Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.7K photos
2.46K videos
311 files
7.65K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
October 19, 2023
#OAV_mehmonimiz
#ona_tilim_faxrim

"TONG YULDUZI" GAZETASI OGAHIY IJOD MAKTABIDA AZIZ MEHMON BO‘LDI

🔰 21-oktabr O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun! Bu yil ushbu bayram “O’zbek tili – milliy o’zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida o‘tkazilmoqda.

🔹Joriy yilning 19-oktabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabiga bayram munosabati bilan Respublikamizdagi nufuzli bolalar va o‘smirlar gazetasi hisoblangan "Tong yulduzi" gazetasi bosh muharriri Feruza Odilova, bosh muharrir oʻrinbosari Nurbek Xidiraliyev va boʻlim muharriri Nodira Nazarovalar tashrif buyurdilar.

🔸Mehmonlar maktab faoliyati bilan tanishgandan so'ng, kutubxonada bir guruh o'quvchi ijodkor yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️ “Tong yulduzi” gazetasi muhariri Feruza Odilova soʻzga chiqib, maktabda ijodkor oʻquvchilar koʻpligi, ularni ijodlari gazeta sahifalarida tez-tez chop qilinib borilayotganligini mamnuniyat bilan gapirib o‘tdi.

🌠 Gazetaning bo'lim muharriri Nodira Nazarova ijodkor oʻquvchilar yuborgan sheʼr, hikoya va maqolalarini telegram tarmog'i orqali qabul qilish yo'lga qo'yilgani haqida ma'lumot berib o'tdi.

🟤 Shundan so‘ng oʻquvchilar oʻz ijod namunalarini mehmonlarga oʻqib berdilar.

📌 Tadbirda tahririyat tomonidan kutubxonaga “Tong yulduzi” gazetalar toʻplami hadya qilindi. Maktab direktori Sarvar Abdullayev o'z navbatida mehmonlarga ijodkor oʻquvchilarimiz ijodi nashr qilingan "Ogahiy izdoshlari" jamoa toʻplamlaridan va otasi xotirasiga bagʻishlab yozgan “Tushday kechgan umrlar, yohud hayot kitobining ba'zi varaqlari” kitobini hamda maktab logotipi bilan tayyorlangan sovgʻalarni topshirdi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
October 19, 2023
Forwarded from Xorun Muso
October 19, 2023
Forwarded from Xorun Muso
October 19, 2023
October 19, 2023
October 20, 2023
October 20, 2023
October 20, 2023
#ona_tilim_faxrim
#bayramona_tadbir

"QADRING BALAND BO‘LSIN,
ONA TILIM" NOMLI TADBIR O‘TKAZILDI

📍21-oktabr–O‘zbek tili bayrami munosabati bilan "Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida Ogahiy nomidagi ijod maktabi "Iste'dodlar markazi"da joriy yilning 20-oktabr kuni "Qadring baland bo‘lsin,
ona tilim!" nomli bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbir avvalida filologiya fanlari nomzodi, ogahiyshunos olima tajribali pedagog Madina Matyoqubova o‘zining bayram munosabati bilan tayyorlagan ilmiy chiqishlarini taqdim qildi.

❇️ Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, shoir Rahimboy Karimov, shoir Otabek Ismoilov, Xiva shahar madaniyat markazi xodimi Otaxon Madrahimovlar o‘z tabriklarini bildirib, ijod namunalaridan o'qidilar va tadbirga o'zgacha fayz kiritdilar.

💠 Shundan so‘ng o‘quvchilar tomonidan teatrlashtirilgan sahna chiqishlari, musiqiy raqslar va o‘z ijodidan loyihaviy chiqishlar kolleksiyasi namoyish etildi.


🎫 Tadbir yakunida bayram munosabati bilan ijod maktabi o'quvchilari o'rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari maktab direktori Sarvar Abdullayev va mehmonlar tomonidan alohida e'tirof qilinib, ular diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

🔻 Bayramona tadbir hammada o‘zgacha ataassurotlarga boy tarzda o‘tdi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
October 20, 2023
October 20, 2023