Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.44K videos
311 files
7.59K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#XALQARO_KONFERENSIYA

📌2022-yilning 7-may kuni Jizzax davlat pedagogika institutida "Ta'limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari" mavzusidagi xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi.

🌈Anjuman ishida Turkiya, Ozarbayjon, Hindiston davlatlari va mamlakatimiz viloyatlaridan kelgan olimlar qatnashdi va ma'ruzalar qilishdi.

Konferensiyada Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi Matyaqubova Madina Habibullayevna ham so'zga chiqib, ustozning Xorazm adabiy muhitining yirik vakili, shoir, tarjimon, adabiyotshunos Matnazar Abdulhakim ijodining o'ziga xos tomonlari haqidagi nutqi katta e'tiroflarga sazovor bo'ldi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Samarqand
#Xalqaro_konferensiya
#Ogahiy_ijod_maktabi

📌Bugun Samarqand shahrida O‘zbekiston talabalar assotsiatsiyasi hamda "Milliy tiklanish" demoktarik partiyasi Samarqand viloyat kengashi bilan hamkorlikda tashkil qilingan Xalqaro talabalar konferensiyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Ogahiy nomidagi ijod maktabi pedagog-tarbiyachisi Xaitbayeva Tamara rahbarligida 10-"B" sinfning o'quvchilari Matkarimova Sarvinoz va Abdusharipova Muxlisalar ham ishrirok etmoqdalar.

🔰Konferensiyada:

1.Turizm
2. Tadbirkorlik va biznes
3. Xorijda ta'lim va grantlar (ingliz tilida)

yo'nalishlari bo'yicha spikerlar tomonidan mahorat darslari o'tkaziladi.

❗️Eslatib o'tamiz: konferensiya 3-4-5 noyabr kunlari bo'lib o'tadi va dasturda mahorat darslari bilan birgalikda Samarqand shahrining tarixiy obidalari, ziyoratgohlari va diqqatga sazovor joylariga sayohatlar ham rejalashtirilgan.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_konferensiya

🔔 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA OʻTKAZILADI

📆 Joriy yilning 4-5-aprel kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Ijodiy pedagogika: ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuv” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

📝Unda professor-o‘qituvchilar, doktorant, mustaqil tadqiqotchilar, magistr va iqtidorli oʻquvchilar hamda talabalar ishtirok etishlari mumkin.

📶 Konferensiyada:
Ta’lim jarayonida tanqidiy fikrlash malakasini shakllantirish va
rivojlantirish usullari va strategiyalari;
Loyihaga asoslangan ta’lim: amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish;
Mezonlarga asoslangan baholash: maqsad va vazifalar;
Raqamli ta’lim muhitida XXI asr o‘qituvchilari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar boʻyicha tadqiqot natijalari, tajriba va g‘oyalar muhokama qilinadi.

Konferensiya oʻzbek va ingliz tillarida olib boriladi.

📥 Ta’lim sohasiga oid maqola, tezis, metodik tavsiyalar 2025-yilning 1-martiga qadar ([email protected] e-mail pochtasi orqali) qabul qilinadi.

🗂Talabgorlar maqolalarini o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz tillarida topshirishlari mumkin.

🔎Maqola topshirish boʻyicha YO’RIQNOMA

📞Qoʻshimcha ma’lumot uchun: 71-207-20-17 (ichki raqam 161).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM