Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Amir_Temur_tavalludining_688_yilligi

🔰 2024-yilning 8-aprel sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludiga bag'ishlangan "Buyuk Sohibqiron " mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Tarixiy_sana
#Amir_Temur_688

Markaziy Osiyo xalqlarining iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ davlat arbobi va sarkarda, fan va madaniyat homiysi sohibqiron Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ilgan.

Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida Movarounnahr va Xurosonda taʼlimga eʼtibor, ilm- fanga homiylik davlat siyosatiga aylandi. Barcha shaharlarda oliy taʼlim dargohlari madrasalar barpo etilib, oʻz davrining yetuk olimu ulamolari tolibi ilmlarga dars berishga jalb etilgan.

Temuriylar davri renessansi rivoji bevosita Amir Temur asos solgan ulkan saltanatda adolatli boshqaruv tizimi barpo etilganligi katta oʻrin tutgan. Amir Temur har qanday taraqqiyotning asosi sifatli taʼlim tizimi ekanligini chuqur anglagan edi. Shu sababli Sohibqiron birinchi galda taʼlim va tarbiyani toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, ilmli, maʼrifati shaxslarning jamiyatdagi mavqeyini koʻtarish yoʻlidan bordi. Ulkan saltanatning barcha shahar va yirik qishloqlarida koʻplab boshlangʻich maktablar barpo etildi.

Tarixiy manbalarning dalolat berishicha, Amir Temur va Temuriylar davrida oʻgʻil bola 4 yil, 4 oy va 4 kunlik boʻlganda maktabga berish anʼanasi amalda boʻlib, boshlangʻich taʼlim ulkan saltanatning barcha madaniy oʻlkalarini qamrab olgan edi.

O‘sha davrning asosiy ta’lim dargohlari bo‘lgan maktab va madrasalarga vaqf mulklari ajratish orqali ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Noańanaviy_ochiq_dars

🔰Joriy yilning 8-aprel sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi 8-"B" sinfida biologiya fanidan oliy toifali o'qituvchi Muzaffar Masharipov rahbarligida "Uyqu va uning ahamiyati" mavzusida ochiq dars tashkillashtirildi.


♻️Darsda oʻquvchilar 2ta guruhga boʻlinib olishdi. 1-guruh "Everest", 2-guruh "Avitsenna" deb nomlanib, dastlab mavzu boyicha malumotlar berildi, savol-javoblar qilindi.

🎈Ijod maktabi o'quvchilarining ijodkorligi ular tomonidan qo''yilgan kichik sahna ko'rinishlari, o'zlari tomonidan tayyorlangan videotaqdimot va videolavhalarda namoyon bo'ldi.

Ochiq dars ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi va barchada katta taassurotlar qoldirdi.

👆Yuqorida dars jarayonidan fotosuratlar va o'quvchilar tomonidan ushbu mavzu doirasida tayyorlangan video loyihalari bilan tanishishingiz mumkin.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#harbiy_vatanparvarlik

⚡️Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati, 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchi yigitlari Yangiariq dala-oʻquv poligonida dala-oʻquv yigʻini hamda oʻq otish boʻyicha bir kunlik amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etdi.

Tashkil qilingan ushbu tadbirlarda oʻquvchilar qurol-aslahalar va harbiy texnikalar, xususan BTR-80, ZENIT artilleriya jangovar mashinasi, minomyot, havo hujumiga qarshi oʻqotar qurollar, granatomyot, pulemyotlardan foydalanish, tibbiy bilim asoslari va jangovar harakatlar haqida, AK-74 qurolidan oʻq otish boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻldi.

Bu kabi mashgʻulotlar oʻquvchilarning harbiy-vatanparvarlik tuygʻularini yanada oshirishi shubhasiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube