#ryok_xorazm
#ona_tilim_faxrim_mening
#ishtirokchi_014
ҚАДРИНГ БАЛАНД БЎЛАВЕРСИН,
ЭЙ ОНА ТИЛИМ!
Тингласанг гар эрта саҳар булбул ноласин,
Ёқимли куй, овози-ла этади шайдо.
Англагайсан бир он тинглаб она алласин,
Гўзал тилим жозибаси ундан-да аъло.
Эшит, дўстим, жилғаларнинг майин садосин,
Шилдир-шилдир шўх сози-ла этар қалбинг ром.
Тингла, эй ёр, дилдан халқим назму навосин,
Она тилим каломидан оларсан ором.
Кошғарийни чўлу даштда қилдинг саргардон,
Бебаҳо дур, жавҳарларинг ақлин этмиш лол.
Навоийни дунёларга этдинг намоён,
Доно тилим, бебаҳосан, топма ҳеч завол.
Бутун денгиз дурларидан тизилган маржон,
Тенглашолмас сен яратган инжуларингга.
Алишмасман қанча бойлик бўлмасин, ишон,
Қалбга ором, дилга малҳам она тилимга.
Томиримда оқиб турган оби ҳаётсан,
Билсанг агар сен ғурурим, орим, нафасим,
Нурдай азиз, жонга Масиҳ бир дилдоримсан,
Қадринг баланд бўлаверсин, эй она тилим!
✍Муҳаббат Жуманиязова
Огаҳий ижод мактаби ўқитувчиси
🔸"Ona tilim - faxrim mening!" tanlovi uchun
☘@ryok_xorazm

#ishtirokchi_017
ONA TILIM
Begʻubor dil tarjimoni,
Donish-ilm, hikmat koni.
Yaratganning armugʻoni,
Ona tilim, ona tilim.
"Devon"lardan toshgan tilim,
Ne-ne dovon oshgan tilim.
Kamsitsalar-koʻksim tilim,
Ona tilim, ona tilim.
Jahon minbaridan yangrab,
Yurtboshimni dunyo tinglab.
Armon tuydik, tuydik sharaf,
Ona tilim, ona tilim.
Kelajakni yorit nurday,
Avlodlarga ganjing eltay.
Mahshargacha yangrab turgay,
Ona tilim, ona tilim!
✍Ogahiy ijod maktabi oʻqituvchisi Barno Yusupova.
🔸"Ona tilim- faxrim mening!" tanlovi uchun

Forwarded from Erudits School via @like
#ryok_xorazm
#ona_tilim_faxrim_mening
#ishtirokchi_031
Til -millat ko'zgusi!
Buyuk bobokalonimiz, she'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy " Til insonni hayvondan ajratib turuvchi gavhari sharifdir" degan edi. Ona tilini bilmagan odam o'zining shajarasini, ildizini bilmaydi.
Xar bir millat o'z hayoti davomida foydalanadigan tilini ona tili deb ataydi. Bunday atalishiga sabab farzandni tarbiyalab voyaga yetkazishda onaning òrni beqiyosdir. Go'dak bolalik tovushlarini, sòzlarni onasidan eshitgani bois har bir millatning tiliga ona tili deyiladi.
Qadimda ona tilimiz turkiy til deb atalgan. Ota- bobolarimiz asrlar davomida ona tilimizni asrab - avaylab kelganlar. Ona tilini mustahkamlash maqsadida e'tiborga loyiq ishlarni amalga oshirganlar. Jumladan A. Temur ham she'rlardan zavq olgan, baytlar bitgan Husayn Boyqaro va Zahiriddin Muhammad Bobur zamonasining sultonlarigina emas, tan olingan shoirlari ham. Har bir davrning o'z muammolari bo'lgani kabi XV asrlarda turkiy tilda ham muammolar yuzaga kela boshlagan. Xuroson va Movorounnahrda oson va qulay bo'lgan fors tilida she'rlar yozilgan. Chunki fors tili ishni osonlashtirgan. Fors tilida adabiyotlar yetarli darajada bòlgan. Turkiy tilda she'r yozadigan kishi esa bu tilda ham katta salmoqli adabiyot yaratilmagani uchun izlanmoģi, har bir so'z va ibora, ifoda ustida bosh qotirmoģi zarur bo'lgan. Turkiy tilning imkoniyatlarini ilmiy va amaliy ko'rsatmoq, millatning ģururi va sha'nini o'zining munosib o'rniga qo'shmoq sharafi va mas'uliyati Alisher Navoiy zimmasiga tushdi. Buyuk shoir
" Muhokamat ul- luģatayin" (Ikki til muhokamasi) nomli maxsus asar yozib, turk va fors tillarini qiyoslab ko'rsatdi. Rad etib bo'lmaydigan ilmiy dalillar bilan turk tilining bitmas- tuganmas imkoniyatlarini ko'rsatib berdi. Turkiy tilning so'zga boyligini, nafisligini ohangdorligini ko'plab misollar bilan namoyish qildi. Salkam yuz ming misrani tashkil etgan rang - barang she'riy ijodi , birinchi navbatda " Xazoyin ul- moniy" ( Ma'nolar xazinasi) deb atalgan to'rt devoni va " Xamsa" si bilan buni amalda isbot etdi. Yuksak san'at namunasi sifatida asrlar sinovidan o'tib kelgan bu asarlar XV asr turkiy xalqlari madaniyatining o'ziga xos qomusi edi.
Navoiy yozadi:
Turk nazmida chu men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam.
( Men turkiy she'r bayroģini baland ko'tarib, turkiy dunyoni yakdil va yaktil qildim).
Bu ishda Navoiyning zamondoshlaridan Husayn Boyqarodan katta madad oldi. Husayn Boyqaro turkiy tilda asarlar yozish haqida farmon ham chiqargani ma'lum. Bunday misralarni kòplab keltirish mumkin.
Navoiyning:
Agar bir qavm, gar yuz yo'qsa mingdur,
Muayyan turk ulusi xud meningdur.
Olib men taxti farmonimģa oson,
Cherik chekmay Xitoydin to Xuroson.
( Turk ulusi bir qavm bo'ladimi, yuz yoki ming qavm bo'ladimi - menikidir. Men Xitoydan Xurosongacha bo'lgan hududni askarsiz zabt etdim) degan satrlarida katta ma'no bor edi. Bunday misollarni va millatning millat bo'lishidagi birinchi xususiyati til ekanligini biz yoshlar doimo yodimizda saqlashimiz kerak.
✍Xorazm viloyati Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabining 6-sinf o‘quvchisi Ahmedjonova Shahrizoda

#ishtirokchi_039
🔹“O’zbek tili kambag’al emas, balki o’zbek tilini kambag’al deguvchilarning o’zi kambag’al. Ular o’z nodonliklarini o’zbek tiliga to’nkamasinlar”.
A. Qodiriy
ONA TILIM-FAXR-U IFTIXORIM
Til millatning ruhi, ma’naviy qiyofasi, or-nomusi, orzu-umidlari namunasidir. Ona tili – bu so’z shunchalar ulug’ki, uni har qancha ta’riflasak arziydi. Har qaysi millatning o’z Vatani, oilasi bo’lgani kabi jonajon, betakror tili ham bo’ladi. Inson yaralibdiki, uning o’z Vatani, onasi, oilasi qanchalik muqaddas bo’lsa, ona tili ham shunchalik ulug’dir. Ona tiliga muhabbat bu, avvalo, ona allasi bilan uning quloqlariga singadi. Ona allasi shunday ilohiy kuchga egaki, uni eshitgan har bir go’dakning yuragi junbushga keladi, qalbida hissiyotlar avj oladi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Til millatning ruhidir” deb bejizga ta’kidlamaganlar. Tilsiz jamiyat rivojlanmaydi, taraqqiy etmaydi. Suvsiz daryo bo’lmaganidek, tilsiz millat ham bo’lmaydi.
Ota – bobolarimiz qadimdan ona tilimizni asrab-avaylaganlar, uning rivojlanishiga munosib hissa qo’shganlar. Jumladan, buyuk mutafakkir, davlat arbobi, g’azal mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Lutfiy, Nodira , Ogahiy va boshqa o’zbek adabiyoti namoyandalari turkiy tilning o’lik tillar qatoridan joy olmasligi uchun butun umrini ijodga bag’ishlaganlar. Hozirgi kunda ham shoir-yozuvchilarimiz o’zbek tilining naqadar buyuk va boy til ekanligini namoyon qilib, ona tilimizning yanada yuksalishi uchun ijod qilmoqdalar.
Bugungi kunda jahon sport arenalarida o’zbek kurashining qoidalari sof o’zbek tilida “chala”, “yonbosh”, “halol” kabi so’zlarni baland ovozda yangrashini eshitgan inson o’z tili, o’z millatining, Vatanining so'zlarini eshitib g’ururlanishi bor gap. Ona tilini sevish, uni ardoqlash, vatanni sevish, uni qadrlashga teng hisoblanadi. Til – bu millat faxridir. Har qaysi inson o’z vatani bilan qanchalik faxrlansa, o’z ona tili bilan ham shunchalik faxrlanadi. Shunday ekan, ona tilini sevish, uni asrab -avaylash, so’z boyligini chuqurroq oshirish zarurdir. Men ham shu o’rinda, ona tilimizning kundan kun gurkirab, o’zining serjilo va purma’no hikmatlari bilan boyib borishi uchun qo’limdan kelguncha harakat qilaman. Zero, “Til yashasa, millat yashaydi”, deb buyuk allomalarimiz bejiz aytishmagan. Ona tilimiz bu millatimizning faxr-u iftihoridir.
✍Xayitboyeva Kumushoy
Ogahiy ijod maktabining 9-sinf òquvchisi

Audio
#Eng_yaxshi_audio_material
#ishtirokchi-23
Xorazm viloyati Xiva shahrida joylashgan Ogahiy ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Saparboyeva Ziyoda o‘qidi
Bizni kuzatishda davom eting 👇👇👇👇👇👇👇👇👇
RITYK_Andijon viloyati kengashi
@Iqtidorli_talabalar2021
Murojat uchun: @Iqtidorlilar_bot

#1_iyun
#Shèriyat_yònalishi
#Ishtirokchi_2
✍Saparbayeva Ziyoda
🏢Xorazm viloyati Xiva shahar Ogahiy ijod maktabining o‘quvchisi
Bolalik...
Soylarda tinimsiz chopib yurganim,
Erta yotib, ammo kechroq turganim,
Tuproqdan kattakon qasr qurganim,
O‘z haqingda menga aytaqol endi,
Seni sog‘inganman, qaytaqol, endi...
Tuproqdan shirinlik qilganlarim bor,
Yalangoyoq yo‘lda yurganlarim bor,
Sening iliq bag‘ring qo‘msayman takror,
Qaydasan, manziling aytaqol endi,
Judayam sog‘indim, qaytaqol endi.
Oyim chaqirganda o‘yinga qochdim,
O‘zimning dunyomdan dunyolar ochdim,
Quyosh bo‘lib balki so‘nmas nur sochdim,
Qachon kelishingni aytaqol endi,
Men seni sog‘indim, qaytaqol endi.
Singlim o‘yinchog‘in o‘ynab yurganim,
Akam mashinasin haydab surganim,
Sindirib g‘avg‘oga rosa qolganim,
Menga kel ertaging aytaqol endi,
Meni desang axir qaytaqol endi.
Qog‘oz kemalarni suvga suzdirdim,
Pishmagan mevani yig‘lab uzdirdim,
O‘yinchoqlarimni erta to‘zdirdim,
O‘yinchog‘imdan xat aytaqol endi,
Seni intiq kutdim, qaytaqol endi.
Qish kuni izg‘irin, sovuq bo‘lganda,
Muzqaymoq yeyman deb xarhasha qildim.
Oyim:"Shamollaysan, sovuq",-deganda,
"Pechkada qizdirib berasiz, derdim!!!"
Bolalik baxtini aytaqol endi,
Dunyodek sog‘indim, qaytaqol endi.
Oyim kiyim tikar men-chi, oldida,
Quvonardim taq-taq ovoz eshitib,
Kiyim egasi ham kelib qoldi-da!
Qirqib qo‘yibmanda bolalik qilib.
O‘sha damim esla, aytaqol endi,
Bolalik...Yonimga qaytaqol endi.
Bilaman oyimni sarson qilganman,
Toza kiyimlarim loyga urganman,
Behosdan oyimning ovozi kelsa,
Ko‘chamiz chetiga qochib yurganman.
Bolalik "siringni" aytaqol endi,
Men seni sog‘indim, qaytaqol endi.
Jo‘jalar boqardik o‘sha onlarim,
Ular jip-jiplashib yurishar o‘ynab,
Ketidan quvardim "jo‘jajonlarim",
Qisimlab olardim jonini qiynab,
Kel menga dardlaring aytaqol endi,
Meni sog‘insang gar qaytaqol endi.
Https://t.iss.one/serqirra_yoshlar_kanali

#Ishtirokchi_3
✍Ravshanbekova Gulmira
🏢Ogahiy ijod maktabi 9-sinf oʻquvchisi
BOLALIGIM
Kapalakning chiroyiga maftun bo’lib yurganlarim,
Uni tutib olish uchun yugurganim -yelganlarim.
Kapalakning shirin jonin goh azobga qo’yganlarim,
Senga to’yib olay shoshma, hayot nuri-bolaligim!
Qo’g’irchog’im sochin tarab, pardoz-andoz qilganlarim,
Goh devorga qalam tutib musavvirlik qilganlarim.
Goh yashirib, goh yashirmay muzqaymoqqa to’yganlarim,
Senga to’yib olay shoshma, dengiz duri- bolaligim!
Majnuntolning kokilidan, qirq o’rimlar o’rganlarim,
Oyoq yalang yer qo’ynida taftin sezib yurganlarim.
Ko’zga uyqu ilinmasdan multfilmlar ko’rganlarim,
Senga to’yib olay shoshma, baxt sururi- bolaligim!
Daraxtlarga ozor berib, barglarini uzganlarim,
Barglaridan kema yasab orzularda suzganlarim,
Loydan turli ovqat qilib, qayta - qayta buzganlarim,
Senga to’yib olay shoshma, qalbim qo’ri- bolaligim.
Opamga goh hasad qilib ko’zmunchog’in uzar edim,
Ramazonda qo’shiq aytib xo’rozqandlar yig’ar edim,
Ahvoli voy, qorboboning saqolini yular edim,
Senga to’yib olay shoshma dil shuuri- bolaligim!
Qo’limdan tut bolaligim, sayr etamiz bog’-rog’lami,
Qirmiz lola, atirgullar teray sen -la etak -etak.
Ayt, sen uchun nima qilay? Bir umrga qol yonimda,
Qolsang, buvim so’zlab berar bizga yana yangi ertak.
Bizning kanal:Https://t.iss.one/serqirra_yoshlar_kanali

#ishtirokchi_14
#Yangi_yil
🎄Nilufar Jumaboyeva
🏢 Xorazm viloyati Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabining 7-"A" sinf o'quvchisi
Hazil she'r
Kelib qopti yangi yil,
Sovg'adan quruq qolmang.
Gar qorbobo kelmasa,
Bittayam sovg'a olmang.
Keladimi qorbobo,
Buni kim bilar o'zi.
Axir va'da bergandi,
Qorbobolik chin so'zi.
Yangi yilni biz tomon,
Yuborgan ham qorbobo
Sovg'asi bo'la turib,
Bermagan ham qorbobo.
Nega bunday o'ylaysan,
Axir bobom Qorbobo.
Serquyosh tomon kelsa,
Erir, bo'lsa ham daho.
Umidingni uzma hech ,
Zamon rivojlanmoqda.
Google akaga yozsang,
Podarka ham bermoqda.
Qorbobo kelar albat,
Istagan sovg'ang berar
Eski yil ,,ketaman"- deb,
Bekorga xafa bo'lar.
Yangi yilda yangicha ,
Orzularga yetaylik.
Yarim tungacha bedor,
Qorboboni kutaylik.
Bir yosh ila ulg'aydik,
Qorboboga so'z aytmang.
Unga ishonmasangiz,
Undan hech sovg'a kutmang.
@Serqirra_yoshlar_kanali

Forwarded from ✿ Ijodkorlar Dunyosi ✿ via @like
#ishtirokchi_1
#Eng_yaxshi_she'r
#Men_sevgan_shoir
Ogahiy ijod maktabining 7-,,A"sinf o'quvchisi Nilufar Jumaboyeva
Ogahiy nihollari
Xiva yaqinida Qiyot qishloqda,
Shoir tug'ildi mirob oilada.
Yosh payti otasi vafot etganda,
Amakisi Munis qildi tarbiya.
Shoir-u tarjimon va tarixnavis,
Davlat va jamoat arbobi hamdir.
Sheʼriyati oʻzi cheksiz bir dunyo,
Tarix, tarjimalar bitta olamdir.
Ogahiyning asli she'riy merosi,
,,Ta'viz ul - oshiqin"-"oshiqqa tumor".
,,Gulshani davlat " va ,,Shohidi iqbol",
Go'yoki tarixlar qaymog'i misol.
Nizomiy Ganjaviy ,,Haft paykari".
Abdurahmon Jomiy ,,Yusuf Zulayho",
Badriddin Hiloliy ,, Shoh ila gado".
Ogahiy tilida boʻldi tarjima.
Izlarin koʻzga surib, ishlarin
Davom qildiramiz, albatta,
Ogahiy maktabim nihollarimiz,
Dovrugʻimiz yetar yuksakka.
✍ Ogahiy ijod maktabi 7- sinf o'quvchisi Jumaboyeva Nilufar

#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#Ishtirokchi
Ro'zmatova Mohinur 2008-yil 11-iyul sanasida Xorazm viloyati Urganch tumanida tavallud topgan. Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi.
➖2021-yil "Besh tashabbus besh imkoniyat" tanlovi 1-o'rinni egallagan.
➖2021-yil "O'zbekiston davlat bayrog'ining qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan
"Eng yaxshi videorolik" tanlovida 2-o'ringa munosib ko‘rilgan.
➖2022-yil "Ogahiy izdoshlari" jamoa to'plamida she'rlari nashrdan chiqqan.
➖2023- yil "Qushlarni asraylik" tanlovida 1-o'rinni egallagan.
➖2023-yil "Xiva tongi" gazetasining 12-sonida "Baxtlar" she'ri chop etildi.
2023-yil "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasining 48-49-sonida "Qo'rqaman ona" nomli she'ri chop etilgan.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram

Nigina Rustamboyeva - 2009-yil 18-noyabr kuni Xorazm viloyati Bog'ot tumanida tavallud topgan. Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A"sinf o'quvchisi.
- 2021-yilda "Olam aro buyugim" nomli ilk kitobi nashrdan chiqqan.
- 2023-yilda "Kabutarlar parvozi" nomli ikkinchi kitobi chop etilgan.
- Shu paytgacha "G'unchalar", "Qaldirg'ochlar qo'shig'i" to'plamlarida o'z she'rlari nashr qilingan.
- 2023-yil "Ezgu so'z" adabiy-badiiy gazetasida she'ri chop qilingan.
- 2023-yil "Vatan taraqqiyotiga mening hissan" tanlovining viloyat bosqichi ishtirokchisi.
- 2023- yil Yoshlar ishlari agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan "Kamalak yulduzlari" bolalar ijodiy festivali tanlovining viloyat bosqichida "Nazm" yo'nalishida 1-o'rinni egallagan.
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram

Baxtiyorova Nargiza - 2009-yil 20-noyabr kuni Xorazm viloyati Yangibozor tumanida tavallud topgan. Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi.
-2021- yil MY5 telekanali tomonidan tashkillashtirilgan "Yosh jurnalistlar" maktabi 1-mavsum bitiruvchisi .
-2022-yil "Tuman hokimi sovg‘asi" sovrindori.
-2023-yil "Gulg‘unchalar", "Muvaffaqiyat darvozasida" jamoaviy to'plamlarida va chet tillariga she'rlari tarjima qilinib Rossiya, Amerika antalogiyalarida chop qilingan.
-2023-yil "Yosh kitobxon" tanlovining viloyat bosqichi ishtirokchisi
2023-yil Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkillashtirilgan "Kelajak yoshlar" onlayn forumi qatnashchisi.
2023-yil Ko‘plab xalqaro onlayn seminarlarda qatnashib, sertifikatlarni qo‘lga kititgan.

Kuziboyeva Shohruza - 2009-yil 5-noyabr kuni Xorazm viloyati Xiva shahrida tavallud topgan. Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf oʻquvchisi.
- 2022-yil "Linguist" chet tillari olimpiadasida qatnashib sertifikatni qoʻlga kiritgan.
- 2023-yil "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" tanlovida qatnashgan.