#KECHKI_NAZORAT
#JARAYON
🏢 Ogahiy nomidagi ijod maktabida kechki payt "O‘quvchilar yotoqxonasida" maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B. Sadullayev tomonidan o‘quvchilarga yotoqxona tartib qoidalari, yurish-turish bo‘yicha nazorat tushuntirish ishlari olib borildi.
📸 Kechki nazoratdan foto lavhalar.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_tavalludining_214_yilligi_oldidan
📆 Buyuk shoir, mohir tarjimon va tarixchi, davlat arbobi, yurtdoshimiz Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li Ogahiy tavalludining 214 yilligi oldidan bugun, 2023-yilning 11-sentabr kuni Xorazm telekanalining "Assalom, Xorazm" dasturida Ogahiy ijod maktab-internati o'qituvchisi, ogahiyshunos olima Madina Matyoqubova o'zining yaqinda nashrdan chiqqan yangi "Ajab ohangu navolar" kitobi va u orqali yana bir bora Ogahiyning buyuk dahosi haqida so'z yuritadi.
Yangi nashrdan chiqqan kitob taqdimoti kuni kecha Ogahiy nomidagi ijod maktabida ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tgan edi.
🖥 Marhamat, tomosha qiling.
Kanalga ulanish uchun 👉
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

Forwarded from XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
#Yangiliklar
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilindi
Prezident Farmoni (PF–158-son, 11.09.2023-y.) bilan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi hamda uni 2023-yilda oʻzi vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi.
✔️ Farmonga koʻra, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi quyidagi 5 ta ustuvor yoʻnalish hamda 100 ta maqsaddan iborat:
➖har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;
➖barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash;
➖suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
➖qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
➖“xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.

"Zamin" fondi tomonidan Ekologik ta’lim fondi (FEE) bilan birgalikda amalga oshirilayotgan "Eco-Schools" xalqaro dasturi "Eco-schools Uzbekistan" a’zoligiga qabul e’lon qiladi.
Ariza berish muddati — 2023 yil 25 sentyabr kunigacha.
Eko-maktab maqomini olish uchun saytdagi hujjatlarni to‘ldirish zarur.
Loyiha hamkorlari — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi.
__
Международная программа Eco-Schools, осуществляемая Фондом Zamin совместно с Фондом экологического образования (FEE), объявляет о наборе в члены-участники Eco-schools Uzbekistan.
Срок подачи заявки до 25 сентября 2023 года.
Для получения статуса эко-школы необходимо заполнить документы на сайте.
Партнёрами проекта выступают МДШО, Министерство молодёжной политики и спорта, Министерство экологии, охраны окружающей среды и изменения климата и Агентство по делам молодёжи.
Zamin | Facebook | Instagram

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Ilhomga yo‘g‘rilmagan hamma narsa – o‘limga mahkum”
Usmon Azim she’r qanday tug‘ilishini gapirib berdi.
Kanalga ulanish uchun 👉
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Usmon Azim she’r qanday tug‘ilishini gapirib berdi.
Kanalga ulanish uchun 👉
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#bizning_ijod
Sentabr...
Ayni kuz - xazonrez payti...
Tabiat koʻrkini xazonlar oldi.
Alamdan sargʻayib toʻkildi barglar,
Bitta yaproq qoldi,
Bir umid qoldi!
Ertadan ne umid?!
Erta - qahraton...
Uzilmagan bargning iddaosi ne?
Qishda kurtak ochmoq barglarga armon,
Agar nohaq boʻlsam,
Soʻzing yolgʻon, de!
Shamol isyon solar bir dam tinmayin,
Yomgʻirdan zaminning qaynoq koʻksi nam.
Oxir zarbalarga bardosh bermayin,
Uzildi soʻng umid,
Soʻnggi yaproq ham...
Sentabr...
Ayni kuz - xazonrez payti...
Bahorin intiqib kutmoqda bu jon.
Kuz kirgan xazonrez koʻnglim hurmati,
Eng soʻnggi umidni uzma, Xudojon...
Kuz kirgan xazonrez koʻnglim hurmati,
Eng soʻnggi umidni uzma, Xudojon!
✍: Jumanazarova Hilola,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o‘quvchisi

⚡️ KITOBSIZLIK KASALI
Biz yashayotgan muhit “kitobsizlik kasali”ga chalinib boʻldi. Buning xavfi vabodan kam emas. Vaboni qaytarish uchun majburiy emlanadi, bemorni majburlab boʻlsa-da davolaydilar. Chunki, oʻlat boshqalarga yuqmasligi kerak.
Tanadagi xastalikni dori-darmon bilan bir amallab yengish mumkin. Ollohning madadi bilan tibbiyot bemorning joniga oro kiradi. Biroq, oʻqimaslik kasaliga uchrab, ruhiy majruhlikka yoʻliqqan avlodni qanday tuzatmoq mumkin?
Vahima qilmayapman, koʻrib - bilib turganimni gapirayapman.
Ishonasizmi, Oliy oʻquv maskaniga hujjat topshirgan oʻsmir oʻn bir yil davomida bitta ham badiiy kitob oʻqimaganini tan oldi.
Imtihonda qatnashayotgan Ustozimiz, mashhur shoir qoʻliga kitobni olib koʻrsatdi:
---- Bolam, mana shu kitob. Qara, shuni kitob deydilar, --- ihradi.
Botinini ne oʻy kemirgani Ustozning oʻziga ayon.
Ishonmaysiz-a? Ishonadigan gapmas bu, biroq oʻsha oʻsmir men va bir necha hamkasbim qarshisida ijodiy imtihon paytida tan oldi: “Bitta ham kitob oʻqimaganman, endi oʻqiyman, oʻqishga kirsam...”, ---dedi. Oyogʻim ostidagi yer qattiq, boshimdagi osmon uzoq edi. Nima deyishimni bilmay qoldim, boshim gʻuvilladi. Yana bir ukamiz “Oʻtkan kunlar”ni Tohir Malik yozgan dedi. Quloqlarim tosh bitmadi, hayriyat.
Biri esa ulugʻ shoirimizni taniqli aktyor bilan adashtirdi, adashtirdi emas, “Oʻzbegim” degan shoh qasidani aktyorimiz Erkin Komilov yozgan dedi.
— Erkin Vohidovni eshitganmisiz?
— Yoʻq, eshitmagan ekanman...
Ishonmaysiz-a? Lekin biz bu sharmandalikning guvohi, ayni oʻzimiz ham sharmanda edik.
Imtihonda ishtirok etayotgan adiblardan biri qaysidir bir ukamizga qarab toqati toq boʻldi va:
— Ukajon, mayli bizga beshtagina oʻzbek yozuvchisini sanab ber, — dedi mungʻayib.
Ishonmaysiz. Lekin... Haligi yosh avlodimiz vakili hech boʻlmasa besh nafar oʻzbek adibining nomini aytolmadi.
Shunda mening hayolimga “kitobsizlik kasali” degan tushuncha choʻkdi.
Bu kasallik bugungi avlod orasida tarqala boshlaganini Siz ham sezayapsizmi?
Yo, men vahima qilayapmanmi - a?!
Qoʻchqor Norqobilov

Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASIDA MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMINI RIVOJLANTIRISHGA DOIR QATOR VAZIFALAR BELGILANDI
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida“gi Farmoni hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori e’lon qilindi.
Mazkur qarorga asosan, 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
➖ davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari beriladi;
➖ Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlaridagi barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari eksperiment tariqasida ta’lim planshetlari bilan ta’minlanadi hamda kelgusida mazkur tajriba respublikamizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi;
➖ banklarning nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Davlat byudjeti hisobidan kompensatsiya taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
⚡️2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:
➖ umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi 10-sinf o‘quvchilari uchun tegishli hududlarda talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘rgatish kurslari joriy etiladi;
❗️Bunda, dastlabki bosqichda ushbu tartib zarur kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lgan hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etiladi.
➖ Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilanadi.
👉 Batafsil
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#bizning_ijro
Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-"B" sinf o'quvchisi Jahongir Baxtiyorovning YouTubedagi kanalida Usmon Azim she'rini tinglab tomosha qiling.
https://youtu.be/UOXN0eAZBoA
@sh_jahongir

YouTube
Usmon Azim she'ri, Jahongir Baxtiyorov ijrosi.
#sevgihaqida #usmonazim #sheriyat #ijod #jahongir #ijod #qoshlar
#Suvni_tejaymiz
❓ Ichimlik suvini tejash maqsadida farzandlarimizga nimalarni o’rgatishimiz lozim?
❕Kundalik hayotimizda e’tibor qaratishimiz kerak bo’lgan tavsiyalar.
✅ Bularning barchasi infografikada.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
29%
Shukur Xolmirzayev 1991-yili Oʻzbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
54%
Shukur Xolmirzayev 1991-yili “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
17%
Shukur Xolmirzayev 1991-yili “Oʻzbekiston Xalq yozuvchisi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
59%
Majlisda angliyaliklar, rossiyaliklar va xitoyliklar qatnashdi.
41%
Majlisda Angliyaliklar, Rossiyaliklar va Xitoyliklar qatnashdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#motivatsiya
Aslida insonning baxtli va xursand yashashi uchun ertalab uygʻonish va bugungi kunim xayrli boʻladi, men sabab boshqalarga xayr keladi deb Allohga shukrona keltirish hamda ijobiy fikrlashning oʻzi kifoya.
Sheʼrni qayta-qayta eshitishni tavsiya etamiz.
Kanalga ulanish uchun 👉
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Aslida insonning baxtli va xursand yashashi uchun ertalab uygʻonish va bugungi kunim xayrli boʻladi, men sabab boshqalarga xayr keladi deb Allohga shukrona keltirish hamda ijobiy fikrlashning oʻzi kifoya.
Sheʼrni qayta-qayta eshitishni tavsiya etamiz.
Kanalga ulanish uchun 👉
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
✍ MUMTOZ ADABIYOT DURDONALARIDAN:
(She’riy san’at)
Alliteratsiya(tavze') - nutqda bir tovushning takrori yoki bir-biriga ohangdosh bo'
Masalan:
O‘ngra qitaynig‘ o‘lurtachi terman, Bani o‘g‘uzug‘ o‘lurtachi – o‘q terman.
(“To’nyuquq” bitigtoshi) “To’nyuquq” bitigtoshidan olingan parchada “o’ “ unlisinng bir necha marta
takrorlanishini ko'
Debon bergan kishi erdur va lekin Demay berganga erlik bil musallam.
Ne deb, ne bersa bilgil ani xotun, Debon bermasni xotundin dag‘i kam.
(Navoiy)
Hazrat Navoiyning ushbu qit’asida uchta misraning bir xil tovush bilan boshlanishi alliteratsiyani hosil qiladi. Uning asosiy vazifasi bir xildagi tovushlar vositasida ohangdorlikni kuchaytirishdan iborat.“D” tovushining birinchi, ikkinchi hamda to‘rtinchi
misralar boshida takrorlanib kelishi qofiya va vazn tufayli hosil bo‘lgan ohangdorlikni kuchaytirishga xizmat qilgan.
Qaladan qalampir yuklar qalachi,
Har xil isli bo‘lar tog‘ning og‘ochi.
(“Ravshan” dostoni)
Chayirsan, chechansan, chuchuksan so‘zsiz,
Ertakday ezgusan, buloq yanglig‘ pok. (Mirtemir)
Sarv-u sanobarmidir - soch bir yon, suman bir yon,
Sahar, subhi sodiqda mushk bir yon, mujgon bir yon
(Toʻra Sulaymon)
Yoz sha’niga qo‘shiq to‘qilar, Chigirtkalar chirillar chunon.
(Rauf Parfi)
Sochilgan sochingdek sochilsa siring
Anor yuzlaringni kimga tutarsan? (Choʻlpon)
Qaro qoshing, qalam qoshing
Qiyiq, qayrilma qoshing qiz
Qilur qatlima qasd qayrab
Qilich qotil qaroshing qiz
Qafasda qalb qushin qiynab Qanot qoqmoqqa qo‘ymaysan
Qarab qo‘ygil qiyo
Qalbimni qizdirsin quyoshing qiz
Erkin Vohidov qalamiga mansub bo’lgan bu she’rdagi barcha so’zlar “q” undoshi bilan boshlangan. Shoir ushbu she’rida alliteratsiya san’atidan mahorat bilan foydalangan.
(She’riy san’at)
Alliteratsiya(tavze') - nutqda bir tovushning takrori yoki bir-biriga ohangdosh bo'
lishi . Alliteratsiyani qadimgi turkiy yodnomalar tilida ham juda ko
'p uchratish mumkin. Masalan:
O‘ngra qitaynig‘ o‘lurtachi terman, Bani o‘g‘uzug‘ o‘lurtachi – o‘q terman.
(“To’nyuquq” bitigtoshi) “To’nyuquq” bitigtoshidan olingan parchada “o’ “ unlisinng bir necha marta
takrorlanishini ko'
rish mumkin
Bundan tashqari quyidagi adiblarning asarlaridan olingan parchalarda ham alliteratsiyaning go
'zal namunalarini ko`rish mumkin:Debon bergan kishi erdur va lekin Demay berganga erlik bil musallam.