Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.5K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from Ta'lim nazorati
⚡️ 2024-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

2024-yilning 1-yarmida chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida tashkil etiladi.

💻 Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#9_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Eftaliylar" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda Ilk o‘rta asrlarda Turon hududida oʻz davlatiga asos solgan Eftaliylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti aks ettiriladi.

Davomi bor...
#Xushxabar
#Xalqaro_jurnal

🏢 Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"A" sinf o‘quvchisi Bunyodova Parizodabonuning 🇩🇪 Germaniya davlatining "Google schoolarda indekslangan World of Scientific news in Science Journal" jurnalida "Iste'dodni kashf etuvchi loyihalar" nomli maqolasi chop qilindi.


Quyidagi havola orqali maqolani o‘qishingiz mumkin.
https://academics.uz/index.php/zfty/article/view/2797

👏 Parizodabonuga ijodiy barkamollik tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Nigina R. (Marjona)
Bagʻishlov
(Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning yorqin xotirasiga bagʻishlanadi)

Qulluq qilib kelaman bir kun,
Fargʻona...
Margʻilon yoʻlaklarini.
Tuproqlarin oʻpib, ruhin shod etgum,
Fargʻona ahlining yuraklarini.

"Qaddingni baland tut" berdi maslahat,
Shunda angladimki bizmiz umidi.
Kamtarlik tandirin yoqib qoldirgan,
Fargʻona ahlining Erkin Vohidi.

"Tirik sayyoralar"dan ertaklar tinglab,
Bong urgan odamlar yashadi boqiy.
Bir oʻzbek ahlining, bir farzandiga,
Samodan kuch keldi, bitta ilohiy...

Ustozdir, yaxshilik nihollarini va,
Erksevar Vatanning suratin chizgan.
Ayozda egniga bir poʻstin kiyib,
Vatanga paxtadan chopon kiygizgan.

Yozmoqni sharaf bilib, ayniqsa elni,
Avlod uchun yozar yayrab dillari.
Bir kuni sochaman, qoʻlingdan oʻpib,
"Tafakkur" atalgan baxt chechaklarin.

Kamtarlik tandirin yoqib qoldirgan,
Fargʻona ahlining Erkin Vohidi...


Nigina Rustamboyeva

11.01.2024.
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#7_ta_iqtidor 
#2_mavsum
#4_kun
#Nasr

Moviy va  sariq yoxud hayot qonuni
    
            Koʻk
Atrof hali jim-jit, tinchlik, quyoshning hali bir- ikkita nurlari chiqib osmonga moviylik baxshida qilgan, xolos. Lekin osmondagi hukmronlik hali hamon oy va yulduzlar qoʻlida,  hamma gʻam-u tashvishlarini unutib qalbini Ollohga berib hamd-u sanolar aytmoqda. Koʻpchilik buni zulmat, qorongʻulik deyishadi. Yo'q, unday emas, chunki atrofda quyoshning xira bo'lsa ham nurlari bor, oy esa quyoshdan olib bo'lsa ham bor kuchi bilan nur sochishni davom etmoqda. Oydan hali umid so'ngani yo'q. U hali chekinmadi, lekin biz insonlar esa oyning  oʻrnida boʻlganimizda allaqachon bor nurimizni ham ishlatmay quyoshning jonsarak nurlarini koʻrib berkinib olgan bo'lardik...
Bu manzaralar inson hayotini tasvirlab turibdi, go'yo. Inson hayotda tugʻilganida hech  qanday gʻam-tashvish va  hech qanday gunohi yo'q holati- bu. Biz umrimizning shunday pallalarini sogʻinamiz, yohud orzu qilamiz, lekin hamma yoqni moviylik qoplaganda  umrning bo'lmasa ham, kunning boshi bizning kunimizdagi chaqaloqlik pallamiz ekanligini ba'zilar anglamaydilar. Kunimizni esa ana shu moviylik bilan boshlasak har birimiz ana shu orzularga erisha olamiz. Biz buni uddalaganimizda  koʻpchilik hayratlanishadi, lekin qanday narsalarni yengib oʻtganimiz esa faqat o'zimizga ayon boʻladi.
                Sariq
Bu moviylikdan keyin esa asta-sekin quyosh nurlari har tomonga yoyila boshlaydi. Yaʼni inson ham ulg'ayib g'am-tashvishlari ham koʻpaya boshlaydi.  Nihoyat, kunning qoq o'rtasiga kelganda esa quyosh umuman hamma yoqni jazirama qilib tashlab o'zimizni qo'yarga joy topa olmay qolamiz. Bundan qutulish uchun esa nima qoʻlimizdan kelsa barini qilib ko'ramiz, ba'zida ular orasida xatolari ham bo'ladi. Chunki hech bir inson nuqsonsiz emas. Keyin esa nolina boshlaymiz. lekin  o'zimiz qish kunlarida yozni  intiqlik bilan kutganimizni  va uning orqasidan albatta xayri borligini anglamaymiz. Ba'zan boshqa ishlar bilan bo'lib issiqqa e'tibor bermay qolinadi, ammo bo'sh qoldi deguncha yana quyoshni "haqorat qila" boshlanadi.
Shu paytlarda oʻylab qolaman, qadimda quyoshga alohida ehtirom ko'rsatishgan, donishmand sifatida bilishgan. Lekin  nega inson undan noliydi,   balki qadimda ajdodlarimiz bizlar bilmagan nimanidir bilishgandir?
Shu tariqa kunning umri ham tugaydi, shu bilan birga  insonning ham. Quyoshning o'rnini oy va  yulduzlar egallay boshlaydi, yana sokinlik boshlanadi. Sen yana uyquga ketasan, lekin endi sening uyquga ketishingga boshqalar achinishadi,  lekin sen uchun esa bu rohat. Bularning bari  asrlar, yillar o'tsa ham  vaqtdan qo'rqmaydigan, o'zgarmas hayot qonunlaridir, shu bilan birga tabiat qonuni ham.

: Botirova Goʻzal,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf oʻquvchisi


👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar! Hurmatli Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida munosib xizmat qilib kelayotgan yigitlar!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Faxr bilan ta’kidlash o‘rinliki, yurtimizda olib borilayotgan keng islohotlarni amalga oshirish, vatandoshlarimiz tinchligi va davlatimiz mustaqilligini mustahkamlashda sizlarning ham munosib o‘rningiz bor.
Ayniqsa, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlaringiz muhim ahamiyatga ega.

Katta mamnuniyat bilan ayta olamanki, sizlarning har biringiz o‘z oilangiz va yaqinlaringizning mustahkam qo‘rg‘oni, munosib suyanchisizlar.

Sizlar kabi o‘z Vatani va oilasini jondan sevuvchi mard o‘g‘lonlar, yurt himoyachilari bor ekan, bizning ko‘nglimiz xotirjam. Jasur va fidoyi Vatan himoyachilari — bizning chinakam faxrimizdir.

Barchangizga uzoq umr, oilangizga baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#Tabrik

XALQ VA ARMIYA BIR TANU BIR JON!

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Vatanimiz himoyasi va rivoji uchun turli xil kasblarda xizmat qilayotgan O‘zbekiston o‘g‘lonlarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutlaydi.

Mamlakatimiz tinchligini saqlash yo‘lida amalga oshirayotgan fidokorona xizmatlaringizda muvaffaqiyat hamisha yor bo‘lsin! Sog‘lik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ 2024-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

2024-yilning 1-yarmida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fanlar majmuasi – 2024-2025-o‘quv yili uchun.pdf
782.1 KB
⚡️ 2024-2025-o‘quv yili uchun fanlar majmuasi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi oʻtkaziladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.

▶️ 2024-2025-o‘quv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fanlar majmuasi qo‘shimcha tasdiqlanadi.

Taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

✍️ Yuqoridagi pdf faylda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tartiblangan holda joylashtirilgan bo‘lib, fanlar majmuasi bilan birga mos ta’lim yo‘nalishlari bilan ham tanishish mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayramga
#Ustozlar_ijodidan

VATANIMIZ POSBONLARI


Alpomishning quvvati bor bilagida,
Jaloladdin shijoati yuragida,
Chaqaloqlar tinch uxlaydi yo'rgagida,
Osoyishta qaldirg'ochli ayvonlari,
Qilar xizmat, Vatanimiz posbonlari!

Yurt tinch esa shodon bo'lar kelinchagi,
El tinch ekan tebranadi belanchagi,
Sizlar xalqning chin g'amxo'ri, kuyinchagi,
Xavf-xatardan asraguvchi qalqonlari,
Chekib zahmat, Vatanimiz posbonlari!

To'ylarida kuylab baxshi dostonlari,
Siz sababli yangrar omon-omonlari,
Siz borsiz el tinch, musaffo osmonlari,
Yurtimizning eng fidoyi insonlari,
Deymiz: "Rahmat, Vatanimiz posbonlari!"

Qoyil qolib, ba'zan so'zi sehringizdan,
Oftob isi kelar qaynoq mehringizdan,
Yov chekingay, shijoat-u qahringizdan,
Sinaladi jangda mardi-maydonlari,
Qilsa shiddat, Vatanimiz posbonlari!

Goh yurasiz dala-dashtda, yaylovlarda,
O'tkazasiz kuningizni sinovlarda,
Safda turib, bo'ling deymiz siylovlarda,
Ko'ksingizni bezab ko'krak nishonlari,
Sizga hurmat, Vatanimiz posbonlari!

Burchingizni ado etib, yuzi yorug',-
Bo'ling deymiz,- martabangiz doim ulug',
Sharafli bu bayramingiz bo'lsin qutlug',-
Er yigitlar yo'lin tutgan jononlari,
Sizda iffat, Vatanimiz posbonlari!

Orzu qilgan edi Fitrat, Cho'lponlari,
Bo'lishdi lek qatag'onning qurbonlari,
Bugun ro'yob Qodiriyning armonlari,
Dastur amal Yurtboshimiz farmonlari,
Qiling g'ayrat, Vatanimiz posbonlari!


: SAIDA SAFO,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi


🌐Ogahiy nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
14-yanvar - "Vatan himoyachilari kuni"

XALQIM POSBONLARI

Xalqim! Ana atrofingga nazar sol,
Qadring uchun qad koʻtargan oʻgʻlonlar.
Ular borki, aslo koʻrmassan zavol,
Himoyangda sergak mardi maydonlar.

Beshiklarda tinch uxlaydi chaqaloq,
Onalar bemalol aytar allasin.
Xalqqa xizmatidan sezmayin charchoq,
Kimningdir otasi togʻ qilar qaddin.

Bir qarich yering-chun jon berib ular,
Shu issiq bagʻringga koʻmilur oxir.
Magʻrur posbonlaring togʻ boʻlib turar:
"Oʻchmasin koʻksingga koʻmilgan xotir".

Sira hadik sezmay nafas olmoq ham,
Aslida buyuk baxt, qiymati baland.
Bizga shunday baxtni bermoqlik uchun,
Kimningdir akasi qoʻriqlar sarhad.

Qaddini bukmagay yozgi saraton,
Chertib ham oʻtmaydi qishki qahraton.
Quzgʻunlar xavf solmas, xalqim, gʻam yema,
Togʻday oʻgʻlonlaring sen uchun qalqon.

: Jumanazarova Hilola,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram|
14-yanvar - "Vatan himoyachilari kuni"

YURT POSBONLARI


Chegarada sergak, shaxdam turarlar,
Har jabhada doim ustun yurarlar,
Xalqiga hamisha qalqon bo‘larlar,
Alpomish avlodi bo‘lgan yigitlar.

Vatani dildadir abadul abad,
Xalqini sevadi yurakdan behad,
Ularni tark etmas hech ham sadoqat,
Alpomish avlodi bo‘lgan yigitlar.

Jismida mujassam jasurlik qoni,
Vatan g‘ami bilan o‘tar har oni,
O‘zbegim atalmish ko‘rkam bo‘stoni,
Alpomish avlodi bo‘lgan yigitlar.

Temir intizomdan armiyamiz soz,
Qancha maqtasak gar, shuncha bo‘lur oz,
Tilaymiz hamisha eng yuksak parvoz,
Alpomish avlodi bo‘lgan yigitlar.

: Boynazarova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabi 11-"A" sinf o'quvchisi




Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram|
🟥🟥🟥

🇺🇿 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni


🇺🇿Vatan himoyachilari kuni bilan davlatimizning himoyasi va rivojida turli xil kasblarda bo'lsa-da xizmat koʻrsatayotgan Oʻzbekiston oʻgʻlonlarini muborakbod qilamiz!

✉️ Shu bilan bir qatorda, Vatanni asrash, uni himoya qilish  faqatgina egniga harbiy libos kiyganlarning ishi emas!
Demakki, vijdoni va halol mehnati bilan shu Yurt ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshayotgan har bir yurtdoshimizning ham bayramidir bugun!


✔️ Hurmat bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram|
#14_yanvar

Mening armiyam-mening faxrim


Yurtim, bu kun qancha jar solsang ham oz,
Axir himoyangda minglagan Shiroq.
Shon-u shavkatingni alqab, tug'ingni
Baland ko'targuvchi Kubrolarga boq.

Har qarich tuprog'ing muqaddas bilib,
Sendaki xasni ham Vatan deb sevar.
Qo'rg'onin bir toshin qulatmas aslo
Yurtim deb hattoki jonidan kechar.

Ming shukr, el-yurt tinch, butdir qo'rg'onlar,
Tun-u kun sarhadda apl-o'g'lonlaring.
Bag'ringda bor ekan Temurlar nasli
Sira yanchilmagay gul-rayhonlaring.

Temir intizomi ularga qalqon,
Jasurlik bobida Alp avlodlari.
Vatanin or bilib, nomus deb bilib
Qorachiqdek asrash-shu bayotlari.

Qaddini sira ham bukmasin yovlar,
Ularda bor botirlik, metin iroda.
Vatan shuhratini yoyib dunyoga,
O‘zbekdek obro'si bo'lsin ziyoda.

: Boynazarova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-A sinf o'quvchisi

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#14_yanvar

MUQADDAS BURCH
 
(Vatanimizni tinchligi uchun hatto o'z jonini ham qurbon aylagan chegarachilarimizga bag'ishlanadi)


  Valijon uyiga yig'lab keldi.
- Buvi, buvijon.
- Ha bolam nima gap. -deya so'radi buvisi undan.
- Men qaytib maktabga bormayman.
- Nimaga erkatoyim, nega bunday deyapsan?
   Bola titrab, xo'rsinib yig'lar, ko'zidan marjondek yoshlar oqib chiqar, yuzi qizarib ketgan, ko'zining ichi qip-qizil edi. Buvising savoliga ham javob bermadi va krovatga borib yostiqni bag'riga bosgancha yig'ladi. Shunda buvisi xavotirlanib, uning oldiga bordi.
- Voy buviginang o'rgilsin. Gapir yuragimni siqmagin jon bolam.
- Buvi meni, meni...
Bilasizmi ana u sinfdoshim Kamol meni "Yetimcha, dadasi qotil" dedi.
- Voy bolam sen nimaga yetim bo'larmishsan? Nega seni dadang qotil bo'larmish?
   Bola battar yig'lab, duduqlanib gapirdi.
- Chunki, chunki meni ota-onam yo'q.
- Lekin seni buving bor o'rgilay.
- Bilmadim, u har doim meni "g'irt yetim" deydi. Bungaku o'rganib ketganman. Ammo bugun boshqa bolalar ham bir qator bo'lib menga "yetimcha" deyishdi. Siz menga "Hech kim bilan urushma, faqat yomon bolalar bir-biri bilan urushishadi" degansiz. Lekin bu safar o'zimni bosib turolmadim va Kamolning yuziga bir musht tushirdim. Shunda u menga:
- Nima sen ham dadangga o'xshab qotilmisan? dedi. Shunda men:
- Mening dadam qotil emas.
- Qotil bo'lmaganidan mening dadamni otgan ekan-da.
   Men bu gapga ishonmadim. Keyin Komilning oyisi aytdi. Bu gap to'g'ri ekan.
   Buvisi jimib qoldi. Shunda Vali:
- Buvi men dadamdan nafratlanaman!
   Buvisi Valining yuziga tarsaki tushirib yubordi va
- Ovozingni o'chir! -deya baqirdi.
  Bola yig'lashdan to'xtadi. Buvisi gap boshladi.
- Dadang qotil emas aksincha u harbiy bo'lgan.
-Nima?!
- Eshit bundan 8 yil avval sen bir yosh paytingda hammamiz nonushta qilayotgandik. Shunda ichkaridan dadang chiqib keldi.
- Oyijon, dadajon menga fotiha bering. Bir haftalik ishga chaqirishdi. Biz dadangni duo qilib ishiga yubordik. Dadang shu ketganicha uyga qaytmadi. Dadangning kechikishi odatiy hol edi. Shuning uchun ham biz indamadik. Bir kuni bizni dadangning ishiga chaqirishdi. Biz bordik. Barcha harbiylar boshini egib turardi. Keyin eshitsak dadang bu paytda olamdan ko'z yumgan ekan. Uning boshlig'i aytib berdi. Dadang o'sha kuni chegarada turgan ekan. Shu payt uning oldiga bir to'da bosqinchilar kelib O'zbekiston chegarasiga o'tishmoqchi bo'lishgan. Ularning orasida Kamolning dadasi Ortiq ham bor ekan. U dadangdan chegarani ochishni iltimos qilibdi. U esa bu gapni eshitgan zahoti uni otib tashlabdi. Dadang bilan Kamolning dadasi Ortiq eng qadrdon do'st edi. Shu payt ular chegaradan bu tomonga bomba otishgan. Dadang bombani zararsizlantirgan, ammo uni orqasidandan otishgan. Uni tezda kasalxonaga keltirishgan. U o'sha paytda ham bizga xat yozib qoldiribdi. Afsus xatni yozibdi-yu shu zahotiyoq jon beribdi. Polkonik bizga ko'zida yosh ila aytib berdi. "U Vatani oldida muqaddas deb hisoblagan burchini bajardi" dedi va bizga dadang yozgan xatni topshirdi. Xatni ochib o'qidik. Unda shunday so'zlar turardi. "Hammangiz mendan rozi bo'ling va do'stim Ortiq terrorchi ekanini oilasiga aytmang"
   So'ng bunga chidolmay bobongni yuragi huruj qildi va onang bir yil o'tgach vafot etdi. Men esa qiynalib yashab kelmoqdaman. Sen dadangning yolg'iz yodgorisan, seni o'stirdim endi armonim yo'q. Bola hayratda qoldi va ajablanib so'radi:
- Axir siz ota-onang avtohalokatda vafot etgan der edingizku.
- Sen harbiy bo'laman deganding. Bu o'g'limning orzusi edi.  Gaplarimni eshitsang harbiylik yomon kasb ekan deb bundan bosh tortishingni istamagandim.
- Nimaga endi, men ham dadam kabi harbiy bo'laman. Vatanim oldidagi burchimni bajarib so'ngra jon beraman!
   Buvi bolada dadasiniki kabi g'ayratni ko'rdi va
- Barakalla o'g'lim. -deb faxrlanib qo'ydi.

: Nurmamatova Oygul,
Ogahiy ijod maktabining 8- "B" sinf o'quvchisi


👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|