Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.54K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI HAMDA COGNIA XALQARO TAʼLIM TASHKILOTI OʻRTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Cognia xalqaro ta’lim tashkiloti hozirda 80 ga yaqin mamlakatda 25 milliondan oshiq o‘quvchi va 1 milliondan ortiq o‘qituvchilarni qamrab olgan bo‘lib, 36 000 dan ortiq ta’lim muassasalariga xizmat ko‘rsatadi.

Xususan, ushbu tashkilot maktablarni akkreditatsiyadan o‘tkazish, sertifikatlashtirish, baholash, tadqiqotlar olib borish, taʼlim sifatini oshirish, sifatli ta’lim resurslari bilan ta’minlash, o‘qituvchilar uchun onlayn platforma hamda offlayn tarzda kasbiy mahoratlari va malakalarini oshirish bo‘yicha yuqori sifatli professional xizmatlar taqdim etib kelmoqda.

Mazkur Xalqaro taʼlim tashkiloti bilan Agentlik o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyatini o‘rganish va takomillashtirishda, maktablarda ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqishda hamkorlik yo‘lga qoʻyiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#6_kun
#Nazm

     LOLAQIZG'ALDOQ
(M.Yusuf she'riga nazira)

Zalvorli tog‘larda mardona kulib,
Yerdan bosh ko‘tardi lolaqizg‘aldoq.
Ta‘rifini so‘ylab, tanti yellarga,
Muhammad Yusufni kutadi mushtoq.

Boshini tik tutar,
egmaydi sira,
Hatto kechalari bosmaydi mudroq,
"Iltijo" lar qilib tongdan, shomgacha ,
Muhammad Yusufni kutadi mushtoq.

Sekin ko‘taradi, o‘z pardasin tun,
Dilkash shoirini izlar qizg‘aldoq.
Qayta ko‘rmasligin bilsa-da lekin,
Muhammad Yusufni kutadi mushtoq.


✍️: Ro‘zimatova Mohinur,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi


👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#7_ta_iqtidor 
#2_mavsum
#6_kun
#Nasr

Mushukning ko'zyoshi

Sodiq aka hash-pashga qaramay mushukni bo'ynidan tortqilab tashqariga olib chiqdi. Uning yunglari shamolda chiroyli bo'lib uchar, ko'zlari ma'yus bir dardli edi. Sodiq aka bo'lsa uni urib-tepib haydab soldi.
- Bor ket, -deya mushukning  ortidan baqira ketdi.
   Sodiq akaning farzandlari baravariga so'rashdi:
- Nega bunday qildingiz?, -dedilar mushukning ortidan yig'lab qolisharkan....

Batafsil
👇👇👇👇
https://telegra.ph/MUSHUKNING-KOZ-YOSHI-01-08

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵Axborot va kaloriya: bog‘liqliklar hamda o‘xshashliklar

🔵Kontentlar sifati va darajasi – auditoriya tanlovi

🔵Inson va gadjetlar munosabati, onlayn muloqotning salbiy jihatlari, virtual qaramlik belgilari
〰️〰️〰️〰️〰️

⚡️ Bu fakt:

10 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 41%i doimiy onlayn rejimda;

14 yosh oralig‘idagi bolalarning 85%i gadjetlarsiz kun o‘tkazmaydi;

Inson kuniga 70 marta, ya’ni har 15 daqiqada telefonini tekshiradi;

Gadjetlarga qaram bo‘lgan odamlarning miyasidagi biokimyoviy o‘zgarishlar giyohvandlik davridagi o‘zgarishlar bilan bir xil.
〰️〰️〰️〰️〰️

🎥 Videorolik orqali global ma’lumotlarga ega bo‘ling!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#14_yanvar

Mening armiyam-mening faxrim
1-ISHTIROKCHI


🌠: Baxtiyorova Parizod,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi


👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Tanlovga
#14_yanvar

Mening armiyam-mening faxrim
2-ISHTIROKCHI


🌠: Qurbonova Farangiz,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi



👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Tanlovga
#14_yanvar

Mening armiyam-mening faxrim
3-ISHTIROKCHI


🌠: Qadamova Nozima,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o'quvchisi


👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Tanlovga
#14_yanvar

Mening armiyam-mening faxrim
4-ISHTIROKCHI


🌠: Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Asarlar_muhokamasi
#Jarayon

🔲 Joriy yilning 8-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida tarbiyachi-pedagoglar tomonidan 3-choraklik oldidan o‘quvchilarning kitobxonligini oshirishga qaratilgan "Bir haftada-bir kitob" loyihasi bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.

🔹Bosh tarbiyachi Maqsuda Bobojonova xalq og‘zaki ijodi durdonalaridan, o‘zbek klassik asarlari, jahon adabiyoti yuzasidan taqdimot qildi.

🔸Muhokama yakunida Ogahiyshunos olima, filologiya fanlari nomzodi Madina Matyoqubova taklifiga ko‘ra Ogahiy hazratlarining tarjimasi hisoblanmish Kaykovusning "Qobusnoma" asari tahlil qilindi.


🔻Maktab direktori Sarvar Abdullayev va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Boburjon Sadullayev boshlanayotgan navbatdagi choraklik oldidan qilinayotgan ishlar jadallik bilan davom etayotganini ko‘rib mamnun ekanliklarini bildirib o‘tdilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|