Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.6K photos
2.45K videos
311 files
7.62K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Tabiat_qòynida
#Noańanaviy_dars

🔰Kuni kecha Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinfida Tarbiya fanidan Anvarbek Ro'ziboyev tomonidan tashkillashtirilgan "Iroda" mavzusida ochiq dars oʻtkazildi.


♻️Dars ijodiy va interfaol metodlardan foydalanilgan holda tashkil qilindi. Sinf o'quvchilari mavzu doirasida mulohaza yuritib, fikrlar bildirdilar.

Jarayon qiziqarli kechdi va o'quvchilarga ko'tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Noańanaviy
#Ochiq_dars

🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinfida kuni kecha biologiya fani o'qituvchisi Muzaffar Masharipov rahbarligida o'quvchilar tomonidan tashkillashtirilgan "Tirik organizmlarni yashash muhitga moslanishi" mavzusidagi dars mashg'uloti o'zining yangicha jihatlari bilan qiziqarli va yuqori kayfiyatda bo'lib o'tdi.


Oʻquvchilar darsga juda katta tayyorgarlik bilan yondashganliklari namoyon bo'ldi. Jumladan, mavzuga doir xona bezaklari, videolavhalar, turli oʻyinlar va taqdimotlar oʻtkazildi.

Dars jarayonlaridan foto va video lavhalar

🌐Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_ijod
#Yangi

****
Menga mehr bermang, ota,
Menga bardam iymon kerak.
"Hamma ketsin hayotimdan" deganimda
Urmang, ota,
So'kmang,ota.
Baxt so'ramang o'g'lingizdan,
Bu dunyoga bilmay keldim.
"Kel! Oz qoldi! Ergash!"demang.
Gumon bilan...
Shayton bilan borolmayman izingizdan.
Muhabbat bu- buyuk ne'mat,
Yashashlikka imkon demang!
Sevmaslikka ko'nikkanman,
Baxtga esa ishonmayman!
Sal ko'piroq gapirvordim,
Biroz dakki bering, ota...
Axir bu ish mushkul emas,
Ming yil shunday yashadik-ku!
Ota, sizning dakkingizdan,
Mushuk vovlar, qilar "ku-ku".
Yo'o'q! Aldamang! Qochmang! To'xtang!
Sarobmidi bu-baxt yoki?!
Osmondaki saraton ham
Javob berar,
Borman toki!
Qabohat yo hasrat bilan,
"Ona xalq!" deb yotganingda,
Shunda ham baxt edi qayg'u,
Minglab dardli jadidingni otganingda,
Hamma saqov, karaxt edi.
Deding: "Voooy vo'o'..."
"Bas qil!" Dema, endi seni
Jon bersang ham sevolmayman!
Sevmaslikka ko'nikkanman,
Baxtga esa ishonmayman!

Jahongir Baxtiyorov, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-"B" sinf o'quvchisi

@sh_jahongir

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Bizning_ijod
#Yangi

*
"Tamom",-dedi. Yo'q boshqa najot,
Bunga guvoh qo'g'irchoqlaring.
Senga uni eslatar izhor,
Va javobsiz qo'ng'iroqlaring.

Tong otadi. Qani telefon?!
Go'yo kelgan xayrli xabar.
Ikki jumla sen uchun aziz,
Yulduz qadar, koinot qadar.

Kun boshlandi, sodda va oddiy,
Yolg'iz dalda-bunda hikmat bor.
Uy ichida, bag'rimda muzlik,
Ko'chada-chi, biz kutgan bahor.

Yo'o'q, ketmaydi bunday iztirob,
Nahot, bizga baxt qurg'ur qahat.
Tushimdagi sirli maktubga,
"Alvido",-deb yozoldim faqat.

Jahongir Baxtiyorov, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-"B" sinf o'quvchisi

@sh_jahongir

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Forwarded from Hilola Umarova
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Hurmatli vatandoshlar,
Qadrli pedagoglar!

Shonli tariximiz zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, bugungi tinch va faravon hayotimiz uchun necha o‘n yillar oldin zahmat chekkan ota-bobolarimizning buyuk xizmatlari yodimizga keladi.

Millat ravnaqi hamda o‘zbek yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan jadid hamyurtlarimizning buyuk jasorati, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan bobolarimizning mardlik va fidoyiligi bugungi yoshlar uchun katta o‘rnak bo‘lishi tabiiy. O‘tmishimizning bu lavhalari buyuk tariximizning ajralmas bir bo‘lagi, desam ayni haqiqat bo‘ladi.

Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va Jonajon O‘zbekistonimizning nurli kelajagi, ertangi istiqboli uchun o‘z vaqtida umrini baxshida etgan minglab vatandoshlarimiz xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, yoshi ulug‘ va nuroniylarga bo‘lgan hurmat-e’tibor hamisha diqqat markazimizdadir.

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biri sanaladi. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha jonajon xalqimizning ardog‘idadir.

Xonadoningizdan tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxt-u saodat arimasin. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌷9-MAY - XOTIRA VA QADRLASH KUNI

💎 " Meni kutgil "

Konstantin Simonov

🎙 She'rni Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktori Sarvar Abdullayev o'qidi.

🌐Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram