Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.2K photos
2.43K videos
311 files
7.54K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#JADID

🔉“JADID”  GAZETASINING NISHONA HAMDA 2-SONI OGAHIY NOMIDAGI IJOD MAKTABIGA YETIB KELDI

📁Prezident Sh.Mirziyoyev 2023-yil 22-dekabrda oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishida jadid bobolarimizning milliy taraqqiyotni har tomonlama jadallashtirish, ziyoli va ijodkorlarni birlashtirishga daxldor tashabbuslari qatorida “Jadid”  gazetasini taʼsis etish gʻoyasini qoʻllab-quvvatladi.

🔖Qisqa fursat davomida – bor-yoʻgʻi sakkiz kun ichida sakkiz sahifalik gazetaning ilk nishona soni nashrga tayyorlandi. 2024-yilning ilk kunida “Jadid” gazetasi chop etildi.

📖Ushbu nashr Vatan va xalq manfaatlari yoʻlida jon fido qilgan millat oydinlari – jadid bobolarimiz hayoti va faoliyatini keng targʻib etishda oʻziga xos tafakkur maydoni boʻlib xizmat qiladi.

🌐Ogahiy nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Audio
«Jadidlar qo‘shig‘i»

🎙 Ijro: Toshkent viloyati filarmoniyasi xonandalari.
✍️ Sheʼr: Iqbol Mirzo.
O‘zbekiston xalq shoiri
🎼Musiqa: Sharofiddin Murodov

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#7_ta_iqtidor 
#2_mavsum
#2_kun
#Nasr

Dunyo tayanchi
( Yozilishi 2 yil kutilgan asar)


Shom payti edi. Koʻchada bir necha bolalarning gʻala-gʻovuridan boshqa deyarli hech narsa tinchlikni buzmasdi. Faqatgina ahyon-ahyonda dam-badam etni jimirlatadigan chaqaloqlarning va qaysidir yaqinidan ayrilgan insonlarning alamli yigʻisi eshitilib yurakka gʻulgʻula solardi. Baʼzi - baʼzida esa koʻz yoqlardan shaqollarning chaqaloqdek yigʻlashiga oʻxshagan uvullashlari ham eshitilib ketardi. Bu esa xuddi oʻsha yigʻlayotgan odamlarning ustidan kulib ularga taqlid qilgandek boʻlardi. Bu hamma uchun mollarning moʻlashiga oʻxshagan oddiy holatga aylangandi. Chunki u yerlarda hamma joy ovloq paxtazor boʻlgandan keyin bu yerlar shaqollarga nafaqat oʻzlari uchun, balki avlod-u ajdodlari uchun ham doimiy boshpana edi. Bu yerliklar ularni "1847-yildan beri bor" deyishadi.
Faqirgina bir kulba oldidagi bir nechta yogʻochdan eplama qilib yasab qoʻyilgan "skameyka" da ana shu uvullash-u , yigʻi ovozlarini eshitib xayolning cheksiz ummoniga gʻarq boʻlgan Gulchehrani birdan bu ummondan onasining pichirlab oʻqiyotgan shom namozining ovozi olib chiqdi. Endi Gulchehrani oʻsha voy-dod ovozlari emas, balki Ollohning borligini eslatuvchi kuy eʼtiborini oʻgʻirladi. Ayniqsa onasining "Hammasi uchun shukur senga Robbim" degan soʻzlarining maʼnosini tushunmasa-da, bu soʻzlar uning jajji yurakchasiga boshqacha taʼsir qildi. Oʻzi ham uni bir necha marotaba pichirlab takrorladi. Endi u yana oʻsha ummonga choʻkdi. Lekin uni endi umuman boshqa narsa oʻylantirgan edi. Shunda uni bu ummondan yana onasining "Gulchehra ovqatga" degan mayin ovozi olib chiqdi.
Gulchehra xira shamning yogʻdusida ovqatlanar ekan, birdan uning koʻzlari onasining momotaloq boʻlgan yuziga tushdi. Gulchehra beixtiyor:
-Dadam sizni yana urdimi- deb yubordi.
- Voy oʻlay , unaqa demagin qizim. Dadangning qoʻli yuzimga tegib ketdi. Qachon koʻrgansan dadangning urganini?
- Har doim. Dadam har kuni, ishi yurishmaganida sizni uradilar, oʻzim koʻrganman. Kecha ham koʻrdim.
- Qoʻysangchi unaqa gaplarni, ovqatingni tez yeginda joyingga bor. Joyingni ayvonga solib qoʻydim.
- Siz-chi yemaysizmi - deb soʻradi Gulchehra unga tikilib oʻtirgan onasiga
-Dadang kelsin, keyin yeyman.
Gulchehra indamadi-da, ayvonga, joyiga borib yotdi-da, zum oʻtmay uxlab qoldi.
Yarim tunga qarab uyda shovqin eshitila boshladi. Gulchehra bu ovozdan uygʻonib ketdi-da " Dadam keldi, shekilli" dedi va yana uxlab qoldi.
Ertalab tursa onasi stol yonida burni va qulogʻi qonab yotardi. Qoʻshnilar esa koʻz yosh qilardi. Gulchehra nima boʻlganini tushundi shekilli, qotib qoldi... Goʻyo u uchun dunyo ostun-ustun boʻlib ketgandek boʻldi.
Onasini peshin namoziga chiqarishdi. Agarda hozir onasi tirik boʻlganda peshin namozini oʻqib yana oʻsha "Hammasi uchun shukur senga Robbim" deb pichirlab aytayotgan boʻlardi. Onasini yerga qoʻyib boʻlishgani bilanoq hozirgina chaqnab turgan havoning birdan avzoyi buzilib yomgʻir quya boshladi. Odamlar tarqalishar ekan ular orasida " Urushga bizlardan ham chaqirib boshlashibdi" degan gaplar tarqaldi.

: Botirova Goʻzal,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf oʻquvchisi


🌐Ogahiy nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#2_kun
#Rassomchilik

👨‍✈️Bayramga bayramona tuhfa.

🌠: O‘razmetova Gulsevar,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi


🌐Ogahiy nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jannatim_Onam

Karimova Shoira ona Husanovna
(1945-yil 6-yanvar - 2023-yil 12-yanvar)


💎 "Bizlar uchun doim hayotsiz ONA"

🎙She'rni o'g'li, Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktori Sarvar Abdullayev o'qidi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Hamkorlikdagi_tadbir
#Jarayon

📆 Yanvar oyining 12-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida Xorazm viloyati Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda ko'rgazmali kichik tadbir bo‘lib o‘tdi.

👮‍♂️ Unda Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash Xiva shaharlararo bo'limi bir guruh xodimlari tomonidan ko'rgazmali chiqishlar tashkil etildi.


🎚️ Ko'rgazmada maktab o‘quvchilari ishtirok qilishdi. O‘quvchilarga ko'rgazmada xodimning zarur aslahalari va uning vazifasi, foydalanilishi haqida tushunchalar berildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Tarbiyaviy_soat
#Jarayon

➡️ Joriy yilning 12-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagoglari tomonidan o'quvchilarga "Hayo xaloskordir" mavzusida tarbiyaviy soat bo‘lib o‘tdi.

O‘quvchilarga mavzu doirasida odamiylikning yuksak mezoni hisoblangan mas'uliyat, ibo va hayo kabi fazilatlar haqida tushunchalar berildi.


🔻O'quvchilar mavzu doirasida fikr-mulohazalarini bildirdilar

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|