Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.53K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Rassomchilik
#2_kun

🌠: Amatova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi‌‌



Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nazm
#2_kun

Muhlisa Boynazarova:

Yaxshiyam tun borki, bo'lmoq-chun yolg'iz,
Oy birla suhbatlar qurmog'ing uchun.
Go'yoki, dardlarim tinglab hilol ham
G'amlardan dili-yu yuzi dog' bu kun


Jahongir Sherzod o'g'li:

Yaxshiyam kunduz bor kulmoqlik uchun,
Savob qilmoq uchun, qoqilmoq uchun.
Quyosh zarda bilan sochar nurin lek
Barisi oy qadrin bildirmoq uchun.

: Baxtiyorov Jahongir
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi‌‌

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#2_kun

Sabr
(Hayotiy hikoya)


Bahor quyoshini ko'rgan odamning yuziga beixtiyor tabassum yuguradi. Majnuntollar kelinchakdek asta ta'zim qilgancha yo'lda ketayotgan odamlarga, quyoshga, tabiatga salomini ayamay bermoqda.
Yo'lda ketarkan, Nasibaning ko'ziga ham majnuntol kelinchakdek ko'rindi. Xayollari uni har tomonga tortib ketdi. Shu zaylda uyiga qanday yetib kelganini anglolmay qoldi. Eshikdan kirgan zahoti onasi uni qarshiladi. On asi qiziga nimanidir aytishga shaylanar, tinmasdan u yoqdan bu yoqqa tipirchilardi. Oxiri gap boshladi:
- Bugun xolavachchang Azizdan sovchi keldi. O'zimiz taniydigan bola, nima bo'lsa ham, fe'l-atvorini tushunganmiz. Shunga biz rozilik berdik. To'y kunini ham belgilab qo'ydik.
Bu so'zlarni eshitgan Nasiba garangsib qoldi. Onasiga bir so'z ham aytolmadi. Aytolmaydi ham. Aytsa, onasining fikriga qarshi borgan bo'ladi. Aytmasa, hali yosh, uning ham orzulari bor. Ular nima bo'ladi?
- Qizim, o'ylab javobingni aytarsan, - deya onasi ko'chaga chiqib ketdi.
Nasiba ko'p o'yladi. O'ylab-o'ylab, o'yiga yetolmay qoldi. Va oxiri, ota-onam menga yomon odamni ravo ko'rishmaydi, degan fikr bilan onasiga roziligini bildirdi.
Vaqt uchar qush misol o'tib ketdi. Nasiba va Azizning to'yi ham o'tdi. Hattoki ularning ikki farzandi ham bo'ldi. Biri o'g'il, biri qiz. O'g'li, Rahmon, oqil yigit bo'lib o'sa boshladi. Qizi Dilobar ham oqila bo'ldi, lekin Xudo uni nuqsonli qilib yaratgandi. U hissiyotlarini boshqalarga bildirish qobiliyati - gapirish qobiliyatidan mahrum edi... Ammo farzandlari o'sib yurgan vaqtlarida ota-onasi orasida qandaydir qora mushuk o'tdi. Aziz kun sayin ichkilikka mukkasidan ketar, har kun Nasibani uyga kelgandan so'ng jerkib berar, unga qo'l ko'taradigan bo'lib qoldi.
Bir kuni juda qattiq urishishdi. Aziz tinmasdan qichqirar, Nasiba ham nima aybi borligini anglolmasdan yig'lardi. O'sha kuni Dilobar, hali endi 5 yoshga to'lgan kichkina qizcha, ota-onasining bu urushiga guvoh bo'lib qoldi. Nasiba va Aziz farzandlari bor-yo'qligiga ham e'tibor berishmasdan janjallashishda davom etishardi. Dilobar ota-onasining bu urushini ko'rib, men tufayli janjallashishyapti, degan xayol bilan yig'lab yubordi. Qizcha unsiz yig'lardi. U qo'rqib qoldi. Shu yoshda bo'lishiga qaramay, yuragida og'riqni his qila boshladi.
Kunlar shu zaylda o'tardi. Ammo bir kuni... Bir kuni qora bulutlar keldi bu oilaning boshiga... Aziz va Nasiba endi birga yashashmasdi. Ular ajrashishdi. Buni ularning yoshligi deb qabul qilish kerakmi, hech kim bilmasdi. Ular achinishmadi. O'sha ikki yoshgina farzandga achinishmadi. Aziz farzandlarining holidan ham xabar olmay qo'ydi. Rahmon maktabga o'qiyotgan paytda asta-sekinlik bilan ko'nikdi bunday hayotga. Ammo... Ammo Dilobar otasining ketib qolishida o'zini ayblardi. Shu kundan beri u tinmasdan yig'lardi. Dilobar u gapirolmasligi tufayli shunday janjallar chiqdi, otasi shuning uchun ularni tashlab ketdi deya o'ylardi. Hammasida o'zini ayblardi.
Vaqt doimgidek shoshilib o'tib ketmoqda edi. Rahmon maktabni tugallab, ishlay boshladi. Nasiba yoshligida tikuvchilik hunarini qunt bilan o'rgangandi. Ham ustozlik qilib, ham tikuvchilik qilib bolalarni katta qildi. Dilobar esa maxsus maktabning bitiruvchisi edi bu yil. Onasi unga ham tikuvchilikni o'rgatdi. Nasiba qizi katta hayotga qadam qo'yganda qiynalmasligini xohlardi. "Men ko'rgan qiyinchiliklarni ko'rmasin", - derdi u.
Dilobar maktabni tugatgandan bir-necha oy o'tib, Nasibalarnikiga sovchilar kela boshladi. Rahmon ham singlisini uzatgandan so'nggina katta hayotga qadam qo'yishni, singlisining baxtli bo'lishini xohlardi.
Shunday kunlarning birida bir yigitdan sovchilar kelishdi. Aytishlariga qaraganda, kuyov bo'lmish Akobir ham gapira olmas ekan. Buni eshitgan Dilobarning ko'nglida qandaydir umidmi, ilinjmi paydo bo'ldi. Qiz nihoyat, uni tushunadigan va tinglaydigan umr yo'ldoshi topilganidan mamnun edi. U onasiga roziligini bildirdi. Onasi ham juda quvondi. Endi qizi baxtli yashashiga ishona boshladi.
Xullas, to'y kuni belgilandi. Dilobar oppoq libosda dunyoning eng go'zal malikasidek ko'rinardi. U chiroyli, oppoq farishtadek edi. Nasiba qizini ko'rib hayotida bo'lgan yomon xotiralarni bir muddat unutib yuborgandek bo'ldi.
Akobir va Dilobar ham o'zlarini baxtli his qilshardi. Chunki ular haqiqatdan ham baxtli edilar. Buni inkor qilib bo'lmasdi.
Oradan vaqt o'tdi. Dilobar qiz farzandli bo'ldi. Endi bu ikki yosh qalbning baxti yana ortdi. Qizcha fayzli oilaga yana ham fayz kiritdi..

Taqdir ularning baxtiga hasad qildi. Bu baxtlilar orasiga sovuqchilik tushirdi. Nimadir bo'ldiki, yigit va qiz bir-biri bilan kelisholmay qoldi. Ular ham janjallashib qolishdi. Va bu janjallarning oxiri ajrim bilan yakunlandi...
Dilobar 2 yashar qizchasi bilan onasi oldiga qaytib bordi. U tinmasdan ko'z yosh to'kar, nega aynan uning hayoti bunday bo'lganini anglolmasdi. Onasi qizini boshqa uyga kuzatib qo'yishdan oldin Dilobarning yoshligi, soddaligi, hali katta hayotga tayyor emasligi haqida unutdi. Eng asosiysi, o'zining achinarli qismati qizining hayotida takrorlanishi mumkinligi haqida eslamadi... Ana endi, yoshgina qizining hayoti ham Nasibaning taqdiriga o'xshagandi...
Hammasiga vaqt davo bo'ladi, dedilar. Shunday umid bilan yana yashashda davom etishdi. Nasiba endi battar siqilib qoldi. Dilobarni endi qanday ovutishni bilolmay ham qoldi.
Nasiba qiziga u bilan birga tikuvchilik qilishni taklif qildi. Ammo Dilobar ko'nmadi. Onasiga bu kasb unga yoqmasligini tushuntirdi. Dilbar soch turmaklash bilan shug'ullanishni xohladi.
Eh, shuncha vaqt orasida nimalar bo'lmadi deysiz. Dilobar tushundi: nima bo'lgan taqdirda ham, u baxtli yashashga haqli. Va u iloji boricha qizi uchun yashashni hamda uning ayanchli hayoti o'sha kichkina go'dak hayotida ham takrorlanmasligi uchun astoydil harakatni boshladi...
Quyosh nur sochgancha kulib odamlarga qarar, uni ko'rgan sayin Dilobarning yashash umidi ortib borardi...

: Komila Bahodirova,
Ogahiy ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Hurmatli yurtdoshlar!

Siz azizlarni, butun xalqimizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz.

Oilangizga tinchlik va xotirjamlik, baraka hamda farovonlik tilaymiz.

Duogo‘y nuroniylarimizning mana shunday fazilatli damlarda yurtimiz haqqiga qilgan ezgu niyat va tilaklari ijobat bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xushxabar
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_sertifikati

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi yuqori darajali xalqaro IELTS sertifikatini qo‘lga kiritdi.

📑 Maktabning bilimdon iqtidorli o‘quvchilaridan, 11-"B"sinf o'quvchisi Ravshonbekova Nilufar IELTS dan 7 ballni qo‘lga kiritdi.


📈 Tushunish (listening) - 6.5 ball
📖 O'qish (reading) - 7 ball
Yozish (writing) - 7 ball
🗣 Gapirish(speaking) - 6.5 ballni umumiy 7 ballni to‘plagan.

🔶 O‘quvchimizning ota-onasi va barcha ustoz-pedagoglarimizni ushbu quvonchli xabar bilan qutlaymiz.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nazm
#3_kun

**
                  I
Bir ajib teatr, yorug' teatr
Tomoshasiz sahna, sokin zal.
Bir ajib teatr, yorug' teatr
Sahnadan tushishgan bari aktyorlar.

Shunday teatrki, bo'm-bo'sh sahnasi,
Zo'r qiziqish bilan qarar boshqalar:
"Tomosha avjida, bizga farqi yo'q".
(Lom-limman... Dod bilan)
-Axir teatrni odam boshqarar!


: Baxtiyorov Jahongir
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi‌‌


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#3_kun

Siniq xotira
(Sevimli opamga bagʻishlanadi)

Moviy osmondagi qushlar parvozi xayollarni olislarga eltadi. Vaqt ham qushlar misoli uchib ketmoqda. Oʻynoqi shamol antiqa bir iliqlik bilan rayhonning mayin hidini ochiq derazadan ichkariga olib kirdi. Gulsumning koʻngli rayhon isidan entikib ketdi. Axir, rayhon – uning eng sevimli guli.
Gulsum necha yildan beri bolalarga ovqat tayyorlaydi. Bolalarning soddaligi, begʻuborligi uni shu yerda ishlashga undagandi. Kun boʻyi ular uchun taom tayyorlash Gulsumning eng sevimli mashgʻulotiga aylanib ulgurgan.
Gulsum ishiga berilib ketibdi, shekilli, qandaydir bolaning chaqirayotganini sezmay qoldi. Kiyimlari har yerdan yamalgan, sochlari biroz toʻzgʻigan, yuzlari oqarib ketgan bolakay qizni yana chaqirdi. Gulsum uning oldiga bordi. Bolakay oshxonadagi yeguliklarga bir-bir qarab chiqardi. U bruni nomli shirinlikka qarab qoldi.
– Yarimta bruni necha soʻm?
Gulsum uning gapiga unchalik tushunmadi.
– Yarimta bruni bera olasizmi?
Bolakay nima xohlayotganini qizga tushuntirilmasdi. Gulsum unga hayrat nazari bilan tikilib qolgandi.
Bolakay qoʻlidagi ikki ming soʻmga koʻzi tushdi-yu, Gulsumga sezdirmasdan "uh" tortib, chiqib ketdi.
Qiz bolakay ketgach, biroz oʻziga kelganday boʻldi. Uni gʻalati hissiyot chulgʻab olgandi. Ichidan bir ovoz: "Senga bu bolakay nimadirni eslatmayaptimi?" derdi...
...Bir kuni kichkina qizcha qoʻlidagi uch soʻm bilan shirinliklar sotilayotgan doʻkonga kirdi. Doʻkonda shirinliklar juda koʻp edi. Qizaloq hammasini koʻzdan kechirib, narxini koʻrdi. Afsuski, undagi uch soʻm ularning hech biriga yetmasdi. Qizchaning koʻzida hech kim ilgʻamaydigan koʻz yosh paydo boʻldi. U doʻkondagi narsalarga tikilib qolgandi...
...Gulsum bu xotirani eslab, yuragi boʻm-boʻsh boʻlib qoldi. U bolakayga yordam berolmasdi. Bu kichkina odam unga bolaligini eslatuvchi oyna boʻlgandi...

: Komila Bahodirova,
Ogahiy ijod maktabining 11-"A" sinf oʻquvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#OAV_va_biz
#Respublika_gazeta_sahifalarida
#Xushxabar

➡️ Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi Bahodirova Komilaning "Kuzga maktub" nomli hikoyasi va 7-"B"sinf o‘quvchisi Nurmamatova Oygulning "Mitti hikoyalari" Respublika adabiy-badiiy nashr hisoblangan 🌠 "Ezgulik" 🗞 gazetasining 2023-yil iyun oyidagi 12-sonida chop etildi.

☑️ O‘quvchlarimizga ijodiy barkamollik tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#4_kun

Bahorga
("Kuzga maktub" hikoyaga javoban...)


So'zimni nimadan boshlashni bilmayman. Men ko'p kutdim, sening maktubingni... O'zim ham ko'p bora harakat qildim senga xat yozishga. Lekin... lekin tiklanmaydigan munosabatlarni eslab yana yuragingni pora qilib qo'yishdan qo'rqdim. Axir, senga faqat tabassum yarashadi.
Ishonasanmi, yo'qmi, men ham sen bilan birga bo'lishni juda-juda xohlagandim. Men majbur bo'ldim. Tabiatning bunda aybi yo'q. To'g'ri, u qarshi edi, ammo men o'zim rozi bo'ldim... Ha, bu so'zlarim senga og'ir botishi mumkin. Buni o'z xohishim bilan qilganim yo'q. Aslo unday deb o'ylama!
Agar sen va men, yoz va qish birga bo'lsak, butun tabiat muvozanatsiz qolardi. Chunki qish va yoz birga bo'lsa, ular bir-birini juda qattiq jarohatlashi mumkin edi. Ular bir-birini yo'q qilib yuborardi. Hammasiga men aybdorman. Kechira olsang, kechir.
Men shunchaki ikki faslning taqdiri uchun shunday qildim. Undan tashqari, odamlar ham yer yuzida qolmagan bo'larmidi. Ikki taqdirning baxti evaziga butun dunyoni badbaxt qilmoqlik ne kerak?
Balki, meni yomon dersan bu so'zlarimni eshitib. Mayli, sen nima desang shu. Axir, senga yo'q deya olarmidim.
Bu ayriliq menga ta'sir qilmadi, deysanmi? Ayriliq, ayriliq... Bu shunday og'riqliki... BU xuddi odamlarning tish og'rig'idek gap, ammo bunda tish og'rimaydi.
Ba'zan o'ylab qolaman: men senga loyiqmanmi? Shuncha ko'z yoshlaringga sababchi bol'ldim-ku.
Eh Bahorim, sen aslo xafa bo'lma. Biz hech qachon ko'risholmasak-da, qalban birgamiz.
Senga azob chekish yarashmaydi. Odamlar seni muhabbat fasli deya e'tirof etishadi. Men baxtsiz bo'lgandirman, lekin o'sha odamlarning ham taqdiri menikiday bo'lmasligi uchun sen tabassum ila yashashing kerak. Hechqisi yo'q, bora-bora mensizlikka ko'nkib ketasan... (Va men xayolingni butkul tark etaman...)
Senga o'xshab men ham umid qilishdan to'xtamayman. Butun umr bo'lsa, butun umr...
Yer yuzini tark etsang ham sen mening qalbimda mangu yashaysan!
Baxtsiz bo'lishingga sabab bo'lgan KUZ...

:Komila Bahodirova,
Ogahiy ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Rassomchilik
#4_kun

🌠: Amatova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi‌‌

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Yangi O‘zbekiston yoshlari 30-iyun "Yoshlar kuni" muborak bo‘lsin!

🇺🇿 Biz butun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi nomidan bugungi muhim sana - Yoshlar kunida barcha yoshlarga mustahkam sihat-salomatlik, bilim olish, kasb-hunar o‘rganish va izlanishdan to‘xtamaslik, eng asosiysi, ota-onangiz, oilangiz, yaqinlaringiz, do‘st, tengdoshlaringiz ishonchini oqlab, ezgu maqsadlaringizga erishishingizda muvaffaqiyat tilaymiz!

🇺🇿 G‘oyalaringiz, shijoatingiz va pok qalbingizdagi nurni hech ham so‘ndirmang, do‘stlar!

🎉 Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

#yoshlarkuni #yoshlarittifoqi

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱
Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook