Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.6K photos
2.45K videos
311 files
7.62K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Tanlovga
#1_oktabr

NAZM
2-ISHTIROKCHI


Ustozimga.

Nihol bo'lib keldim quchog'ingizga
Tashnadirman bilim o'chog'ingizga.
Hikmat xazinasi so'zlaringizda,
Bir dunyo mehr bor ko'zlaringizda.

Ogahiy bobomiz ruhin shod etib,
She'riyat bog'ini mudom yod etib.
Qo'lginamdan ushlab ketayotirsiz,
Chamanzor bo'stonga eltayotirsiz.

Bolalik bulog'in ichaman to'yib,
Bergan sabog'ingiz yurakka o'yib.
Moviy osmonimda kamalak, nursiz,
Hayot yo'llarida hammadan zo'rsiz.

: Maqsudova Anora,
Ogahiy nomidagi ijod maktabning 7-"A" sinf o‘quvchisi


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Oʻquvchilar_ijodidan
#Nasr

Xazonsiz kuz


Tabiatning ko'ziga xira parda tortilganday, atrofni quyuq tuman qopladi. Ikki qadam narini ko'rish amrimahol bo'lgan bir paytda Intizor olis-olislarga termulib, o'zining baxtiyor kunlarini axtarardi. Uning hayotini ko'ziga ham xira parda tortilgandi. Hozir qayerdaligini, bir qadam oldinlasa uni nima kutayotganini bilmasdi. Xayollar girdobida o'tirib, o'z olamiga sho'ng'ib ketgandi.
...Kuz elchilari ohistalik bilan derazani cherta boshlashdi. Intizorni o'ylari tarqab ketdi. Derazadan atrofga qarasa, yomg'ir asta-sekinlik bilan yer bag'riga singib ketayotgandi. O'zini shu yomg'ir o'rnida bo'lib qolishini juda xohlardi:
- Agar yomg'ir bo'lganimda, otamning diydoriga to'yib olardim. Diydor Qiyomatga qolmasdi.
... Yomg'irga o'xshayman. Undan farqim shuki, yer bag'riga emas , dardlarim ichiga sho'ng'ib ketyabman.
Xayolga berilgancha derazaga ishtiyoq bilan kulgan yuzni chizib qo'ydi.
Xayollari bilan bo'lib, onasi xonaga kirib kelganini ham sezmay qoldi. Onasi qizini bu yerda ko'rib , ajablangan ohangda :
- Bu yerda nima qilyapsann?!
Intizor javob o'rniga ko'zidagi yoshlarni artishga tushib ketdi.
Onasi qizini ko'zidagi yoshlarni ko'rib, ko'rmaganlikka oldi. Beparvolik bilan javondan nimalarnidir olishga harakat qilayotgandi. Intizor nima bo'layotganini bilmay, gandiraklab qoldi:
- Onajon, nima qilpaysiz?
Onasi qo'lidagi kiyimlarni qo'yib , o'ylanib qoldi.
- Bularni nima qilmoqchisiz?
Onasi biroz o'ylanib javob qildi:
- Dadang kiyimlarini g'ijim bo'lib turishini yoqtirmasdilar.
- Axir, ona...
Onasi javondan yaqinda dazmollangan kiyimlarni qo'liga olib, eshik oldida to'xtab qoldi:
- Qizim, soat singani bilan vaqt tugamaydi. Sening ko'zyoshing, sening dardlaring bilan hech kimni ishi yo'q. Tun-u kun yig'laganing bilan ketgan inson qaytib kelmaydi...
Onasi ko'zidagi yoshlarni ko'rsatmaslik uchun orqasiga qayrilmasdan xonani tark etdi.
Intizorning lablari ko'z ariqlaridan allaqachon suv ichayotgandi. Derazadan asta ko'chaga nazar soldi. Shamol ming yillardan beri qilib yurgan ishini davom ettirib, xazonlar bilan birga xotiralarni ham ko'z ilg'amas olis-olislarga olib ketayotgandi. Intizor ham derazani ochib ular bilan birga uzoqlarga ketishni xohlardi. Derazaga mehr bilan chizilgan kulgan yuzlar, endi yig'layotgandi...

: Begmatova Dilnura,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A"sinf o‘quvchisi


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#yangilik

Yosh adib, Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Ijodiy to'garak" rahbari Jumanazar Yo‘ldoshning "Xizmatkash" hikoyasi "Yoshlar ovozi" gazetasining yangi sonida chop etildi.


@Jumanazar_Yuldash
#Iqtibos

⚡️ Ma'rifatparvar jadidlarimizdan o'gitlar

🗞 Jadid bobolarimizning yoshlarga ilm borasidagi o‘gitlari.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#baholash
#yangi_tartib

🔰 Yangi baholash tizimi bo'yicha Ogahiy nomidagi ijod maktabining trener o'qituvchisi M. Masharipov tomonidan

✔️Xiva tuman 8-son maktabda faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarga "Umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilar bilimini baholashning yangi tartibini joriy etish" mavzusida navbatdagi navbatdagi o'quv seminari tashkil etildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#EKSKLYUZIV

📺 XORAZM TELEVIDENIYASI
25.09.2023

💫"MUKAMMALLIK"

📌1-OKTABR - O'QITUVCHILAR VA MURABBIYLAR KUNIGA BAG'ISHLANADI.

KO'RSATUV IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI OGAHIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI OLIY TOIFALI MATEMATIKA FANI O'QITUVCHI, IJODKOR USTOZ YULDUZXON POLVONOVA FAOLIYATIGA BAG'ISHLANADI.

MARHAMAT, TOMOSHA QILING.

🌐Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing

🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xon_atlas_festivali

Aziz va qadrli xotin-qizlar!

Joriy yilning 28-sentabr kuni respublikamizning barcha hududlarida milliy qadriyatlarimizni ulug'lash, yoshlar orasida milliy kiyimlarni targ'ib qilish maqsadida "Xon atlas" festivali bo'lib o'tadi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida ham ushbu festivalni ko'tarinki ruhda o'tkazish maqsadida, sizlarni ushbu festivalda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#1_oktabr

VIDEOROLIK
15-ISHTIROKCHI

🎬: Baxtiyorova Parizod,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#1_oktabr

VIDEOROLIK
16-ISHTIROKCHI

🎬: Davlatova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram