Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.49K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Xushxabar
#Yangi_loyiha
#Uzluksiz_kasbiy_rivojlanish
#Ogahiy_ijod_maktabi

Ogahiy nomidagi ijod maktabi ingliz tili fani pedagoglari salohiyatining yuqoriligi e'tirof etilgan holda Respublikamizdagi 10 mingdan ziyod umumta'lim maktablaridan 18 ta, agentlik tizimidagi ta'lim muassasalaridan bitta o'zi 19 ta chempionlar qatoridan joy olib, yangi loyihani tatbiq qilishga loyiq jamoa sifatida topilgan edi.

🔰O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Britaniya Kengashi va Buyuk Britaniyadagi Norvich til ta’limi instituti (NILE) bilan birgalikda “Maktab chempionlari” (School Champions) loyihasi
doirasida maktab direktorlari va ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun seminar-trening 2023 yil 23-oktabr kuni Toshkent shahrida o'tkazildi.

💢Unda Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktori Sarvar Abdullayev va ingliz tili fani o'qituvchisi Aksana Xajaniyazovalar ham ishtirok etdilar.

🔸Seminar-treninglarda:
19 ta maktab “chempioni”;
19 ta maktab direktorlari;
6 ta  Milliy koordinatorlar;
3 ta Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi koordinatorlari;
3 ta Britaniya kengashi koordinatorlari;
NILE maslahatchilari (onlayn) qatnashdilar.

📌Trening maqsadi:
• Loyihaning barcha ishtirokchilarini yagona g‘oya ostida birlashtirish va ularni jamoa sifatida shakllantirish;
• ishtirokchilarni loyihaning mantiqiy asoslari, maqsad va vazifalari bilan tanishtirish;
• barcha manfaatdor tomonlar va jamoa a'zolarining asosiy rollari va mas'uliyatlarini tushuntirish;
Uzluksiz kasbiy rivojlanish tamoyillarining umumiy tushunchasi va kontseptsiyasini muhokama qilish;
• tajriba – sinov jarayonini rejalashtirish.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Yangi_loyiha
#Uzluksiz_kasbiy_rivojlanish
#Ogahiy_ijod_maktabi

Avval xabar berganimizdek, Ogahiy ijod maktabi ingliz tili fani pedagoglari salohiyatining yuqoriligi e'tirof etilgan holda Respublikamizdagi 10 mingdan ziyod umumta'lim maktablaridan 18 ta, agentlik tizimidagi ta'lim muassasalaridan bitta o'zi 19 ta chempionlar qatoridan joy olib, loyihani tatbiq qilishga loyiq jamoa sifatida topilgan edi.

🔰Ushbu loyiha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Britaniya Kengashi va Buyuk Britaniyadagi Norvich til ta’limi instituti (NILE) bilan hamkorlikda amalga oshirilib, “Maktab chempionlari” (School Champions) deb nomlanadi.

⚡️2023-yilning 30-oktabr kuni Ogahiy ijod maktabida maktab ma'muriyati va ingliz tili fani o'qituvchilari bilan birgalikda ushbu loyihaning mazmun-mohiyati, tajriba–sinov jarayonini rejalashtirish, loyihani
amalga oshirish mexanizmlari va kutilayotgan natijalari
bo'yicha davra suhbati tashkil qilindi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Uzluksiz_kasbiy_rivojlanish
#Ogahiy_ijod_maktabi

📍7-noyabr kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabida MMT vazirligi, Britaniya Kengashi va Norwich instituti bilan hamkorlikda ingliz tili ustozlari uchun tajriba qilinayotgan "Chempion maktablar" kasbiy rivojlanish loyihasini amalga oshirilishi bilan tanishish, tajriba–sinov jarayonini rejalashtirish maqsadida tashrif buyurgan loyihaning Xorazm viloyati hududiy CPD maslahatchisi Xadjimetova Dilnoza bilan davra suhbati tashkil qilindi.

✳️ Davra suhbati jonli muloqot tarzida bo'lib, reja va takliflar muhokama qilindi.

❇️ Xabaringiz bor, Ogahiy ijod maktabi ingliz tili fani pedagoglari salohiyatining yuqoriligi e'tirof etilgan holda Respublikamizdagi 10 mingdan ziyod umumta'lim maktablaridan 18 ta, agentlik tizimidagi ta'lim muassasalaridan bitta o'zi 19 ta chempionlar qatoridan joy olib, loyihani tatbiq qilishga loyiq jamoa sifatida topilgan edi.

📸 Jarayondan foto lavhalar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Uzluksiz_kasbiy_rivojlanish
#Trening

🔰NILE mutaxassisi tomonidan Toshkent shahrida 13-14-dekabr kunlari bo’lib o’tgan treningda o’rganilgan metodikalar bo’yicha 5-yanvar kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot, kimyo, tarix, jismoniy tarbiya fanlari ustozlariga
uzluksiz rivojlanish CPD bo’yicha trening tashkil qilindi.

♻️Trening “That’s me” va “Ask the expert “ metodikalari bilan tanishtirish bilan boshlandi va tomosha qilingan videorolik muhokamasi savol-javob va debat shaklida davom etdi. Debat jarayonida asosan xorij ta’limi yutuq va muammolari, o’quvchilarni chet elda o’qishi va ustozlarni o’z ustida ishlashi haqida kechdi. Trening yakunida ustozlar III (uchta i), BBB metodlari yordamida olgan bilimlarini mustahkamladilar.

💫Trening maktab direktori S.Abdullayev tashabbusi bilan tashkil etilib, "Maktab chempioni" loyihasi ishtirokchisi, ingliz tili fani o’qituvchisi A.Xajaniyazova tomonidan o'tkazildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Uzluksiz_kasbiy_rivojlanish
#Sertifikat

🏤British Council va  Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti hamkorligida tashkil qilingan PATHWAYS TO EXCELLENCE dasturi bo'yicha Ingliz tili fani o'qituvchilarining 10 haftalik malaka oshirish online kursini Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'qituvchilari Samadova Nilufar va Razzoqova Barno ustozlar muvaffaqiyatli yakunlab Sertifikatni qo'lga kiritdilar.

💫O'quv kursi davomida o'qituvchilarimiz uzluksiz kasbiy rivojlanish ta'lim dasturi asosida o'z ustida ishlab zamonaviy o'qitish usullari, o'quvchilar bilan ishlash texnikalari, muammoli vaziyatlarga yechim topish  va baholashning yangicha yondashuvlari bilan tanishdilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Uzluksiz_kasbiy_rivojlanish
#Ogahiy_ijod_maktabi

🔰2024-yilning 13-fevral kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Britaniya Kengashi va Norwich instituti bilan hamkorlikda ingliz tili ustozlari uchun tajriba qilinayotgan "Chempion maktablar" kasbiy rivojlanish loyihasini amalga oshirilishi jarayonlari bilan tanishish maqsadida tashrif buyurgan loyihaning Xorazm viloyati hududiy CPD maslahatchisi Xadjimetova Dilnoza bilan davra suhbati tashkil qilindi.

♻️ Davra suhbati jonli muloqot tarzida bo'lib, reja va takliflar muhokama qilindi.

Xabaringiz bor, Ogahiy nomidagi ijod maktabi ingliz tili fani pedagoglari salohiyatining yuqoriligi e'tirof etilgan holda Respublikamizdagi 10 mingdan ziyod umumta'lim maktablaridan 18 ta, agentlik tizimidagi ta'lim muassasalaridan bitta o'zi 19 ta chempionlar qatoridan joy olib, loyihani tatbiq qilishga loyiq jamoa sifatida topilgan edi.

🌐Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Uzluksiz_kasbiy_rivojlanish
#Sertifikat

🏤British Council va  Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti hamkorligida tashkil qilingan PATHWAYS TO EXCELLENCE dasturi bo'yicha Ingliz tili fani o'qituvchilarining 10 haftalik malaka oshirish online kursini Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'qituvchisi Intizor Allabergenova muvaffaqiyatli yakunlab Sertifikatni qo'lga kiritdi.

💫O'quv kursi davomida o'qituvchimiz uzluksiz kasbiy rivojlanish ta'lim dasturi asosida o'z ustida ishlab zamonaviy o'qitish usullari, o'quvchilar bilan ishlash texnikalari, muammoli vaziyatlarga yechim topish  va baholashning yangicha yondashuvlari bilan tanishdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌