Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.6K photos
2.45K videos
311 files
7.62K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Noańanaviy_dars

19-yanvar kuni Ogahiy ijod maktabi 9-sinf o‘quvchilari bilan geometriya fanidan “Amaliy kompetensiyalarni rivojlantirish” mavzusidagi
dars noana’naviy tarzda, maktab hovlisida bo'lib o'tdi. O‘quvchilar o‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘rgangan bilimlarini hayotiy tajriba bilan boyitdilar. O‘xshash uchburchaklar xossalari yordamida maktab binosi balandligini, uzoq masofani yoniga bormay hisob –kitoblar bilan aniq o‘lchashni amaliy tajribada o‘rgandilar. Matematika va hayotni bo‘g‘lash, fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida o‘tilgan noana’naviy darsni ijod maktabi matematika fani o‘qituvchisi, oliy toifali ustoz Yulduzxon Polvonova tashkillashtirdi. O‘quvchilar bugungi mavzuni yanada chuqurroq o‘rganib, hayotiy masalalarda matematikaning ahamiyati yuqori darajada ekanligiga yana bir bora amin bo‘ldilar. Maktabimizning barcha o‘quvchilariga o‘qishlarida omad tilaymiz!

#Ogahiy_ijod_maktabi
#Noańanaviy_dars

Ogahiy ijod maktabida fevral oyining 5-sanasida 8-sinf Maxsus adabiyot darsi noanʼanaviy tarzda ochiq osmon ostida, maktab hovlisida shinam ayvonda oʻtkazildi. Jonkuyar o'qituvchi Barno Yusupova oʻtgan ushbu darsda oʻquvchilar Asqad Muxtorning " "Tundaliklar" asarini tahlil qildilar. Atoqli adibning falsafiy xulosalarga yoʻgʻrilgan iqtiboslarini izohlashga harakat qildilar. Uygʻonayotgan tabiat qoynida hayot va xayol haqida fikrlashdilar.

#Ogahiy_ijod_maktabi
#Noańanaviy_dars

🔰2024-yilning 31-yanvar kuni Ogahiy nomidagi Ijod maktabining oliy toifali matematika fani oʻqituvchisi Yulduzxon Polvonova 11-"A" sinfda geometriyadan "Konus va kesik konus" mavzusidagi darsni shu sinfning faol o’quvchilaridan biri bo’lgan Ibragimova Gulsanam bilan birgalikda olib bordilar.


🖋Gulsanam o’z tengdoshlariga geometriya mavzularining dolzarbligi va uning hayotiy fan ekanligi haqidagi taqdimoti bilan sinfdoshlariga ajoyib ma’lumotlarni yetkazdi, bu ularning masala yechish ko’nikmasidagi bilim doirasi va tasavvurlarining o’sishiga katta hissa qo’shdi.

Dars qiziqarli va mazmunli o'tdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Noańanaviy_dars
#Men_muallim_bólaman

🔰2 -aprel kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabining oliy toifali matematika fani oʻqituvchisi Yulduzxon Polvonovaning 11-"A" sinfda algebra fanidan "Tasodifiy hodisalar" mavzusidagi darsi noan’anaviy tarza bo’lib o’tdi.

🔶Dars “O’rgatish ikki barobar o’rganish demakdir” shiori asosida tashkillashtirildi.

🎈Darsni Baxtiyorova Dilaso’z matematika ustozi boshchiligida mavzuga oid o’yin tarzidagi musobaqa qilib olib bordi. Dilaso’z oldindan tayyorlagan mavzuga oid taqdimoti bilan sinfdoshlariga ajoyib ma’lumotlarni yetkazdi. Bu ularning masala yechish orqali hayotiy ko’nikmalari va tasavvurlarining o’sishiga katta hissa qo’shdi. Dars qiziqarli va mazmunli o'tdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Tabiat_qòynida
#Noańanaviy_dars

🔰2024-yilning 17-aprel kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinfida Tarbiya fanidan Anvarbek Ro'ziboyev tomonidan tashkillashtirilgan "Tabiat va inson" mavzusida ochiq
dars oʻtkazildi.

♻️Dars ijodiy va interfaol metodlardan foydalanilgan holda tashkil qilindi. Sinf o'quvchilari mavzu doirasida fikrlar bildirib, she'rlar aytdilar.

Jarayon qiziqarli kechdi va o'quvchilarga ko'tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Tabiat_qòynida
#Noańanaviy_dars

🔰 1-may kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabining oliy toifali matematika fani oʻqituvchisi Yulduzxon Polvonova 10-"A" sinfda algebra fanidan noan’anaviy
dars mashg’uloti tashkillashtirdi. Algebra fanidan "Tasodifiy hodisalar" mavzusidagi dars tabiat qo’ynida hayotiy misollar bilan keng yoritildi.

♻️ Darsni sinfning faol o’quvchilaridan biri bo’lgan Begmatova Dilnura o’z tengdoshlari uchun oldindan tayyorlab kelgan mavzuviy savollar, ko’rgazmalar va matematik o’yinlar bilan yanada qiziqarli dars jarayoni bo’lishida ustoziga yaqindan yordam berdi.

Mavzuning hayotiy masalalar bilan bo’yitilganligi sababli matematika fanining hayotdagi ahamiyati yuqori ekanligiga o’quvchilarimiz yana bir bor amin bo’ldilar. Maktabimiz o’quvchi yoshlariga ilm olishlarida omad tilaymiz!

🌐Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Noańanaviy_dars
#Òzbek_va_ingliz_tilida

🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinfida biologiya fani o'qituvchisi Muzaffar Masharipov rahbarligida o'quvchilar tomonidan tashkillashtirilgan "Sezgi organlari va ularning ahamiyati" mavzusidagi
dars mashg'uloti o'zining yangicha jihatlari bilan qiziqarli va yuqori kayfiyatda bo'lib o'tdi.

Dars mashg'ulotining o'zgachaligi va yutuqlaridan yana bir tomoni shunda bo'ldiki, mavzu oʻzbek tili bilan birga ingliz tilida ham bayon etildi.

Dars jarayonlaridan foto va video lavhalar 👆

🌐Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Tabiat_qòynida
#Noańanaviy_dars

🔰Kuni kecha Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinfida Tarbiya fanidan Anvarbek Ro'ziboyev tomonidan tashkillashtirilgan "Iroda" mavzusida ochiq
dars oʻtkazildi.

♻️Dars ijodiy va interfaol metodlardan foydalanilgan holda tashkil qilindi. Sinf o'quvchilari mavzu doirasida mulohaza yuritib, fikrlar bildirdilar.

Jarayon qiziqarli kechdi va o'quvchilarga ko'tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram