Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.3K photos
2.43K videos
311 files
7.56K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Samarqand

Har yili 18-oktyabr sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan «Samarqand shahri» kuni keng nishonlanadi.
Mazkur taklif Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan 1996-yil 18-oktyabrda Amir Temur tavalludining 660-yilligiga bagʻishlangan tantanada berilgan va shu kunda shaharga Amir Temur ordeni topshirilgan.
Uch ming yillik tarixga ega boʻlgan bu shahar ilm, savdo-sotiq va hunarmandchilik markazi shuningdek, dunyo taraqqiyotining yirik markazlaridan biri hisoblanadi.
Samarqand shaharida hozirgi kunda oʻndan ziyod yangi bogʻ va hiyobonlar tashkil etilgan, tabiati va iqlimga mos daraxt koʻchatlari oʻtqazilgan. Shaharning barcha hududlarida zamonaviy loyihalar asosida yaratilgan favvoralar mavjud.
Shahardagi «Registon» majmuasi, «Amir Temur», «Oqsaroy», «Shohi Zinda yodgorligi», «Bibixonim» masjidlarida va boshqa bir qator tarixiy obidalarida rekonstruksiya ishlari bajarilgan boʻlib, YUNESKO tashkilotining 2001-yil Finlyandiyada oʻtkazilgan 25 sessiyasida Samarqanddagi mazkur meʼmoriy-tarixiy yodgorliklar va boshqa obidalar Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.
#Иштирокчилар_билан_таништирамиз
#Samarqand_2023

⚡️TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI TA'LIM VAZIRLARI SAMARQANDDA UCHRASHADI!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan joriy yilning 13-14-IYUN kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar ta'lim vazirlarining VII yig'ilishi tashkil etilmoqda.

✔️ Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad –Turkiy davlatlar tashkiloti a’zo mamlakatlari o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va umumiy ustuvor vazifalarni belgilab olishdan iborat.

📍Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Qozog‘iston ta’lim vazirlari va Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi hamda Xalqaro Turkiy akademiya prezidenti maslahatchisining ishtirok etishi kutilmoqda.
________

📣 EDUCATION MINISTERS OF THE ORGANIZATION OF TURKIC STATES WILL MEET IN SAMARKAND!

The VII meeting of education ministers of the member-states of Organization of Turkic States is being organized by the Ministry of Preschool and School Education on June 13-14 this year in Samarkand.

✔️ The goal of this event is to expand cooperation in the field of education and determine common priority tasks among the member countries of the Organization of Turkic States.

The ministers of education of Uzbekistan, Turkiye, Kyrgyzstan, Azerbaijan, Kazakhstan and the Secretary General of the Organization of Turkic States and Adviser to the President of the International Turkish Academy are expected to participate in this prestigious event.

Vazirlikning
rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Samarqand
#Xalqaro_konferensiya
#Ogahiy_ijod_maktabi

📌Bugun Samarqand shahrida O‘zbekiston talabalar assotsiatsiyasi hamda "Milliy tiklanish" demoktarik partiyasi Samarqand viloyat kengashi bilan hamkorlikda tashkil qilingan Xalqaro talabalar konferensiyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Ogahiy nomidagi ijod maktabi pedagog-tarbiyachisi Xaitbayeva Tamara rahbarligida 10-"B" sinfning o'quvchilari Matkarimova Sarvinoz va Abdusharipova Muxlisalar ham ishrirok etmoqdalar.

🔰Konferensiyada:

1.Turizm
2. Tadbirkorlik va biznes
3. Xorijda ta'lim va grantlar (ingliz tilida)

yo'nalishlari bo'yicha spikerlar tomonidan mahorat darslari o'tkaziladi.

❗️Eslatib o'tamiz: konferensiya 3-4-5 noyabr kunlari bo'lib o'tadi va dasturda mahorat darslari bilan birgalikda Samarqand shahrining tarixiy obidalari, ziyoratgohlari va diqqatga sazovor joylariga sayohatlar ham rejalashtirilgan.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#ishchi_guruh
#Samarqand

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatida boʻlib, tizimdagi maktablar faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.

Xususan, ishchi guruh tomonidan Kattaqoʻrgʻon shahar, Kattaqoʻrgʻon, Paxtachi hamda Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, qish mavsumiga tayyorgarlik holati koʻzdan kechirilib, dars jarayonlari kuzatildi.

Oʻrganishlar doirasida Agentlik direktorining o‘quvchilar va oʻqituvchilar bilan muloqoti tashkil etildi. Unda A.Ubbiyev Agentlik tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim sharoitlarini yangi bosqichga olib chiqish borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida soʻz yuritdi.

Shuningdek, muloqotlarda Agentlik direktori yoshlarning kelgusidagi maqsad va orzulari bilan qiziqib, tanlagan sohasi boʻyicha yetuk mutaxassis boʻlish uchun avvalo oʻquvchilikdanoq puxta bilim olish, xorijiy tillar, axborot texnologiyalarini mukammal oʻzlashtirish lozimligini taʼkidladi.

Maktablarni oʻrganishlar davomida ta’lim maskanlarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tanqidiy tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha mas'ullarga tegishli koʻrsatmalar berib oʻtildi.

Agentlik direktori masʼullarga ta’lim tizimida amaliyotda qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Xususan, xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, intellektual va sport oʻyinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib oʻrganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube