Ogahiy ijod maktabi
Photo
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#6_kun
#Nasr
Ilinj
(hikoya)
Qahraton qish. Havo ancha sovuq, keng dalalarga tushgan oppoq qirovlar bugun Faridaning boshiga tushganday bo'ladi. Mashina ichida dalalarni kuzatib kelar ekan har zamonda dadasi Ahmad akaga ko'z tashlab qo'yardi. Kasalxonadan uyiga yetay deb ham qoldiki, lekin Ahmad aka qiziga biron bir soʻz demadi. Farida dadasiga gapirmasa-da, uning tushkun va gʻamgin holatini sezib yurardi. Shu tarzda Faridaga yo'l uzoq tuyuldimi yo yaqinmi sezmay qoldi. Ahmad aka Faridani mashinadan ko'tarib uyga olib kirdi. Yarim tun, Farida birdan uygʻonib ketdi. Sezdiki, narigi xonadan onasining yig'lagan ovoziga uygʻonibdi. "Qizim endi o'ladimi, men bunga qanday chidayman? Qizim gulday hayoti endi qanday kechadi" degan gaplarni eshitdi. Endigina 18 yoshni qarshilagan Faridaga bu gaplar hayotini batamom to'xtatib qo'yganday tuyildi. Endi u uchun boshlangan umidsiz kunlar o'taverardi. Bora-bora uning qoʻllari ham ishlamay qoldi. Toʻshakga mixlanib qolgan Farida ana bir yildirki, ko'chaga ham chiqmaydi, hech kim bilan gaplashmaydi. Faqatgina oxirgi paytlarda, hovlisi orqasida urushda qatnashib kelganlar bir bo'lib tinchligimiz nishonasi deb barpo qilishgan kattagina bogʻga chiqib xazon barglarni o'zining hayotiga o'xshatardi. Bog'ni yaratgan insonlarning koʻpchiligi mayib-majruh bo'lishiga qaramay, hech biri mehnat qilishdan toʻxtashmaydi.
Shu tariqa kunlar o'tar, har bir kun Farida uchun zulmat edi. Derazadan o'qishga ketayotgan dugonalarini kuzatib shunaqangi qayg'uga botdiki, hatto yashagisi ham kelmay qoldi. Nima qilarini bilmay yana bogʻ tomon ketdi. Bahor kirib kelishi bilan yam-yashil daraxtlar, shunaqangi chiroyli gullagan ediki, Farida bu manzarani ko'rib kechasi negadir toʻyib-toʻyib yig'ladi. Keyin sekin yonidagi kundaligini oldida boshidan kechirganlarini, bog'ni tasvirlab yozdi. Endi Farida hech narsani oʻylamay, faqatgina rangsiz o'tgan kunlarini qogʻozga tushirardi. Uning bu yozganlaridan shunday chiroyli bir asar yaraldiki, go'yo bu dunyoni tark etayotgan insonning yashash qanchalik go'zal ekanligini tasvirlagandek.
Bir kuni uning uyiga Farida o'qiydigan institutdagi talabalar va dugonalari kelishdi. Ular Faridaning bunday ahvolga tushib qolganiga achinishib, uning necha haftadan beri tozalanmay, chang bosib ketgan xonasini yig'ishtirishga yordam berganday bo`lishib, ketishdi. Oradan bir oycha vaqt o'tib uning uyini jurnalistlar bosib ketdi va Faridani so'zga tuta boshlashdi.
-Aytingchi, siz "Ilinj" nomli kitobingizni qanday yozgansiz?
- Siz buni qayerdan bilasiz? - dedi Farida qoʻllari ishlamasligidan noqulay ahvolga tushib.
- Voy, bu nima deganingiz, xabaringiz yoʻqmi? Sizning kitobingizni institut talabalari nashr qildirish uchun berishibdi. Hozir sizning kitobingizni oʻqimagan inson qolmadi. Hatto tarjimonlarimiz ham kitobni tarjima qilish taraddudiga tushib qolishgan. Siz buni aslida kimga bagʻishlab yozgansiz?
- Oʻzimga va yana oʻzimga - dedi Farida va jurnalistning qoʻlidagi kitobnga koʻzi tushdi. U kitobning muqovasiga " Farida Odilova", "Ilinj" deb katta harflar bilan yozilgandi.
Farida bu kitobni jurnalist qoʻlidan olishga intilib, uni OʻZ QOʻLLARI BILAN olganini oʻzi ham bilmay qoldi.
Bu moʻjiza edi....
✍Botirova Go‘zal,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|

#7_kun
#Nasr
Parchalangan yurak
(hikoya)
Yaxshisi, bolani ham ikkiga bo'ling, bir nimtasi otaga bir nimtasi onaga....
O'tir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar " asaridan...
Endigina beshinchi sinfga qadam tashlagan Solihaning ota-onasi nima bo'ldiki, soʻnggi paytlarda hecham kelisholmay qoldi. Oilasida avvalgidek quvnoqlik, hazillar, Solihani erkalashlar yoʻq edi. Yoshgina qizchaning shular tufayli qalbi yarim boʻlib qolgan, sal tegsangiz parcha - parcha boʻlib ketardi.
Faqatgina uyda televizor ovozi, onda sondagina gapirishlar boʻlardi. Dam olish kunlarni onasi uy ishlari bilan, dadasi esa ko'chada kunini oʻtkazardi. Bu kunlar Solihaning hayotini ham rangsizlantirib qoʻydi. U oʻzini yolgʻiz his qila boshladi. Mana ta'til kunlari ham boshlandi, o'zining do'stlari bilan ovunib yurgan Soliha endi uyga yolg'iz o'zi qolar, kech kirib ota-onasini ochiq chehra bilan kirib kelishini kutardi.
Mana eshik ham ochilib dadasi kirib keldi:
- Dadajon - dadasi oldiga yugurib chiqdi
-Qizim - deb bir bag'riga bosdi-da qo'liga bitta konfet berib xonasiga kirib ketdi.
Biroz oʻtgach onasi kirib keldi. Onasi ham bir quchib qo'ydi-da, ovqatga urinib ketdi. Bir ozdan so'ng oshxonada yana baqir-chaqirlar boshlandi, qo'rqib ketgan qizcha xonasiga kirib, yostiqqa yuzini bosgancha yum- yum yig'ladi.
Oradan ikki kun oʻtgach dadasidan "men bilan qolasanmi yo oying bilan ketasanmi? degan yuragiga gʻulgʻula soluvchi gapni eshitdi. Soliha bu gaplarni eshitdi-yu dadasining yonidan uzoqlashib onasiga qaradi.
Ikki oʻtda qolgan Soliha uchun bu tanlov yarim boʻlgan qalbinigina emas, tanasini ham ikkiga boʻlib yuborganday edi. Ota-onasi kelisholmay qolgan kundan boshlab oʻzini yolg'iz his qilgan Soliha nima deyishini bilmay, turgan joyida turaverdi. Endigina katta hayotga boshqacha nazar bilan qadam tashlashlayotgan qizning barcha orzulari sindi.
- Hech kim bilan qolmayman - deb baqirib, o'zini ko'chaga otdi. Orqasidan toʻxta qizim degan gapga eʼtibor ham bermadi. Izgʻirinli sovuq, yaqinda qor yogʻgan va sovuq boʻlgani uchunmi, yoki oldin yomgʻir yogʻib keyin qorga aylangani uchunmi yoʻllar juda sirpanchiq edi. Shunday havoda yalangoyoq yigʻlab borayotgan qizchaning xayolidan ota-onasi bilan baxtli o'tgan kunlari bir-bir o'tardi. Shu paytda Soliha zarb bilan bir narsaga urildi va birdan sirpanib ketdi va orqasidan dadasi bilan onasining yugurib kelayotganligini koʻrgancha koʻzi yumildi.
Shu tariqa 3 kun deganda kasalxonada koʻzi ochildi. Koʻzini ochganda esa bir tomonda dadasi, bir tomonida onasi turardi.

👉 |YouTube| |Instagram