#Erkin_Vohidov_87
#Nazm
Ichkiyot
(Erkin Vohidov xotirasiga)
Shafaq...
Qontalash osmon
ko‘zidan yulduzlar to‘kilib,
bag‘ri chok-chokdan so‘kilib,
ko‘chadi she'riyat shuuriga
tutadi qalamin shoirga.
***
Xayol...
Kezadi sarosar
ishq ichra behush.
Kas ichra bexush.
Izlaydi zabarjad - gavhar
So‘ziston mulkida zargar.
***
Muhabbat...
Tutib-la erkin
singgadi misralar qatiga.
Uch undov berkinib baxtiga
sizadi shoirning so‘zida
qatralar in'iko ko‘zida.
***
She'riyat...
Nazmning navosi.
Ko'zim ketib "qaro qoshlar"ga,*
Qadoq qalbim qiynalaverar.
Qarog'imda qolgan qayg'ular
Tark etmayin iymanaverar.
*Erkin Vohidov satri
✍: Qo‘ziboyev Dadaxon,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Nazm
Ichkiyot
(Erkin Vohidov xotirasiga)
Shafaq...
Qontalash osmon
ko‘zidan yulduzlar to‘kilib,
bag‘ri chok-chokdan so‘kilib,
ko‘chadi she'riyat shuuriga
tutadi qalamin shoirga.
***
Xayol...
Kezadi sarosar
ishq ichra behush.
Kas ichra bexush.
Izlaydi zabarjad - gavhar
So‘ziston mulkida zargar.
***
Muhabbat...
Tutib-la erkin
singgadi misralar qatiga.
Uch undov berkinib baxtiga
sizadi shoirning so‘zida
qatralar in'iko ko‘zida.
***
She'riyat...
Nazmning navosi.
Ko'zim ketib "qaro qoshlar"ga,*
Qadoq qalbim qiynalaverar.
Qarog'imda qolgan qayg'ular
Tark etmayin iymanaverar.
*Erkin Vohidov satri
✍: Qo‘ziboyev Dadaxon,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Erkin_Vohidov_87
#Nazm
Olis-olislardan imlashar tog'lar
Butun borliq bilan aytib "Nido"sin.
Qalamim quvonchdan gullaydi agar
Alqab yozsam shunday yurtning fidosin.
Farg'ona,
Dilbandlari erk-chun kurashgan zamin,
Bu kun bog'laringda hurlikning isi.
Hassos ko'ngillarni titratar hanuz
"Sharqiy qirg'oq"dagi aytilgan bir so'z.
"Tong nafasi" hamroh xuddi qalamday,
Endi o'tmishingdan kuyinma sira.
Axir Erkindayin "so'zning zargar"i
Har go'shangga bitdi minglagan misra.
"Ruhlar isyoni"ni o'qigan kishi
Qaytadan Vatan deb tug'ilar yonib.
"Muhabbat" dan gap ochsang agar
Oshiqlar suv ichar mehrdan qonib.
"Og'riqli savollar" shoir dardini
Qalbining qonidan yozadi bir-bir.
"Yurak va aql" ning beayov janggi
Necha ko'ngillarni titratar dir-dir.
U haqida yozsam ne-ne tog'lar ham
Qog'oz bo'lmoqlikka shaydirlar go'yo.
Tim qora osmonni siyoh qilsam gar
Yulduzlar so'ziga bo'lar mahliyo.
Firuza osmonday dilda bor orzu
Munosib shogirdi bo'lsam qaniydi.
Tog'larning ortidan muloyim boqib
Mangu yashar elning Erkin Vohidi.
✍ Boynazarova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-A sinf o'quvchisi
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Nazm
Olis-olislardan imlashar tog'lar
Butun borliq bilan aytib "Nido"sin.
Qalamim quvonchdan gullaydi agar
Alqab yozsam shunday yurtning fidosin.
Farg'ona,
Dilbandlari erk-chun kurashgan zamin,
Bu kun bog'laringda hurlikning isi.
Hassos ko'ngillarni titratar hanuz
"Sharqiy qirg'oq"dagi aytilgan bir so'z.
"Tong nafasi" hamroh xuddi qalamday,
Endi o'tmishingdan kuyinma sira.
Axir Erkindayin "so'zning zargar"i
Har go'shangga bitdi minglagan misra.
"Ruhlar isyoni"ni o'qigan kishi
Qaytadan Vatan deb tug'ilar yonib.
"Muhabbat" dan gap ochsang agar
Oshiqlar suv ichar mehrdan qonib.
"Og'riqli savollar" shoir dardini
Qalbining qonidan yozadi bir-bir.
"Yurak va aql" ning beayov janggi
Necha ko'ngillarni titratar dir-dir.
U haqida yozsam ne-ne tog'lar ham
Qog'oz bo'lmoqlikka shaydirlar go'yo.
Tim qora osmonni siyoh qilsam gar
Yulduzlar so'ziga bo'lar mahliyo.
Firuza osmonday dilda bor orzu
Munosib shogirdi bo'lsam qaniydi.
Tog'larning ortidan muloyim boqib
Mangu yashar elning Erkin Vohidi.
✍ Boynazarova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-A sinf o'quvchisi
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|