Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.3K photos
2.43K videos
311 files
7.56K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn_oromgoh
#Non_ham_non_ushoĝi_ham_non

Xiva shahar Ogahiy ijod maktabi tarbiyachisi Otayeva Momojonning "Non aziz" mavzusidagi tayyorlagan taqdimoti.

#Tarbiyaviy_soat
#TARBIYAVIY_SOAT

Ogahiy ijod maktabi o‘quvchilar turar joyida tarbiyachi-pedagoglar tomonidan "Tarbiyaviy soat" bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilarga odob-axloq, shuningdek, dars va mashg'ulotlardan keyin kiyinish madaniyati, yotoqxonalarini saranjom-sarishtaligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#bir_haftada_bir_kitob
#tarbiyaviy_soat

15-aprel, juma kuni - Ogahiy ijod maktabida "Ma'naviyat kuni". Shu munosabat bilan ijod maktabida an'anaviy ravishda ko'plab loyihalar amalga oshiriladi. Jumladan, maktabimizning 8 -"B" sinfida "Bir haftada - bir kitob" loyihasi doirasida O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning "Xalq bo'l, elim" she'riy to'plami bo'yicha sinf o'quvchilari o'rtasida mushoira va fikrlar bahsi bo'lib o'tdi. Qisqa tanaffusdan keyin, o'quvchilar
tarbiyaviy soatda turli psixologik o'yinlar o'tkazishdi. Xulosa qilib aytganda bu galgi ma'naviyat kun haqiqiy ma'noda madaniyat va ma'rifat kuni bo'ldi.

✍️Jahongir Baxtiyorov,
Ogahiy ijod maktabi 8-"B" sinf o'quvchisi, sinf matbuot bo'limi rahbari


Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#TARBIYAVIY_SOAT
#JARAYON

🔰Ogahiy nomidagi ijod maktabida tarbiyachi-pedagoglar tomonidan "Ota-ona qadri" mavzusida "Tarbiyaviy soat" bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda o‘quvchilarga mo‘tabar zotlarni avaylab-asrash, ularga shirin muomilada bo‘lish, farzandlik burchini ado etishlari lozimligi haqida so‘z yuritildi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabini kuzatib borishingiz mumkin
👉
|Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Tarbiyaviy_soat
#18_noyabr
#Jarayon

🇺🇿18-noyabr - Oʻzbekiston Respublikasi Bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan maktabning 11-sinfda tarbiyaviy soat darsida "Bayrogʻimiz - faxrimiz" mavzusida oʻtilgan dars jarayonidan lavhalar.

Ogahiy nomidagi ijod maktabini kuzatib borishingiz mumkin
👉
|Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Tarbiyaviy_soat
#Jarayon

🔰 Joriy yilning 24-fevral sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining kechki paytida tarbiyachi-pedagoglar tomonidan "Inson qadr-qimmati" mavzusida tarbiyaviy soat bo‘lib o‘tdi.

🔻Bunda sinovli kunlarda o‘zaro orasida insonparvarlik yordami ko‘rsatilayotgan Turkiya davlati haqida ham so‘z yuritildi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Tarbiyaviy_soat
#Jarayon

🔰 Joriy yilning 14-aprel sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining kechki paytida yigit-qizlar uchun alohida maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Sadullayev, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha direktor o‘rinbosari, leytenant T.Kadamov, maktabning amaliyotchi psixologi M.Atajonova, bosh tarbiyachi M.Bobojonova boshchiligida "Axloqiy qoidalar" mavzusida tarbiyaviy soat bo‘lib o‘tdi.

🔻 Mavzu doirasida o‘quvchilarga maktabda belgilangan qoidalarga to‘g'ri amal qilish, o‘quvchining odobi, uning tarbiyasi kabi jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
#Tarbiyaviy_soat
#Jarayon

🔰 Joriy yilning 24-noyabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining kechki paytida bosh tarbiyachi Maqsuda Bobojonova tomonidan 7-A" sinf o‘quvchilariga "Mehr oqibat" mavzusida
tarbiyaviy soat bo‘lib o‘tdi.

🔻Bunda odamlar orasida o‘zaro mehr va oqibatli bo‘lish, insonparvarlik, unga hos bo‘lgan alohida jihatlar haqida so‘z yuritildi. O‘quvchilar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

📸 Jarayondan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Tarbiyaviy_soat
#Jarayon

➡️ Joriy yilning 12-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagoglari tomonidan o'quvchilarga "Hayo xaloskordir" mavzusida tarbiyaviy soat bo‘lib o‘tdi.

O‘quvchilarga mavzu doirasida odamiylikning yuksak mezoni hisoblangan mas'uliyat, ibo va hayo kabi fazilatlar haqida tushunchalar berildi.


🔻O'quvchilar mavzu doirasida fikr-mulohazalarini bildirdilar

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Tarbiyaviy_soat
#Jarayon

❇️ Joriy yil 1-mart sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagoglari tomonidan ⚡️"Elektr energiyasidan to‘g‘ri foydalanish" mavzusida kechki tarbiyaviy soat o‘tildi.

💡Tarbiyaviy soatda elektr energiyasidan foydalanish qoidalari bo‘yicha tavsiyalar berildi. Extiyotsizlik oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar haqida ma'lumotlar aytib o‘tildi.

📸 Jarayondan foto lavhalar.


Bizni kuzatishda davom eting

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#tarbiyachilar_faoliyatidan
#tarbiyaviy_soat

🗓 Noyabr oyining 1-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagoglari tomonidan o'quvchilari bilan "Sport sog‘lik garovi" mavzusida
tarbiyaviy soat bo'lib o'tdi.

⚽️ Bu safargi mashg‘ulot noan'anaviy shaklda o‘quvchilarni jismonan sog‘lom bo‘lib yetishishlari uchun qaratilgan turli xil o‘yinlar tashkil qilindi.

↗️ Jarayon davomida o‘quvchilar o‘z tengdoshlari bilan birgalikda guruhlarga bo‘linib birga jiplikda harakat qilishni mashq qildilar.

📸 Mashg‘ulotdan foto lavhalar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌