Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.6K photos
2.45K videos
311 files
7.62K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Xushxabar
#Yangi_loyiha
#Uzluksiz_kasbiy_rivojlanish
#Ogahiy_ijod_maktabi

Ogahiy nomidagi ijod maktabi ingliz tili fani pedagoglari salohiyatining yuqoriligi e'tirof etilgan holda Respublikamizdagi 10 mingdan ziyod umumta'lim maktablaridan 18 ta, agentlik tizimidagi ta'lim muassasalaridan bitta o'zi 19 ta chempionlar qatoridan joy olib, yangi loyihani tatbiq qilishga loyiq jamoa sifatida topilgan edi.

🔰O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Britaniya Kengashi va Buyuk Britaniyadagi Norvich til ta’limi instituti (NILE) bilan birgalikda “Maktab chempionlari” (School Champions) loyihasi
doirasida maktab direktorlari va ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun seminar-trening 2023 yil 23-oktabr kuni Toshkent shahrida o'tkazildi.

💢Unda Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktori Sarvar Abdullayev va ingliz tili fani o'qituvchisi Aksana Xajaniyazovalar ham ishtirok etdilar.

🔸Seminar-treninglarda:
19 ta maktab “chempioni”;
19 ta maktab direktorlari;
6 ta  Milliy koordinatorlar;
3 ta Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi koordinatorlari;
3 ta Britaniya kengashi koordinatorlari;
NILE maslahatchilari (onlayn) qatnashdilar.

📌Trening maqsadi:
• Loyihaning barcha ishtirokchilarini yagona g‘oya ostida birlashtirish va ularni jamoa sifatida shakllantirish;
• ishtirokchilarni loyihaning mantiqiy asoslari, maqsad va vazifalari bilan tanishtirish;
• barcha manfaatdor tomonlar va jamoa a'zolarining asosiy rollari va mas'uliyatlarini tushuntirish;
• Uzluksiz kasbiy rivojlanish tamoyillarining umumiy tushunchasi va kontseptsiyasini muhokama qilish;
• tajriba – sinov jarayonini rejalashtirish.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_VA_BIZ
#ASSALOM_XORAZM
#ÒZBEK_TILI_BAYRAMI

📆 2023-yilning 22-oktabr kuni Xorazm telekanali "Assalom, Xorazm" dasturida Ogahiy nomidagi ijod maktabida 21-oktabr - O'zbek tili bayrami munosabati amalga oshirilgan ishlar va o'tkazilgan tadbirlar haqida lavha namoyish etildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

DIQQAT E'LON!

🟢YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI
Prezident, Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining rahbar lavozimlaridagi bo'sh o'rinlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

⚡️Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 18-27-oktabr kunlari bo'lib o'tadi.

➡️ Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

✔️ Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.

📆 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali 18-oktabr 09:00dan boshlab topshirishingiz mumkin.

📞 Call-markaz:
(71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#E_lon

IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ogahiy nomidagi ijod maktabidagi bo‘sh rahbar lavozimga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 18-27-oktabr kunlari bo'lib o'tadi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabidagi bo'sh o'rin:

1.Direktorning ixtisoslik fanlari bo'yicha o'rinbosari  lavozimi:

🟢 Hujjatlarni 27-oktabr kuniga qadar  job2.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Asosiy_olimpiada

📣📣Asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichiga start berilmoqda!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan o‘quvchi-yoshlarning iqtidorini va ijodiy qobiliyatini aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan asosiy olimpiadaning III bosqichi 1-guruh fanlariga start berilmoqda.

❗️Olimpiada sinovlari test va yozma ish shaklida tashkil etiladi. Ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar g‘olib aniqlanadi va asosiy olimpiadaning respublika bosqichida ishtirok etadi.

👉Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1303

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun

  24-oktabr - Birlashgan Millatlar Tashkiloti  kuni

✔️BMT — Yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning oʻzaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945-yil 24-oktabrda tuzilgan.

▪️BMTni barpo etish haqidagi qaror AQSh, Birlashgan Qirollik, Xitoy va Sovet Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943-yilda, Ustavi esa San Francisco konferensiyasida 1950-yilda qabul qilindi. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000-yilda esa ular soni 189 taga yetgan.

BMTning doimiy ish oʻrni (shtab kvartirasi) New Yorkda joylashgan. Bundan tashqari, tashkilotning rasmiy tillari — ingliz, fransuz, rus, ispan va xitoy tillari boʻlib, ingliz, fransuz, ispan tillarida ish yuritiladi.

🔸O’zbekiston bu tashkilotga 1992-yil 2-mart sanasida qabul qilingan.

🌐 Telegram | Facebook
Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi turmushi bilan tanishish maqsadida ayni vaqtda Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turibdi.

⚡️Davlatimiz rahbari mazkur tashrif davomida bugun viloyatning Qarshi tumani markazi – Beshkent shahridagi 12-maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ushbu ta’lim muassasasidagi o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM