Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Xushxabar

ISTE'DODLI O'QUVCHILARIMIZ XALQARO TANLOVDA GRAN-PRI SOHIBASI VA SOVRINDORLARI BO'LISHDI

🇰🇿🇺🇿Qozogʻiston va Oʻzbekiston Respublikalari oliy oʻquv yurtlari talabalari va maktablarining oʻquvchilari o'rtasida Oʻzbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligiga bagʻishlab o'tkazilgan “Qoʻlingizda kitob boʻlsin" nomli xalqaro adabiy tanlov g'oliblari eʼlon qilindi.

📍Quvonarlisi, xalqaro tanlovda 3 nafar iste'dodli o'quvchimiz faxrli o'rinlarga, bir nafar o'quvchimiz esa GRAN-PRIga loyiq deb topildilar.

Marhamat, g'oliblar bilan tanishing:

11-"B" sinf o'quvchisi Asaloy Otaboyeva - GRAN-PRI ;
11-"A" sinf o'quvchisi Mushtariy Bahodirova - 2-o'rin ;
8-"A" sinf o'quvchisi Nigina Rustamboyeva - 2-o'rin ;
10-"A" sinf o'quvchisi Shodiya Jumanazarova - 3-o'rin.

💫 Dilbandlarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

⚡️Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi Nurhayot Yangiboyeva IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi.

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_VA_BIZ
#Respublika_gazeta_sahifalarida

➡️ Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o'quvchisi Sarvinoz Boltayeva qalamiga mansub "Bahor keldi" deb nomlanuvchi she'r Respublika bolalar va o‘smirlar nashri hisoblangan 🌠 "Tong yulduzi" 🗞 gazetasining 2024-yil 8-apreldagi sonida chop etildi.

👏 Ijodkor o‘quvchimizni tabriklaymiz va ulkan yutuqlar  tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
MA’LUMOT

Ramаzon hayiti munosabati bilan 3 kun dam olish kuni etib belgilangan


O‘zbekistonliklar Ramаzon hayiti munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam oladi.

Prezidentning 2023-yil 22- dekabrdagi farmoniga ko‘ra:

▪️10-aprel, chorshanba – Ramazon Hayiti kuni;
▪️11-aprel, payshanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
▪️12-aprel, juma – 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;

13-aprel, shanba – barcha uchun ish kuni;

14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#ÈLON

🎥 Mahoratli jurnalist Azamat Safarov muallifligidagi
"MA'RIFATNOMA" ko'rsatuvi
Xorazm televideniyasi orqali bugun, soat 20:30dan boshlab efirga beriladi .

🔰Ko'rsatuv Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi pedagoglari va o'quvchilari chiqishlari asosida tayyorlandi.

📺O'tkazib yubormang!!!


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Ogahiy ijod maktabi pinned «#ÈLON 🎥 Mahoratli jurnalist Azamat Safarov muallifligidagi "MA'RIFATNOMA" ko'rsatuvi Xorazm televideniyasi orqali bugun, soat 20:30dan boshlab efirga beriladi . 🔰Ko'rsatuv Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod…»
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Guliston shahridagi
Prezident maktabi, Urganch, Guliston shaharlari, Chinoz tumani ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internati bitiruvchilari xalqaro universitetlariga oʻqishga kirdi.

7-aprel - Butunjahon salomatlik kuni doirasida
Termiz, Fargʻona shaharlaridagi Prezident maktablari, Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida sport tadbirlari tashkil etildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining dasturlari boʻyicha seminar-treninglar
boshlandi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga
koʻmaklashdi.

Abdulla Oripov va Ogahiy nomidagi ijod maktablari oʻquvchilari xalqaro adabiy tanlovda gʻolib boʻldi.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Jadidlar” burchagi
tashkil etildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Turon Fanlar Akademiyasi akademigi seminar-trening
o‘tkazdi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi va Sherobod, Bekobod tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida kitob marafonlari tashkil etildi.

Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyi rahbariyati va kursantlari bilan uchrashuv
boʻlib oʻtdi.

Sergeli, Jarqo’rg’on tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari IELTS sertifikatiga ega boʻldi.

Olmazor, Jondor, Qorovulbozor, Vobkent, Jarqo’rg’on, Qiziriq, Quyi Chirchiq tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari fanlar boʻyicha milliy sertifikat oldi.

Buxoro, Quyi Chirchiq tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Oltinsoy, Mirzaobod tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida favqulodda vaziyatlar boʻyicha amaliy mashgʻulotlar tashkil etildi.

Shirin shahar ixtisoslashtirilgan maktabi va Guliston davlat pedagogika instituti oʻrtasida memorandum
imzolandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Amir_Temur_tavalludining_688_yilligi

🔰 2024-yilning 8-aprel sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludiga bag'ishlangan "Buyuk Sohibqiron " mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

♦️Direktor S.Abdullayev buyuk Sohibqiron hayotini o’rganishning ahamiyati haqida gapirdi va tadbirni ochib berdi. Ijodiy to‘garak rahbari, “Xiva tongi” muharriri Sh.Masharipov so’zga chiqib, tarixni bilish bugungi kunda o‘zlikni anglash yo‘li ekanini ta’kidlab o’tdi.

🎭 Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan “Temur tuzuklari”dan keltirilgan hikmatli so’zlar, buyuk sarkarda haqidagi go’zal she’rlar aytildi. Tarix fani o‘qituvchisi A.Ro‘ziboyev Sohibqiron haqida taqdimot qildi, o’quvchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berdi.

💫 O‘quvchilar buyuk sarkarda hayoti va buyuk siymo bo‘lgan shaxslar: To‘maris, Alisher Navoiy, Ogahiy, Nodira, Uvaysiy, Zebuniso va shu kabi ajdodlarimizni sahna ko‘rinishida jonlantirishdi. Temuriy shahzoda Jahongir Mirzo g‘azali asosida kuylangan qo’shiqqa o‘quvchilar raqs ijro etishdi va tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashishdi.

🎈Tadbir yakunida bosh tarbiyachi-pedagog M.Babajonova o‘quvchilarning A.Temur haqida olgan bilimlari mustahkamlanganini ta’kidlab, tadbir ishtirokchilariga tashakkur bildirdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram