8-sinf o‘quvchilariga ijodiy-madaniy masalalari bo‘yicha targ‘ibotchi Jumanazar Yo‘ldashev boshchiligida "Hamkorlikda ijod" loyihasi o‘tkazildi.

🔹O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, iste'dodining ochilmagan qirralarini kashf etishga yo‘naltirilgan ushbu loyiha o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otdi.

🍂 "Kuzgi xiyobon" mavzusida badihago‘ylik, ya'ni favqulodda, birdan ijod qilish asosida o‘quvchilar og‘zaki hikoyalar yozishdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Yangi_loyiha
#7_ta_iqtidor
#Tez_kunda

OGAHIY IJOD MAKTABIDA
YANGI LOYIHA 7 TA IQTIDOR

💡Ogahiy nomidagi ijod maktabida tez kunda yangi loyiha!

📝 Bizni kuzatishda davom eting!!!

🔘 7 TA IQTIDOR


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha
#7_ta_iqtidor

OGAHIY IJOD MAKTABIDA
YANGI LOYIHA 7 TA IQTIDOR

💡Aziz ijod muhiblari uchun Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan tez kunda yangi loyiha!

📝 Kutilmagan! Qiziqarli! Ijodga yangicha yondashuv.

🔘 7 TA IQTIDOR


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
#Yangi_loyiha #7_ta_iqtidor OGAHIY IJOD MAKTABIDA YANGI LOYIHA 7 TA IQTIDOR 💡Aziz ijod muhiblari uchun Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan tez kunda yangi loyiha! 📝 Kutilmagan! Qiziqarli! Ijodga yangicha yondashuv. 🔘 7 TA IQTIDOR Ogahiy ijod maktabi…
#Hafta_ijodkorlari
#Yangi_loyiha

🏢 Ogahiy nomidagi ijod maktabining ijodkor o‘quvchilarining iqtidorini namoyish etishga qaratilgan yangi loyihaga start beramiz!

➡️ Loyihamizning ilk hafta ijodkorlari 11-"A" sinf o‘quvchisi Boynazarova Muxlisa va 11-"B" sinf o‘quvchisi Rajabova Bibinur

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Yangi_loyiha
#Men_oʻqigan_kitob

“O’NTA NEGR BOLASI”
Agata Kristi


Agata Mari Klarissa Kristi— ingliz yozuvchisi. Detektiv janr
ustasi. 85 roman, 20 pyesa va koʻplab hikoyalar muallifi.


Asar mavzusi:

Asar detektiv janrning nodir na'munasi o'laroq, ifoda yo'sinining sirliligi, favqulodda kutilmagan vaziyatlarga boyligi, asar boshidan oxirigacha kitobxonlarni qiziqtirib, fokusni yo’qotmasdan tutib turolishi bilan ajralib turadi. Asarda intihoda hamma har bir qilgan jinoyati uchun javob berishi haqida so’z boradi.

Asardan kelib chiqadigan g’oyalar:


• Asar bir-biriga o’xshamagan 10 xil taqdirni o’z ichiga qamrab olad.Turli tabaqa vakillari bo’lgan bu shaxslar orolga maxsus telegramma taklifi bilan kelishib, o’zlarining bir vaqtlar amalga oshirib, ammo qonun jazo berolmagan jinoyatlari uchun javob berishadi.. Bu qahramonlarimizning
har biri o’z jinoyati darajasiga munosib tarzda nasibasini oladi. Asarni o’qigan kitobxon
jinoyat olami oxiri chiqib bo’lmas jirkanch botqoq ekanligi, har bir jinoyatnng jazosi muqarrarligini anglaydi. Shu bilan birga insoniylik unut bo’lib, ta’magirlik, loqaydlik, yashirin jinoyatlar avj olsayu, ularning oldi olinmasa boshqa qator jinoyatlarning “tug’ilishi”ga ham doyalik qilib berilgan bo’lishi yoritiladi. Asarning boshidan oxirigacha voqealar ketma-ketligi asnosida anglatishga urinilayotgan narsa
yozuvchi o’zi yozganidek,qay ko’rinishda bo’lmasin, har qanday jinoyat uchun jazo
muqarrarligi, intiho esa kutilmaganda kelishidir.

Asarning bugungi kundagi ahamiyati:

“If qal’asi mahbusi”asarida keltirib o’tilganidek, qasos insonga lazzat bag’ishlay
olmaydi. Bugungi kunda shiddatli hayotimizda boylik ortidan quvish, nosog’lom raqobatni avj oldirish natijasida yuzaga kelayotgan jinoyatlarni oldini olish, oshkora-pinhon
jinoyatlarni ochiqlab, munosib chora ko’rish uchun ham bu asarni o’qib chiqishni tavsiya
qilaman.

Asar qaysi yosh toifalariga mo’ljallangan?

Asar asosan o’smir yoshdagilar va kattalarga tavsiya qilinadi. Chunki sog’lom fikrli avlodni
tarbiyalab ularni jinoyat olamidan ogohlantirishning eng samarali yo’li kitoblardir

Asarni o’qishga top 5 ta sabab:

1) Voqealar oxirgi nuqtagacha tugun ortiga yashiringanligi o’qirmanni logikani ishga solib tanqidiy fikrlashga undaydi;
2) O’z hayotini isloh qilolmay hirsiga berilgan insonlarga bu noto’g’ri yo’lini anglatadi.
3) Yashirin va oshkora jinoyat, gunohlardan tiyilishga undaydi.
4) Qonun jazo berolmagan jinoyatlar uchun ham jazo muqarrarligini anglatadi
5) Detektiv ixlosmandlari uchun nodir asar.


Ichki konflikt va xulosa:
Ayrim Detektiv ixlosmandlari Uorgreyvning qonxo’r ekanligi, qonun ularni o’ylaganini keyin hech kimning jazo tayinlashga haqqi yo’qligini ta’kidlashadi. Ammo aslida unday emas! Alloh taolo bandlarini haqqini bandasida qoldirmaydi. Kimningdir o’limiga kimnidir
vasila qiladi. Yopiq qozonlar yopiqligicha qolaversa, turaverganidan sasib keyinchalik atrofniyam zararlaydi. Shuningdek Oliy hakam har kimga aybiga yarasha jazo beradi. Asarda keltirilganidek: ”Gunohlarimiz uchun albat jazo olgaymiz”

: Amatova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Mening_fikrim
#Yangi_loyiha

🔰 Joriy yilning 10-oktabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarini bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tarbiyachi-pedagoglar tomonidan 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Mening fikrim" loyihasi bo‘lib o‘tdi.

❇️ Loyihada asosan o‘quvchilar sahna madaniyati, o‘z fikrini ommaga yetkaza olish, nutq uslublari bo‘yicha ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. Belgilangan shartga ko‘ra o‘quvchilar maktab haqida taassurotlarini o‘rtoqlashdilar.

📸 Jarayondan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Xushxabar
#Yangi_loyiha
#Uzluksiz_kasbiy_rivojlanish
#Ogahiy_ijod_maktabi

Ogahiy nomidagi ijod maktabi ingliz tili fani pedagoglari salohiyatining yuqoriligi e'tirof etilgan holda Respublikamizdagi 10 mingdan ziyod umumta'lim maktablaridan 18 ta, agentlik tizimidagi ta'lim muassasalaridan bitta o'zi 19 ta chempionlar qatoridan joy olib, yangi loyihani tatbiq qilishga loyiq jamoa sifatida topilgan edi.

🔰O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Britaniya Kengashi va Buyuk Britaniyadagi Norvich til ta’limi instituti (NILE) bilan birgalikda “Maktab chempionlari” (School Champions) loyihasi
doirasida maktab direktorlari va ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun seminar-trening 2023 yil 23-oktabr kuni Toshkent shahrida o'tkazildi.

💢Unda Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktori Sarvar Abdullayev va ingliz tili fani o'qituvchisi Aksana Xajaniyazovalar ham ishtirok etdilar.

🔸Seminar-treninglarda:
19 ta maktab “chempioni”;
19 ta maktab direktorlari;
6 ta  Milliy koordinatorlar;
3 ta Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi koordinatorlari;
3 ta Britaniya kengashi koordinatorlari;
NILE maslahatchilari (onlayn) qatnashdilar.

📌Trening maqsadi:
• Loyihaning barcha ishtirokchilarini yagona g‘oya ostida birlashtirish va ularni jamoa sifatida shakllantirish;
• ishtirokchilarni loyihaning mantiqiy asoslari, maqsad va vazifalari bilan tanishtirish;
• barcha manfaatdor tomonlar va jamoa a'zolarining asosiy rollari va mas'uliyatlarini tushuntirish;
• Uzluksiz kasbiy rivojlanish tamoyillarining umumiy tushunchasi va kontseptsiyasini muhokama qilish;
• tajriba – sinov jarayonini rejalashtirish.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Yangi_loyiha
#Uzluksiz_kasbiy_rivojlanish
#Ogahiy_ijod_maktabi

Avval xabar berganimizdek, Ogahiy ijod maktabi ingliz tili fani pedagoglari salohiyatining yuqoriligi e'tirof etilgan holda Respublikamizdagi 10 mingdan ziyod umumta'lim maktablaridan 18 ta, agentlik tizimidagi ta'lim muassasalaridan bitta o'zi 19 ta chempionlar qatoridan joy olib, loyihani tatbiq qilishga loyiq jamoa sifatida topilgan edi.

🔰Ushbu loyiha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Britaniya Kengashi va Buyuk Britaniyadagi Norvich til ta’limi instituti (NILE) bilan hamkorlikda amalga oshirilib, “Maktab chempionlari” (School Champions) deb nomlanadi.

⚡️2023-yilning 30-oktabr kuni Ogahiy ijod maktabida maktab ma'muriyati va ingliz tili fani o'qituvchilari bilan birgalikda ushbu loyihaning mazmun-mohiyati, tajriba–sinov jarayonini rejalashtirish, loyihani
amalga oshirish mexanizmlari va kutilayotgan natijalari
bo'yicha davra suhbati tashkil qilindi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Yangi_loyiha
#Birinchi_bitiruvchilarimiz

🔰Ogahiy nomidagi ijod maktabi 2023-yilgi birinchi qaldirg'ochlari, bugungi kunda Toshkent shahridagi O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1-kurs talabalari Hakimova Sarvinoz va Saparboyeva Ziyodalar TITS (Tashkent international Tourism Fair) -
Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ilk bora ''volunteer'' sifatida qatnashdilar.

Mazkur yarmarka har yili xalqaro miqyosda o'tkazilib, uch kun davom etadi va O'zbekistonning turli hududlaridan va xorijdan mehmonlar tashrif buyurishadi.

🕊Ilk bitiruvchilarimizning o'qish va jamoatchilik yo'nalishlaridagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Yangi_loyiha
#Birinchi_bitiruvchilarimiz

🔰Ogahiy nomidagi ijod maktabining 2023-yilgi birinchi qaldirg'ochlari, bugungi kunda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 1-kurs talabalari Qadamova Mohichehra(Xalqaro jurnalistika fakulteti) va Omonova O'giljon(arab tili fakulteti)lar 4-dekabr - Ogahiy nomidagi ijod maktabi ochilgan kun munosabati bilan maktab jamoasiga o'z minnatdorchiliklari va tabriklarini yo'lladilar.

🕊Biz ham o'z navbatida ilk bitiruvchilarimizning o'qish, ijod va jamoatchilik yo'nalishlaridagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Yangi_loyiha
#Navnihol_toʻgaragi

❇️ Joriy yilning 5-dekabr kuni Ogahiy ijod maktabida "Navnihol" ijodiy to‘garagi rahbari Jumanazar Yo‘ldosh boshchiligida yangi loyiha – "Raqobat" ijodiy loyihasining birinchi soni bo‘lib o‘tdi.

➡️ Bu loyihada o‘quvchilar ijodiy ishlariga har kim ball qo‘yadi, yig‘ilgan ballar qo‘shilib ball qo‘ygan o‘quvchilar soniga bo‘linib ishtirokchining umumiy reyting bali kelib chiqadi. Shu tarzda ishtirokchilar baholanib, turnir shaklida olib boriladi.


Loyihaning birinchi turida quyidagi o‘quvchilar g‘olib bo‘lishdi:
🥇-o‘rin Bahodirova Komila 11-A sinf o‘quvchisi
🥈-o‘rin Omonboyeva Sabrina 9-A sinf o‘quvchisi
🥉-o‘rin Yarashev Narimon 10-A sinf o‘quvchisi
.

🔸 Loyiha davomida o‘qilgan hikoyalarning yutuq-kamchiliklari aytib o‘tildi, zarur maslahat va tavsiyalar berildi.


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Yangi_loyiha
#Raqobat

❇️ Joriy yilning 18-dekabr kuni Ogahiy ijod maktabining "Navnihol" ijodiy to‘garagi rahbari Jumanazar Yo‘ldosh boshchiligida "Raqobat" loyihasining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.

🔸Bu sonda ham o‘quvchilar o‘zining badiiy ijod namunalari bilan o‘zaro raqobatga kirishishdi. Har bir o‘quvchi o‘z ijod namunasini o‘qib berdi va ishtirokchilar tomonidan ball qo‘yildi. Yig‘ilgan ballar qo‘shilib, ball qo‘ygan ishtirokchilar soniga ajratiladi va natijada ijodkorning umumiy bahosi hosil bo‘ladi.
Loyihaning kuchli raqobat muhitida o‘tgan bu sonida:


🥇-o‘rin – Yarashev Narimon (9.5 ball)
🥈-o‘rin – Bahodirova Komila (9.2 ball)
🥉-o‘rin – Nurmamatova Oygul (9.1 ball) g‘olib bo‘lishdi.


➡️ Loyiha davomida ishtirokchilar ijodiy ishlarining yutuq va kamchiliklari aytildi.

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Yangi_loyiha
#Navnihol_toʻgaragi

❇️ Joriy yilning 18-aprel kuni Ogahiy ijod maktabida tarbiyachi-pedagogi Jumanazar Yo‘ldosh boshchiligida yangi loyiha – "Raqobat" ijodiy loyihasining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.
 
➡️ Bu loyihada o‘quvchilar ijodiy ishlariga har kim ball qo‘yadi, yig‘ilgan ballar qo‘shilib ball qo‘ygan o‘quvchilar soniga bo‘linib ishtirokchining umumiy reyting bali kelib chiqadi. Shu tarzda ishtirokchilar baholanib, turnir shaklida olib boriladi.


Loyihaning navbatdagi sonida quyidagi o‘quvchilar g‘olib bo‘lishdi:

🥇-o‘rin Ro‘zmamatova Dinora 8-"B" sinf
o‘quvchisi(9.7 ball);
🥈 -o‘rin Omonboyeva Sabrina 9-"A" sinf o‘quvchisi(9.4 ball);
🥉-o‘rin Nurmamatova Oygul 8-"B" sinf o‘quvchisi(9.3 ball).

🔸 Loyiha davomida o‘qilgan hikoyalarning yutuq-kamchiliklari aytib o‘tildi, zarur maslahat va tavsiyalar berildi.

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Yangi_loyiha
#Motivatsion_uchrashuv

🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabida bosh tarbiyachi-pedagog Maqsuda Bobojonova tomonidan yangi loyiha - "MOTIVATSION UCHRASHUV" yo'lga qo'yildi.

💫 Loyihaning asosiy maqsadi - ijod maktabimizda tahsil olib kelayotgan, yuqori natijalarni ko'rsatayotgan peshqadam o'quvchi bilan maktabdagi quyi sinf o'quvchilarini uchrashtirish, muvaffaqiyatlari sirlari bilan o'rtoqlashish, ruhlantirish, o'ziga ishonchni oshirishdan iborat.

🎈Motivatsion uchrashuv loyihasining ilk mehmoni Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o'quvchisi, IELTS dan 8 daraja sohibasi, AQSh elchixonasining FLEX – Kelajak liderlari almashinuvi dasturi g'olibasi sifatida 2024-2025- o'quv yilida AQSHdagi maktablardan birida o'qib keladigan Nurhayot Yangiboyeva bo'ldi va uning 7-"A" sinf o'quvchilari bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvni foydadan holi bo'lmaydi degan o'y bilan sizga ham ilindik.

🌐Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM