Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.54K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Yoshlar_forumi

⚡️PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI DIREKTORI HILOLA UMAROVANING YOSHLAR FORUMIDAGI OCHIQ MULOQOTDAN FIKRLARI

▶️ Inson faoliyati yo'nalishi istalgan vaqtda o'zgarishi mumkin. Bunga men o'zim misol. Sizlarga ham ko'nglingiz buyurgan sohada bo'ling, deyman.

▶️ Qizlarning ta’lim olishiga alohida e’tibor qaratish shart. Chunki, qizlar bilimli bo‘lsa, ular kelajak avlodni ham bilimli qilib tarbiyalaydi.

▶️Bolaning qayerda o‘qiyotgani, uning ijtimoiy kelib chiqishi umuman ahamiyatga ega emas. Uning iste’dodi muhim. Ota-ona farzandining bilim olishiga e’tibor qaratsa, u bilan shug‘ullansa – bola albatta ilmga qiziqadi, muvaffaqiyatga erishadi.

🔰Taqdimot yakunida qizg'in fikr-mulohazalarga boy bo'lib, yoshlar o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollarga javob olishdi.

👉Savollarga javoblarni saytimizda o'qing.
#YOSHLAR_FORUMI

⚡️ Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahrida bo'lib o'tayotgan «O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021» doirasidagi tadbirlarda Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi Saparboyeva Ziyoda va 9-"A" sinf o'quvchisi Bahodirova Mushtariybonular ishtirok etdilar. O'quvchilarimiz forumda o'z takliflari bilan faollik ko'rsatdilar va sertifikatlarni qo'lga kiritdilar.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Yoshlar_forumi

〽️ Xabaringiz bor "O'zbekiston yoshlari forumi - 2021" viloyatimizning barcha tuman shaharlarida bo'lib o'tmoqda. Xiva shahridagi "Farovon" mehmonxonasida forumning taqdirlashlash va gala konsert tadbiri bo'lib o'tdi.
Unda Xiva shahar hokimi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig'i, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi va shaharning barcha sektor rahbarlari, shahardagi ta'lim muassasalari yoshlari hamda Ogahiy nomidagi ijod maktabi ustozlari va o'quvchilari ishtirok etdilar.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Yoshlar_siyosati_bòyicha_tadbir

9-fevral kuni Xiva shahridagi 56-son maktab-internatida Xiva shahar hokimligi hamda mahalla yoshlar yetakchilari tomonidan mahallalarda yoshlar bilan ishlash doirasida tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda Ogahiy ijod maktabining òquvchilari Matyoqubova Sevinchoy, Ibragimova Farangiz, Azimboyeva Madinabonular ham faol ishtirok etib o'z iqtidorlarini namoyish etdilar va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#yoshlar

Quyosh

Shirin tushlar ko'rib uyg'onar tonglar,
Bag'riga hovurni yashirib jim-jim.
Shafaqgun nigohin ko'tarib asta,
Uzoqdan ko'rinar sarg'ish allakim.

To'lqinlanib borar daydi shamollar,
Tumanlashib borar oldimdagi yo'l.
Tutashni boshladi ichikkan kabi,
Moviy ro'molini o'rab olgan ko'l.

Ko'zlarin yoshladi maysalar qat-qat,
Dardlarin to'kdilar sokin yo'llarga.
Xo'mrayib kuylaydi sayron bulbul ham,
Qaramay ketyapman o'ngu-so'llarga.

Chekinmay boraman ortga qaramay,
Tumanlar yo'llarim to'solmaydi ham.
Uzoqdan ko'rinsa sarg'ish allakim,
Na bir dard yengar,
yengar
na bir g'am...

: Xursandbek Yusuf

@navqiron_gujumlar
#yoshlar

Чорлама

Чорлама, мен энди бора олмасман!
Қайта қовушолмос ошуфта диллар.
Сенинг қанотингни еллар қайирган,
Менинг қанотимни қайирди йиллар.

Чорлама, мен энди бора олмасман!
Тутиб қололмадим умр тизгинин.
Наҳот, қабул қилмоқ фурсати етди,
Унсиз юракларнинг берган таскинин?

Чорлама, мен энди бора олмасман!
Муҳаббат олдида юзим қорадир.
Умидлардан умид узмоқлик керак,
Бизга чорасизлик сўнгги чорадир.

Чорлама, мен энди бора олмасман!
Сенга тушмас, ҳатто, бошқа кўз қирим.
Мени чорламоқлик қисматинг экан,
Афсус, боролмаслик менинг тақдирим.

Чорлама, мен энди бора олмасман!
Уринсам жонимни бериб жабборга.
Ерга сочиламан хазонлар каби,
Нетай, қайтолмайман бошқа баҳорга.

Чорлама, мен энди бора олмасман!
Узилган жонимни узма қайтадан.
Сен қувсанг-ку қайтиб келардим аммо,
Мени ҳузурингдан худо ҳайдаган.

Чорлама, мен энди бора олмасман!..


Муйиба Отамуратова

@navqiron_gujumlar
#yoshlar

***

Men seni sevmayman – shu gapga ishon
Va iliq kaftingni ko'kragimga bos
Agarda qalbingga botmasa tikan,
Agarda sezmasang zarra ham titroq,
Agar mavj urmasa hislar dilingda
O‘lib bo‘lganim bu – tuyg‘ular uvol
Haqi qolmagani qalbimni senda...
U holda sevganim zavoldan zavol!
Senda so‘nib bo‘lgan tuyg'u otashi
Menda olovlarning bo‘lmog'i bekor.
Sevgi puch narsada uyg'onmas sira,
Bargday uzilmoqdan yo‘q o‘zga chora.
Men seni sevmayman! Shu gapga ishon...

Jumanazar Yo'ldosh

@navqiron_gujumlar
#yoshlar

Asrga tatigulik kun

Kapalak umridek inson taqdiri
Asrga tatigan kunlarga tengdir.
Chingiz "Qiyomat"i,"Bo'ron bekat"da
Qirg'iz, o'zbek, qozoq tasviri kengdir.

Kunning kunduzidir Sario'zak cho'li
Bo'ronli temiryo'l kunduzning tuni
Zaminin yelkada tutgan Edigey
Qalban mehnatkashdir anglagan shuni.

Kazangap vafoti asar boshidir
Oqilga joy yo'qdir qozoq cho'lida
Ona Bayit tafti o'psin jasadim
Aytadi tilida, tuproq qo'lida.

Jabrdiyda Nayman ona mas'umdir
Edigey sobitdir, Sobitjon manqurt.
Qirg'iz raqiblari jungjang urug'i
Qildi qon, fojia azobda el-yurt.

Asos soldi qonli Ona Bayitga.
Farzandin qo'lida jon bergan ona.
Tuyaning terisin kiygan Jo'lamon
Tobedir jungjangga, xor vaxshiyona.

Edil daryosida g'arq bo'ldi dushman
Ne ne azob chekdi inson nafasi
Asli hayot qiynar, majburlab mahkum
Har yuz yil tortadi manqurt qafasi.

Dilnura Rahmonova

@navqiron_gujumlar
#yoshlar_kuni

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston yoshlariga bayram tabrigi yo‘llab, faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotladi.

"Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxatida Agentligimiz tizimidagi Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Karimov Javohir Abdukarim o‘g‘lining ham borligi barchamizni quvontirdi.

O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yoshlar_kuni
#mukofot_muborak

Yorqin lahzalar🤩🤩🤩

🎖Mukofot muborak Javohir Karimov.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Iliqqina_tortiq
#Yoshlar_toʻplami

📚 "XORAZM" NASHRIYOTI TOMONIDAN YOSH IJODKORLAR TO‘PLAMI CHOP ETILDI

➡️ Vohamizdagi bir guruh yosh ijodkorlarni iste'dodini namoyish qilish maqsadida "Xorazm" nashriyoti tomonidan "Muvaffaqiyat darvozasida" nomli jamoa to‘plami nashr qilindi.


📄 Unda bizning Ogahiy nomidagi ijod maktabining 4 nafar o‘quvchisi Begmatova Dilnura, Yo‘ldosheva Dilrabo, Nurmamatova Oygul, Baxtiyorova Nargizalarning she'r va hikoyalari o‘rin olgan.

👏 O‘quvchilarimizni yangi to‘plam bilan qutlab, ularga ijodiy zafarlar tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Iliqqina_tortiq
#Yoshlar_toʻplami

📚 "IJODGA OSHUFTA DILLAR" YOSH IJODKORLAR JAMOA TO‘PLAMI CHOP ETILDI


➡️ Vohamizdagi bir guruh yosh ijodkorlarni iste'dodini namoyish qilish maqsadida "Xorazm" nashriyoti tomonidan "Ijodga oshufta dillar" nomli antalogiya nashr qilindi. Joriy yilning 4-noyabr sanasida Toshkent shahrida ushbu to‘plamning taqdimoti o‘tkazildi.

📄 Unda bizning Ogahiy nomidagi ijod maktabiga ushbu o'quv yilidan qabul qilingan 7-"A" sinf o‘quvchisi Maqsudova Anoraning she'rlari ham o‘rin olgan. O‘quvchimizning Ogahiy nomidagi ijod maktabida o'qishi davridagi ushbu dastlabki salmoqli yutuqi navbatdagi ijodiy muvaffaqiyatlariga zamin yaratishiga ishonamiz
.

👏 O‘quvchimizni, ustozlarini va ota-onasini yangi antalogiya bilan qutlab, ijodiy zafarlar tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Iliqqina_tortiq
#Yoshlar_toʻplami

➡️ Iste'dodli yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Xorazm" nashriyoti tomonidan "Muvaffaqiyat darvozasida" nomli 2-kitob xalqaro ijodiy almanaxi nashr qilindi.


📄 Unda bizning Ogahiy nomidagi ijod maktabi 7-"A" sinf o‘quvchisi Qodirberganova Madinaning ekologiya mavzusidagi maqolasi ham o‘rin olgan.

👏 O‘quvchimizga ijodiy zafarlar tilaymiz.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Qonunchilik_yangiliklari
#yoshlar_uchun_imkoniyat

⚡️Ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 17-fevraldagi qarori qabul qilindi.

📝 Hujjatga ko‘ra, 1-martdan boshlab:

📶 Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ushbu sertifikatlarni olish uchun sarf qilgan xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.

Shuningdek, ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlarini to‘liq qoplab berish belgilandi.

❗️Endilikda yoshlar xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish haqidagi arizalarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) elektron tarzda yuborishlari mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_ziyo_maskani
#Dastur_ijrosi_amalda
#Oʻquvchi_almashish

⚡️ Ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Oʻquvchi almashish" dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

🏛📚 Dasturi doirasida Xorazm viloyatidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi hamda Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchilari Yoshlar Ziyo maskani” Namangan viloyat kutubxonasiga hamda ushbu maskanga qarashli "IT-PARK"ga sayohat qilishdi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM