Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.7K photos
2.46K videos
311 files
7.65K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Ochiq_dars

🗓 17-may sanasida "Ochiq darslar kuni" munosabati bilan 8-"A" sinfda ona tili fanidan "Takrorlash" mavzusida ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi.
"Alisa - mo'jizalar mamlakatida" asari voqealari asosiga qurilgan ertak-
dars mashg'ulotini olib borishda ona tili fani o'qituvchisi M.Shixovaga 8-"A"sinf o'quvchilari N.Olimboyeva va N.Saparboyevalar assistentlik qilishdi.

➡️ Dars mashg'uloti uchun tanlangan "Tanish tinish belgilar", "Xatolarsiz matn", "Kinotaym", "Qadrdon undalmalar" shartlari orqali o'quvchilarning o'quv yili davomida o'rgangan bilimlari sinovdan o'tkazildi.

❇️ Ayniqsa, umidli she'riyat ixlosmandi N.Rustamboyeva tomonidan yozilgan "Ona tilini o'qimagan Ali" haqidagi she'r o'quvchilar va kuzatuvchilar e'tirofiga sazovor bo'ldi.
Dars mashg'ulotini o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari N.Abdullayev va oliy toifali ona tili fani o'qituvchisi Z.Atayevalar kuzatib borishdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Ochiq_dars

🔰 Joriy yilning 17-may kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Ochiq darslar kuni"  doirasida kimyo fani o'qituvchisi Zebo Matyaqubova tomonidan 9-"B" sinfda "Davriy qonun va davriy sistemaning ahamiyati" mavzusida ochiq dars boʻlib oʻtdi.

♻️ Darsda  "Oʻyla, izla, top", "BBB", "Aqliy hujum", "Taqqoslash" kabi interfaol metodlardan maqsadli foydalanildi.

Darsda "O'quvchi almashish" dasturi bo'yicha ijod maktabimizda tahsil olayotgan Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ham faol qatnashdilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Ochiq_dars

🔰 Joriy yilning 17-may kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Ochiq darslar kuni"  doirasida 11-"B" sinfda adabiyot fanidan Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabidan tashrif buyurgan oʻqituvchi Vohidova Rohila tomonidan "Takrorlash" mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

♻️ Dars guruhlararo musobaqa tarzida boʻlib oʻtdi.

🔸Darsda "She'r qofiyasini toping", "She'r san'atini toping", "Rasmlarga mos asar yozish", "Qisqa savol-javob" kabi metodlardan foydalaniladi.

Dars namunali boʻlib oʻtdi. O'qituvchi mahorati va o'quvchilar faolligi darsdan ko'zlangan maqsadga erishishga zamin yaratdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Ochiq_dars

🔰 Joriy yilning 17-may sanasida Ogahiy ijod maktabida "Ochiq darslar kuni" munosabati bilan 9-"B" sinfida "Maqsadlar qoʻyish psixologiyasi" mavzusida ochiq maʼnaviyat soati oʻtlazildi.

♻️ Sinf rahbari Barno Yusupova tomonidan oʻtkazilgan darsda yoshlarga maqsad qoʻyishning psixologik asoslari koʻrgazmali tarzda tushuntirib berildi.

💢 "Boʻsh idish", "Baxtingni tutub ol" kabi usullaridan foydalanildi. Oʻquvchilar tomonidan mavzu yuzasidan slayd taqdim qilindi. Maqsadlarga erishish uchun rejalar tuzildi.

Dars soʻngida oʻquvchilar va ustozlar maqsadlar yozilgan baxt stikerlarini ramziy "Baxt doska"siga yopishtirdilar.

🔷 Darsni maktab direktori Sarvar Abdullayev, Isʼhoqxon Ibrat ijod maktabi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi  Rohilaxon Vohidova, Erkin Vohidov ijod maktabinning rus tili fani oʻqituvchisi  Zuhraxon Soliyevalar kuzatdilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Ochiq_dars

🔰 Joriy yilning 17-may sanasi Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Ochiq darslar kuni" munosabati bilan ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Karimova Hafiza 9-"A" sinfda adabiyot fanidan "Soʻz jilosi" mavzusida ochiq dars mashgʻuloti oʻtdi.

♻️ Darsda oʻqituvchi turli qiziqarli metodlardan foydalandi. Jumladan, "Ibora sharhi", "Aqliy hujum", " Moslashtiring", "Bir bayt sharhi" kabi  metodlar oʻquvchilarni yanada  faollikka chorladi.

📍 Dars juda qiziqarli, bahs-munozaralarga boy tarzda oʻtdi.

Darsda "O'quvchi almashish" dasturi bo'yicha ijod maktabimizda tahsil olgan Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ham faol qatnashdilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#ochiq_dars
#jarayon

💠 Oktabr oyining 16-sanasida Ogahiy ijod maktabining tarbiyachi-pedagoglar boshchiligida 10-11-sinf o'quvchilari bilan "Korrupsiyaning jamiyat uchun salbiy ta'siri" mavzusida
ochiq dars mashg'uloti bo'lib o'tdi.

➡️ Bunda o'quvchilar korrupsiyaning jamiyatga ta'siri haqida suhbatlashishdi. Mulohazalar orqali bu illatning qay darajada salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar haqida ma'lumotga ega bo‘ldilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#ochiq_dars
#jarayon

🗓 Joriy yilning 18-oktabr kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinfida adabiyot fanidan ochiq dars mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

"Tarix tilga kirganda" mavzusidagi loyiha ishlari taqdimotiga bagʻishlangan ushbu
dars mashgʻulotida oʻquvchilar adabiyotmiz tarixining nodir asarlarini tahlil qilishdi. Dars juda qiziqarli boʻldi. Darsni ijod maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Karimova Hafiza olib bordi.

📸 Jarayondan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#ochiq_dars
#jarayon

🔘 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligi munosabati bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabida ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Barno Yusupova tomonidan adabiyot fani 9-"B" sinfiga "Richard Bax ijodi" mavzusida
ochiq dars o‘tkazildi.

🔻Darsda "Bulutlar va quyosh", "Ikki tomonlama kundalik", "BBB", "Xotira mashqi" metodlari orqali adib ijodi bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, "Kim tezkor" oʻyini oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi. Guruhlar oʻrtasidagi bilimlar bellashuvida doʻstlik gʻalaba qozondi.

Dars jarayonini ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari Z.Atayeva va Sh.Jumaniyozovalar kuzatib borishdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#ochiq_dars

📍Ogahiy ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Atayeva Zamira tomonidan
ochiq dars tashkillashtirildi.

💠 9-"A" sinfida ona tili fanidan o'tkazilgan ushbu darsda chorak davomida o'rganilgan mavzular qiziqarli topshiriqlar orqali mustahkamlandi. Bog‘langan qo‘shma gap turlari yuzasidan o'tkazilgan "Kahoot" o'yini o‘quvchilarda fanga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

✴️ Darsni ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, MFBDO‘ v.v.b. Shixova Muqaddas tahlil qilib bordi. Dars barchada yaxshi taassurot qoldirdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌