Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.3K photos
2.43K videos
311 files
7.56K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Harbiy_vatanparvarlik_tadbiri

Ogahiy ijod maktabining bir guruh faol o’quvchilari bilan birgalikda 9203 sonli Davlat Xavfsizlik Xizmati Chegara Qo’shinlari
harbiy qismida 26-sentabr Davlat Xavfsizlik Xizmati tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan harbiy qismda uchrashuv bo’lib o’tdi. O’quvchilarimiz Vatan tinchligi va osoyishtaligi yo’lida mardlarcha halok bo’lgan jasur o’g’lonlarimizning yorqin xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlashdi va ularning xotira monumentiga gulchambar qo’yishdi.

Mangu olov yoniq xotira,
Yuraklardan o’chmaydi sira.
O’tar lip-lip ko’z oldimizdan
Goho tiniq, gohida xira.

Uchrashuv mobaynida yoshlarni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadidagi turli xil ko’rgazmali qurollar (qurol turlari: AK74, AK47, SVD, RPK, TQG, GP5; durbin, xizmat iti; xizmat mashinasi; oziq-ovqat; kiyim- kechaklar) namoyish etildi.Tadbir davomida, o’quvchilar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Askar akalarimizning bergan ma’lumotlari va motivatsiyalaridan so’ng, iste’dodli o’quvchilarimiz o’zlarining bayram tabriklari hamda harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi she’rlari bilan xizmatdagilarga ma’naviy kuch bag’ishlashdi. Tadbirda aytilgan Muhammad Yusufning “Posbonlar ”she’ri barchaga birdek manzur bo’ldi:

Sizda orom qayda, sizda tin qayda,
Siz to’yib uxlagan bitta tun qayda.
El-yurt oromini asragan zotlar,
El mehri asrasin, sizni har joyda.

Shuningdek, tadbirda o’quvchilarimiz tomonidan urush xotirasiga bag’ishlangan she’rlar ham ijro etildi:

Urush noming o’chsin jahonda,
Hamon bitmas sen solgan alam.
Sen tufayli ko’p xonadonda,
Ota nomli buyuk shodlik kam.

Tadbir davomida barcha o’ziga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni bilib oldi va
harbiy
akalarimiz bilan ko’tarinki kayfiyatda xayrlashdi.
Demak, har birimiz o’z Vatanimizga munosib farzand bo’lmog’imiz, Vatanimiz tuprog’ini ko’z qorachig’imizday asrab-avaylamog’imiz, bugungi farovon hayotimizni qadriga yetgan holda, uning rivojiga o’z hissamizni qo’shmog’imiz ham farz, ham qarzdir.
Zero, shu go’zal Vatan-barchamizniki!!!

#Ogahiy_ijod_maktabi
#Harbiy_vatanparvarlik

🔰Joriy yilning 5-dekabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha direktor o‘rinbosari T. Kadamov tomonidan 10-sinf oʻquvchilari bilan chaqiruvga qadar boshlangʻich harbiy taʼlim fanidan AKM-74 qurolini qismlarga ajratish va yigʻish mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

🔸Mashgʻulot davomida oʻquvchilar oʻquv oʻqdoniga oʻqni joylashni va AKM-74 qurolini qismlarga ajratish va yigʻish mashqlarini bajarishdi.

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#harbiy_vatanparvarlik

⚡️Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati, 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchi yigitlari Yangiariq dala-oʻquv poligonida dala-oʻquv yigʻini hamda oʻq otish boʻyicha bir kunlik amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etdi.

Tashkil qilingan ushbu tadbirlarda oʻquvchilar qurol-aslahalar va harbiy texnikalar, xususan BTR-80, ZENIT artilleriya jangovar mashinasi, minomyot, havo hujumiga qarshi oʻqotar qurollar, granatomyot, pulemyotlardan foydalanish, tibbiy bilim asoslari va jangovar harakatlar haqida, AK-74 qurolidan oʻq otish boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻldi.

Bu kabi mashgʻulotlar oʻquvchilarning harbiy-vatanparvarlik tuygʻularini yanada oshirishi shubhasiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube