Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.49K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#oʻquvchi_almashish_dasturi

🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


⚡️Ijod maktabimizning 9-sinf o'quvchilari hamda ijod maktablari o'rtasida o'quvchilar almashinuvi dasturi doirasida tashrif buyurgan Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchilari ishtirokida Mirzaobod tumani  532 SCHR  batalyoniga tashrif uyushtirildi.

💫Ushbu tashrif davomida o'quvchilar harbiylarning yashash sharoitlari, o'quv-amaliy mashg'ulot jarayonlari hamda harbiy texnika vositalari bilan yaqindan tanishish barobarida o'zaro fikr almashdilar va o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Shuningdek, o'quvchilar tomonidan yangragan vatanparvarlik, fidoiylik, qolaversa, harbiylar va ularning Vatan oldidagi xizmatlari to'g'risidagi she'r va qo'shiqlari barchada o'zgacha taassurot qoldirdi.

🎯Bizni kuzatishda davom eting!   

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#oʻquvchi_almashish_dasturi

➡️ Xabaringiz bor, ijod maktablari o'rtasida "O'quvchi
almashish" dasturi doirasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o'zaro o'quvchi almashdilar.

🔻 Ushbu dastur doirasida o'quvchilar Ogahiy nomidagi ijod maktabidagi dars jarayonlarida faol ishtirok etish bilan birga, Ko‘hna vohamiz tarixi, madaniyati bilan yaqindan tanishdilar, muqaddas qadamjolar, faxrimiz, betakror "Ichanqal'a" majmuasiga, Urganch shahridagi o‘ziga xos beqiyos manzilgohga aylangan "Jaloladdin Manguberdi" maydoni, "Yoshlar kutubxonasi"ga sayohatlar orqali ko‘plab ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.

🏷 Bugun mehmon ustoz va o‘quvchilarimiz o‘z tuproqdoshlari sirdaryoliklar tomon yo‘l olmoqdalar. "O‘quvchi
almashish" dasturi o‘z ko‘zlagan maqsadini to‘la oqladi. Biz bir olam taassurotlar bilan qaytmoqdamiz."-deydi sirdaryolik o‘qituvchi Yulduz Pardayeva.

🛣 Mehmonlarimizga oq yo‘l tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Oʻquvchi_almashish_dasturi
#Ogahiy_ijod_maktabi

🔰Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o'rtasida “O'quvchi almashish dasturi” yo'lga qo'yilgan.

🔸 Shu munosabat bilan bugun, may oyining 11- sanasida Urganch shahri vokzalidan Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Jumaniyazova Muhabbat boshchiligidagi 10 nafar 9-sinf o'quvchilarimiz Namangan shahridagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi, rus tili fani o'qituvchisi Qarriyeva Sohiba rahbarligidagi 10 nafar 8-sinf o'quvchilarimiz Marg'ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga kuzatib qo'yildi.

➡️ "Dastur" sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, o'quvchilarni sifatli ta’lim olishlariga keng imkoniyatlar yaratish, hududlardagi tarixiy yodgorliklar bilan yaqindan tanishtirish, ijod maktablarining ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirishga xizmat qiladi. 

🔹 Ustozlar va dilbandlarimizga oq yo‘l tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Oʻquvchi_almashish_dasturi
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Iśhoqxon_Ibrat_ijod_maktabi

🔰Xabar qilganimizdek, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o'rtasida “O'quvchi almashish dasturi” doirasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10 nafar 9-sinf o'quvchilari Namangan shahridagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi, 10 nafar 8-sinf o'quvchilarimiz Marg'ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga yo'l olgandilar.

➡️ Dilbandlarimiz ustozlari boshchiligida salomat va xushkayfiyatda bugun manzillarga yetib bordilar.

🔹 Suratlarda Namangan shahriga yetib borgan Ogahiy nomidagi ijod maktabi 9-sinf o'quvchilari ustozi Muhabbat Jumaniyazova bilan.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Oʻquvchi_almashish_dasturi
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Iśhoqxon_Ibrat_ijod_maktabi

🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o'rtasida “O'quvchi almashish dasturi” doirasida Namangan viloyati To'raqo'rg'on shahridagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-sinf o'quvchilari bugun Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan yuqori kayfiyatda kutib olindilar.

➡️  Bir hafta davomiida Ogahiy nomidagi ijod maktabida tahsil oladigan o'quvchilar maktab sharoitlari, Ogahiy uy muzeyi bilan tanishdilar, maktabimiz amfiteatrida mushoira o'tkazdilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Oʻquvchi_almashish_dasturi

🤩Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida o'zaro sog'lom raqobatni shakllantirish, o'quvchilarning ijodiy va ilmiy faoliyatini yanada takomillashtirish, hududlardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy an'analar, etnografik va folklor namunalari bilan yaqindan tanishish maqsadida “O'quvchi almashish dasturi” yo'lga qo'yilgan.

Shu munosabat bilan Halima Xudoyberdiyeva hamda Ogahiy nomidagi ijod maktablarining 8-9-sinflaridan jami 20 nafar o'quvchi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga yetib kelishdi va jarayonlarda faol ishtirok etishmoqda.

🗣Bundan tashqari, yuqoridagi maktablardan tashrif buyurgan 2 nafar pedagog xodim jadval bo'yicha dars mashg'ulotlari olib bormoqdalar.

🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dastur_ijrosi_amalda
#Oʻquvchi_almashish

⚡️ Ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Oʻquvchi almashish" dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

Ushbu haftada:
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida;

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida;

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida;

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida;

Ogahiy nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida;

Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari esa Ogahiy nomidagi ijod maktabida dastur doirasidagi dars va darsdan tashqari mashgʻulotlarda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Oʻquvchi_almashish_dasturi

🤩Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida bir-birlari bilan yaqindan tanishish va bilim, tajriba
almashish maqsadida “O'quvchi almashish dasturi” yo'lga qo'yilgan.

Shu munosabat bilan 14-may kuni Ogahiy va Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 20 nafar o'quvchilari Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga yetib kelishdi hamda o'quv jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda.

🗣Dars jarayonlaridan so‘ng, o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida ijod maktabi psixologi Mahmudjon Akbarov moslashuv trening mashg'ulotini o‘tkazdi.

💬Mashg'ulotda nazariy ma’lumotlar amaliy mashqlar orqali mustahkamlandi, o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.


🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈