Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.53K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Qabul_2023
#Hujjatlar_qabuli

Assalomu alaykum,hurmatli ota-onalar va ilmga chanqoq oʻquvchilar!
Ogahiy nomidagi ijod maktabiga imtihonga kirish arizalari 30-iyun 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizalar faqat ariza.piima.uz sayti orqali online topshiriladi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Мард Ўғлон" давлат мукофоти билан тақдирлаш тўғрисида"ги қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О присуждении государственной премии "Мард Ўғлон"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Xushxabar
#30_iyun

KITOBXON O‘QUVCHI "MARD O‘G‘LON" MUKOFOTINI QO‘LGA KIRITDI


🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi, 2021-yil Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan "Yosh kitobxon" ko‘rik-tanlovi respublika bosqichi 3-o‘rin sohibi Karimov JAVOHIR

📄 Mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda alohida faollik koʻrsatib, oʻzining bilim va qobiliyati, intiluvchanligi, tashabbuskorligi va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, Yangi Oʻzbekistonning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini yanada oshirishga katta hissa qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlaydigan, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, xalq manfaati va yurt istiqboli uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlgan fidoyi va mard oʻgʻlonlarimizni munosib ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan 🎖"Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

👏 Ushbu yutuq bilan Javohirni tarbiya qilgan ota-onasini, barcha ijod maktabining ustoz-pedagoglarini tabriklaymiz.
‌‌

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#qabul_2023
#10_iyulgacha

❗️PREZIDENT MAKTABLARINING BO'SH O'RINLARIGA HAMDA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB INTERNATLARIGA QABUL UZAYTIRILDI

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari hamda Prezident maktablarining bo‘sh o‘rinlariga o‘qishga hujjatlar qabuli, ko‘p sonli ota-onalarning talablariga binoan, joriy yilning 10-iyul kuniga qadar uzaytirildi.

- Prezident maktablariga qabul faqat 4-sinfdan 5-sinfga o’tayotgan o’quvchilar uchun 30-iyunda yopiladi. Qolgan bo’sh o’rinlarga qabul 10-iyulga qadar uzaytiriladi.

- Ijod maktablariga qabul 30-iyunda to’liq yopiladi.

- Ixtisoslashtirilgan maktablarning barchasiga qabul 10-iyulga qadar uzaytiriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Bugun 30-iyun, 18:00da “Yoshlar”, “MY5” va “Renessans TV” kanali orqali yoshlar kuniga bag’ishlangan tantali bayramni kuzatishingiz mumkin.

Bayramingiz yana bir bor muborak bo’lsin, aziz yoshlar!
#yoshlar_kuni

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston yoshlariga bayram tabrigi yo‘llab, faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotladi.

"Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxatida Agentligimiz tizimidagi Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Karimov Javohir Abdukarim o‘g‘lining ham borligi barchamizni quvontirdi.

O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yoshlar_kuni
#mukofot_muborak

Yorqin lahzalar🤩🤩🤩

🎖Mukofot muborak Javohir Karimov.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#5_kun

Uzrnoma
(Sevimli dugonam Shaxnoza Saidovaga bag'ishlanadi...)


Men bir qizni izlayapman.
U qiz shundayki, do'stlari bilan doim birga bo'lishni xohlaydi.
U shundayki, kitob o'qishni yoqtiradi.
U shundayki, rus tilini chin dildan o'rganadi.
U shundayki, tez do'stlaridan xafa bo'ladi...
chunki do'stlari ko'pincha uning ko'nglini tez sindirishadi...
U shundayki, hech qachon o'zini aybdor his etmaydi.
(Chunki u rostdan ham aybdor emas.)
U shundayki, arzimagan sabab tufayli yig'laydi.
U shundayki, yaqinlari azoblanayotganda jim qarab turolmaydi...
U shundayki, meni bir kun emas, albatta, bir kun kanalidan ham, hayotidan ham o'chirib tashlaydi...
Chunki o'sha qiz mendan qattiq xafa
balki, umuman kechirolmas...
O'sha qiz menga doim: "Men haqimda ham hikoya yozsang-chi" deb aytardi.
Men-ku bunday hikoyani yozarman, lekin... u buni qabul qilarmikan?..
U meni kechirarmikan?..
ha, bu so'zlarim sizga, boshqalarga g'alati tuyilar.
Ammo men endi chin do'stimni topganda uni yo'qotishni xohlamayman...
Negaki, bu dunyoda haqiqiy do'stlik juda kam.
Va bu achinarli holat...
O'sha qiz tufayli men chiroyli tabassum qilishni, hayotda ba'zan ahmoqgarchiliklar qilishni, do'st topishni, insonlarning asl yuzlarini ko'rishni va o'zim uchun yashash kerakligini o'rgandim.
Va bu uchun undan minnatdorman.
Men o'zimni oqlamayman.
Oqlay olmayman.
Uning bir odati bor: kimdirdan xafa bo'lsa, o'sha inson bilan iloji boricha aloqa qilmaydi.
Va bu hamma uchun bir xil kechadi.
Lekin men bunday "jazo" ga o'rganolmayman.
U bilan juda ko'p jinniliklar qilganmiz. Meni sinfda quvlagani esidamikin?.. Men xafa yursam, majburlab kuldirishlari-chi?.. U bilan gaplashgan suhbatlarimiz esidamikin?.. Maktabdagi ilk kunimiz-chi?..

Ha, eslasak, arzirli voqealar bo'ldi o'sha 1 yil ichida...

Men hech kimga bunchalik ko'p ta'rif bermaganman, berolmaganman. Chunki hech kim men bilan unikiday munosabatda bo'lmagan, bo'lolmaydi ham...

Bilaman, ahmoqman. Endi shuni to'g'irlamoqchiman.

Menga shu qiz kerak. Topib bera olasanmi?..

Seni izlab yurgan bir ahmoq qiz...

: Komila Bahodirova,
Ogahiy ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#6_kun

Teskari haqiqat

Odamlar kabi tabassum qilayotgan daraxt o'z kulgusi tufayli gullar bilan bezalgan bir pallada musavvir zavq bilan uning rasmini chizardi. Bu shunday rasm ediki, go'yo musavvir butun dunyo baxtini kichkina qog'ozga sig'dira olgandi. Mo'yqalam rassom qo'lida betakror raqs tushayotgandek o'ynardi. Uning go'zal "raqsidan" ta'sirlanganlar mo'yqalamdan so'rashdi:
– Nega bunchalik xursandsan?
– Odamlarning baxtli onlarida yonida bo'lsang edi, sen ham juda baxtli va xursand bo'larding.
Xuddi o'sha joyda yana bir odam nimalardandir bezovta, juda g'alati holda ko'rinardi. Uning qo'lida qog'oz va qalam. Qog'oz jimgina tinglar, qalam esa ko'ngli yumshab ketgan insondek yum-yum yig'lardi.
– Ey qalam, nega yig'layapsan?
Qalam ho'rsingancha javob berdi:
– Odamlarning dardlarini tinglaganingda edi, sen ham mendek ko'z yosh to'kkan bo'larding...

: Komila Bahodirova,
Ogahiy ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi
#Gerb_31

2-iyul – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
GERB

Bug‘doy o‘rganmisan o‘tmas o‘roqda,
Paxta terganmisan yetti bukilib?
O‘zbekiston deysan, jon zamin deysan
Amu Sirdaryoga ko‘rmay to‘kilib.

Ko‘ksingga Humoni qamaganing rost,
Topsang bo‘lmaydimi uchishga shitob?
Yo‘qsa yulduzlarga yetmaydi qo‘ling
Yo‘qsa butunicha ko‘rinmas oftob.

Otang oqtovmidi, qoratovmidi,
Onang yaylovmidi boychechak ungan?
O‘zing yesirmiding yoshingni artib
Yetmish yil muttaham do‘qiga ko‘ngan?

Osmoning art elim ko‘rinsin egam,
Tug‘ni ko‘taramiz birlashib, kelgin.
Buyursin, erishgan mustaqil bo‘lib
O‘zbek manglayiga bitilgan belgi!

Navoiylik Alisher

05.06.2020
22:10

@NavoiylikALISHER1
#Bizning_mard_oʻgʻlonimiz
#Eʻtibor_va_eʻtirof

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining o‘z iqtidori, kitobxonligi, o‘tkir zehni, namunali tarbiyasi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘la olgan o‘quvchimiz

⚡️Javohir Karimovga🎖"Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti

🔰Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

➡️ O‘quvchimizga berilgan yuksak e'tibor va e'tirofdan xursandmiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|