Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.3K photos
2.43K videos
311 files
7.56K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#tanishing
#yosh_ijodkor_òquvchimiz

   Nurmamatova Oygul - Xorazm viloyati Xonqa tumanida tavallud topgan. Uning  she'rlari "Xonqa hayoti" gazetasida, "Maktab g'unchalari" jurnalida, hikoyalari "Gulg'unchalar" nomli jurnalda va "Ezgulik" gazetasida chop qilindi. 2022-yil uning "Armug'on" nomli she'riy to'plami, 2023-yil "Hayot kitobi" nomli hikoyalar to'plami nashrdan chiqdi.

Kanalga ulanish uchun 👉
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#NASR


Xayr...
(Hikoya)


Osmonni qop-qora bulutlar qoplagan, shamolning esishi yurakni muzlatib qo'yardi go'yo. Chang-to'zonli havo edi. Birdan yomg'ir yog'di. Yomg'irning ovozi mayin shitirlab emas, juda qo'rqinchli, bomba ovozlariga jo'r bo'lib yog'ayotgandek edi. Yomg'ir tomchilarining qattiq zarb bilan tushishi yer bag'rini ilma teshik qilar va borgan sari kuchayardi. Uylar bombardimon qilingan, hamma joydan o'q ovozlar eshitilardi. Har o'q otilganida yomg'ir ham yanada tezlashar, o'sha otilgan o'qlar senga tegmasada, ovozi yurakni yulib olib ketgandek bo'lardi. Bu galgi bomba tomi mustahkam yog'ochdan yasalgan katta uy ustiga tushdi. Uyni ostida dushmanni otishga payt boylab, bir uyum tuproq ortida Yusuf o'tirardi. Bu portlash unga juda yaqin bo'lgan joyda ro'y berdi. Bombaning portlashi uni tanasidan ruhini chiqarib yuborgandek bo'ldi. O'zini jonsiz odamdek his qilib, hushidan ketdi. Sal paytdan so'ng ko'zini ochdi. Qarasa bir chekkada yotibdi, tepasida odamlar nimadandir qo'rqib bir tomonga qochardilar. Chalajon Yusuf o'rnidan turolmas, hamma yoqlari qaqshab og'rirdi. Yuzlaridagi yaralar tuproqqa yotganida juda azoblab, achishardi. Uni rangi-raftoridan hech kim taniyolmas edi. Bir qo'li portlashdan so'ng sinib, bir oyoqi juda qattiq yaralangandi. O'zi zo'rg'a nafas olar va har nafas olganida kipriklarini pirpiratib qo'yardi. Yuragi sekin urardi. Shu payt bir chetda o'tib ketayotgan katta nemis mashinasi ichidan ayollarning yig'i aralash dod-u faryodi eshitildi. Ularni kuzatib turib, gapira boshladi:
- Onajon, -dedi lablaridagi qoni titrab, -Onajon meni kechiring, men sizga "Albatta qaytib kelaman, tishlab ketgan rizqimni yeyman" deb va'da bergandim. Yo'q borolmayman -dedi qonga to'la ko'zlarini bazo'r ochib. Ko'zi mashina ichidagi sochlari uzun va malla rangli qizga tushdi. U juda qattiq yig'lar va qo'llari bilan sochlarini to'zg'itardi. Yusuf uni orqasidan tikilib qolarkan:
- Eng gullagan yoshlik chog'imda,
Sen ochilding ko'ngil bog'imda... -jilmayib qo'ydi va uzoq sukutdan so'ng:
- Nozi esingdami, sen bilan qishlog'imizdagi katta chinor ostida yurganlarimiz. O'sha payti senga Nozi desam, erkalanib turib, qizargan yuzlaring bilan " Meni ismim Nozima" deya xafa bo'lib qochib ketarding. Uzun sochlaring yuzimni mayin silab o'tib ketardi. Noziyim, yana imkoniyat bo'lsaydi, seni Nozima deb chaqirgan bo'lardim. Baxtli bo'lgin...
- Xayr Vatan, xayr ona, xayr sevgi...
O'zida kuch topib o'rnidan turdi. Shu yerda turgan granatani qo'liga olib, u tomon bostirib kelayotgan dushman tankiga tik boqib turardi.
- Xayr hayot...
Bomba portlab ketdi.

: Nurmamatova Oygul,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi
#bizning_ijod

Osmonga tutashgan dengizdir ko'nglim,
Undagi hislarim moviydan moviy.
Dunyodan zarracha xavotirim yo'q,
Chunki qalbimdagi ishqdir ilohiy.

Dengiz ham qalbimdek sarhadsiz asli,
Lekin u ko'madi hasratin chuqur.
Men esa samoga aytaman har dam
Dardim aytib Unga olaman huzur...


: Boynazarova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"A" sinf o‘quvchisi

Kanalga ulanish uchun 👉
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
7%
Hechnima demadi.
93%
Hech nima demadi.
Qay biri toʻgʻri?

Yungdan bosib tayyorlanadigan qalin pishiq palos, namat – ...
Anonymous Quiz
16%
Kiygiz
68%
Kigiz
15%
Ikkovi ham toʻgʻri.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Македониялик Искандардан Кушонлар салтанатигача".

Президент матбуот хизмати томонидан Ўзбекистоннинг бой тарихий ва маданий меросига бағишланган "Хазиналар салтанати" фильми тайёрланди. Уни бугун соат 20:20 да “O‘zbekiston 24” телеканалида томоша қилишга таклиф этамиз.

Фильм Президент матбуот хизматининг Facebook ва Youtube’даги расмий саҳифаларида ҳам намойиш этилади.

"От Александра Македонского до Кушанской империи".

Пресс-службой Президента подготовлен фильм "Империя сокровищ", посвященный богатому историческому и культурному наследию Узбекистана. Приглашаем посмотреть его сегодня в 22:15 на телеканале “O‘zbekiston 24”.

Фильм будет доступен к просмотру и на официальных страницах пресс-службы Президента в Facebook и Youtube.

Facebook|Instagram|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Kattalarni qachon nafsi toʻyadi?"

Toshkent shahar Olmazor tumani 224-maktab 6-sinf oʻquvchisi.

Tabiatni asrang, azizlar!

Kanalga ulanish uchun 👉
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Odob_axloq_qoidalari
#Jarayon

🏢 Ogahiy nomidagi ijod maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan maktab o‘quvchilari uchun odob-axloq qoidalari tushuntirilib o‘tildi.
    
🔸Maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Boburjon Sadullayev so‘zga chiqib, o‘quvchi formasi, maktabda yurish qonun -qoidalari, sinf xonalari tartibi, oshxonada ovqatlanish tartibi, yotoqxona odoblari haqida gapirdi. O‘quvchilarning bir-biri bilan muloqoti, muomilasi, bir-biriga bo‘lgan hurmati haqida so‘z yuritildi.

🔹Maktabimizning bosh tarbiyachisi M.Bobojonova so‘zga chiqib yotoqxonada yurish-turish madaniyati haqida gapirdi.

🔻Shuningdek, yotoqxonada milliy kiyimda yurish, gigiyena qoidalariga rioya qilish va xonada ijobiy muhitni saqlash borasida alohida to'xtalib o'tildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Zakovat_bellashuvi
#Jarayon

📆 Sentabr oyining 11-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida yangi o‘quv yilida yana bilimlar bellashuvi bo‘lmish Zakovat turniri start oldi.

➡️ Bellashuvda

1.8- "A" sinfining "Temuriylar"
2.8-"B" sinfining "Yosh Beruniylar"
3. 9-"A" sinfning "Humo"
4. 9-"B" sinfning "Adolat"
5. 10-"A" sinfning "Ufq"
6. 10-"B" sinfning "Meta"
jamoalari o‘zaro bellashdilar.

Maktabimizning zakovat koordinatori N. Abdullayev tomonidan o‘quvchilarga bir-biridan qiziqarli bo‘lgan savollar berildi.

🏆 Eng so‘nggi pallada hammadan ko'p ball to'plab, savollarga aniq javob bera olgan, 8-"A" sinfining "Temuriylar" jamoasi g'oliblikni qo‘lga kiritib "Hafta bilimdoni" deya e'tirof qilindi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|