Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.5K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Hikoya
#1_kun

Xorg'in yo'lovchi.

Qorong'ulik.
Qo'rquv. Aqldan ozdirar darajadagi vahima. Mavhumlik. Xavotir. Javobsiz savollar. Birinchi bor Azamat uyquni sog'ingandi. Tun bag'riga yashiringan bu hislardan uyquga qochishni istagandi. Baxtga qarshi, uyquning o'zi qochgandi.
" - Xudojon...
Borliging qandoq yaxshi-a... Menga nima bo'lyapti?! Ular nega bunday qilishyapti? To'g'risi, tushunmayapman. Men ularni yaxshi ko'rardim-ku. Ularni sen uchun yaxshi ko'rardim-ku. Ularni do'stligi shumi..? Suyukligimni sadoqatichi? Aqalli, bir bor yo'qlab kelishmadi-ya.
... Bilmayman. Hech narsani bilishni xohlamayman. Ko'zlarimni bir soniyaga yumushni va qayta ochmaslikni istayman...
Ular hayollarimni ham , hayotimni ham tark etishlarini istayman.
... Onam, jonim onam. Meni ham o'sha kech o'zingiz bilan olib ketsangiz bo'lmasmidi..? Chalajon, yarimmurda qilib tashlab ketmasdan. Otamni ham qiynab qo'ydim. Ona, eshityapsizmi? Men ketishim kerak edi. Siz emas , men. Halokat sababchisi menman-ku, jabrini otam ikkovingiz tortyapsiz..."
Deraza tagidan kimningdir yo'talgani eshitildi.
- Azamat, uyqung kelmayotgan bo'lsa , ayvonga olib chiqay. Toza havoda o'zingga biroz kelib olasan.
Azamat javob berish o'rniga g'amgin o'ylari ortidan ergashdi. Otasi Azamatni aravachasiga o'tkazdi. Ayvoncha biroz salqin bo'lgani uchun kichkina choyshab ham tashlab qo'ydi ustiga.
Oy qishloqni o'zining nurli yo'rgagiga o'rab ulgurgandi. Qishloq shirin uyquda. Yoqimli sukunat hukmronlik qiladi. Ota-o'g'il ayvon labida sukunat dengiziga sho'ng'ishdi. Bir muddat nigohlar to'qnashdi. Ular tilga kirdi. So'zlashdi. Sukunatni buzib Azamat:
- Ota, bir narsa so'rasam maylimi?
Otasi nigohi bilan rizolik bildirdi.
- Shu yoshimgacha ko'p narsa izladim. Balki siz ham izlagandirsiz. Do'stlik, sevgi, ishonch, vafo, sadoqat. Ularni topdim deb o'ylagandim. Yaxshilab e'tibor bersam , faqatgina o'ylabman. Ularni hech birini topa olmabman. Kimga suyunsam, kimni yaxshi ko'rsam har doim yarim yo'lda qolib ketdim. Ularni orqasidan jimgina kuzatib.
Ota istehzoli kulib qo'ydi va gap boshladi:
- Eh, o'g'lim. Sen ham bu dunyoda bor narsani izlasang toparmiding. O'g'lim, insonlar shoshadi. Kimnidir do'st deb atashga, kimnidir yor deyishga shoshib qoladi. Tanishuvning ilk kunidayoq o'sha insondan umid qila boshlaydi. Unga suyanadi, unga talpinadi.
Oxir oqibat nima bo'ladi?
Barcha umidlar ilk shamol esishidayoq uchib ( o'chib) ketadi.
Men ham uni odamlardan ko'p izladim. Juda ko'p. Lekin topmadim. Topolganim yo'q.Lekin Allohdan izlagandim topdim. U bilan do'st bo'ldim. Uni sevdim. Unga ishondim. Unga tavakkal qildim.
- Baxt-chi?!  U qayerda ? Manzilichi?
  - O'g'lim, har birimiz bir yo'lchimiz, yo'lovchimiz. Umrimiz davomida nimanidir izlaymiz. Kimdir baxt, kimdir boylik, kimdir omad. Manzil aniq emas . Ammo yo'lning oxiri bor. Yo'l qachonki tugasa o'sha biz izlagan manzil. Sening , mening , har bir yo'lovchining manzilidir.
  - Ota, yo'limni yakuni ko'rinib qoldi. Manzilim ham aniq bo'lyapti borgan sari.
- Jonim bolam. Unday dema. Yaxshi niyat qil. Hali hammasi yaxshi bo'lub ketadi. Yur , salqin tushib qoldi. Uyga kiraylik . Dorilaringni beraman, keyin damingni olasan.

: Begmatova Dilnura,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nazm
#2_kun

Qanot qoq sheʼrginam yuksak-yuksakka,
Koʻksingda gul ochdi Ilohiy dardlar,
Yerda joy yoʻq senga, makon yoʻq senga
Mexanik dunyoda zanglagan qalblar.

Qalam-la singdirdim senga botinim,
Gʻoyo men yelkangga togʻni agʻdargan!
Bir yuzda ming turli insonni koʻrib,
Oʻt chaqnar koʻzlarim bu kun qabargan.

Oʻchib borayotir mehrning tafti,
Otash yuraklardan oʻchayotir oʻt.
Robot odamlarga yuzlashgan sayin,
Koʻksim oʻyayotir chidab boʻlmas oʻq.

Qanot ber, Xudojon, uchay yuksakka,
Koʻksimda gul ochdi Ilohiy dardlar.
Izladim, topmadim dilimga yaqin,
Mexanik dunyoda zanglagan qalblar.

: Jumanazarova Hilola,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
🟦🟦🟦🟦

Bugun 21-iyun haftaning chorshanba kuni. Ushbu kundagi muhim voqealar bilan tanishing.

🟥Yozgi quyosh turishi kuni.
🔴Shimoliy yarimsharda yilning eng uzun kunini, janubiy yarimsharda esa eng qisqa kunini nishonlash uchun bu kun har yili 21-iyun kuni nishonlanadi.

🟥Xalqaro yoga kuni.
🔴Ushbu kun yoga bilan shug'ullanishning afzalliklari haqida xabardorlikni oshirish va jismoniy, aqliy va ma'naviy farovonlikni oshirishga qaratilgan.

🟥Butunjahon gumanizm kuni.
🔴Gumanizm falsafiy va axloqiy pozitsiya bo'lib, u individual va jamoaviy ravishda insonning qadr-qimmati va vakolatini ta'kidlaydi va odatda dogma yoki xurofotni qabul qilishdan ko'ra tanqidiy fikrlash va dalillarni (ratsionalizm, empirizm) afzal ko'radi.

🟥Xalqaro selfi kuni.

🟥Butunjahon musiqa kuni.
🔴Butunjahon musiqa kuni, shuningdek, Fête de la Musique nomi bilan ham tanilgan, musiqa va uning madaniy xilma-xilligini butun dunyo bo'ylab targ'ib qilish maqsadida har yili 21-iyun kuni nishonlanadi.

🟥Xalqaro futbolkalar kuni.
🔴Xalqaro futbolkalar kunida odamlar o'zlarining sevimli futbolkalarini kiyib, #InternationalTShirtDay xeshtegi yordamida ijtimoiy tarmoqlarda o'zlarining suratlarini baham ko'rishadi.

🗣“O‘zbekiston ovozi” ijtimoiy-siyosiy gazetasining ilk soni nashr etilgan kun (1918).

🟢Opera va balet artisti, Oʻzbekiston xalq artisti Zamira Davletmuratova tavallud topgan (1955).

🟢Fransuz futbolchisi, Yevropa chempioni, murabbiy Mishel Platini tavallud topgan (1955).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹Koʻring, tanishing!👆👍👍👍

🔸Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga qarashli Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabi 2023-2024-oʻquv yili uchun 7-,10-sinflarga oʻqishga taklif etadi!

Ijod maktablari bitiruvchilari uchun qanday imtiyoz beriladi?

Agentligimiz tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilari ixtisoslik yoʻnalishlaridan kelib chiqib, davlat oliy taʼlim tashkilotlarining tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy toʻlov kontrakt asosida imtiyozli oʻqishga qabul qilinadi.

📞Call-markaz: 12 - 06


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Forwarded from Director_day
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktablari
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

❗️OGAHIY NOMIDAGI IJOD MAKTABIGA
6 –SINF VA 9-SINFNI TAMOMLAGAN O‘QUVCHILAR QABUL QILINADI.

🔹Hujjatlar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

🗂 Quyidagi hujjatlar topshiriladi:

Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

📞 Koll-markaz: +998-62-227-71-73 , 12-06, 62-226-20-92, 97-602-11-33

👉@Ogahiy_ijod_Maktabi
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#2_kun

Xafa bo'lma...
Osmonda kech kuzning yelpig'ichdek yupqa , qat-qat bulutlari suzib borar, shamol o'zining ming yillardan beri bajarib kelgan ishini davom ettirib, ularni ko'z ilg'amas olis-olislarga olib ketardi. Mahzuna bu tabiat tasviridan judayam rohatlanardi. Nimaga rohatlanayotganini o'zi ham bilmasdi. Tabiat ham o'ziga o'xshab borayotganidanmi yoki kundan-kunga so'lib borayotganidanmi ?! Ko'zlarini yumib, qayta ochmaslikni juda ham istardi. " Na iloj? Bu hayot bizni barcha ehtiyojlarimizni qoldirolmagan, qondirolmaydi ham" deya xo'rsinib qo'ydi. Chuqur nafas oldi. Nafas chiqarganida barcha dardlari-yu g'am-tashvishlari shu bilan birga chiqib ketishini juda ham xohlardi. Qo'lidan kelmadi... Ahvoli oldingidan ham og'irlashganini sezib , o'zining befayz xonasi tomon yo'l oldi. Xonasiga, umuman uyiga kirishni yoqtirmasdi. Xonasi xuddi shifoxonaga o'xshardi. Hamma yoqda dori-darmonlar sochilib yotibdi. U yoqqa qarasang ham dori, bu yoqqa qarasang ham. Bu shifoxona boshqalaridan unda faqatgina bir kishi davolanishi bilangina ajralib turardi. Xonaga kirishi bilan yoqimsiz dorilar hidi dimog'iga urildi. Boshi aylanib, ko'zi tina boshladi. Nafas olishi ham oldingidan yomonlashdi. O'zini dori turgan stol ustiga urdi. Ichmoqchi bo'lib og'ziga olib bordi, lekin ichmadi.Qachongacha bu dorilar bilan kun ko'rishini o'ylab, jahli chiqib ketdi. Jahl bilan stolni ag'darib yubordi. Barcha dorilarni sochib tashladi. Hamma yoqni ostun-ustun qildi. Nafrat ko'zi bilan derazadan hayotni kuzatardi. Hayot qaynayapti. Ko'chada yog'ayotgan yomg'ir, olov ustiga moy sepgandek uni yana jonlantirardi... Chuqur nafas olib, biroz tinchlandi. O'zini qo'lga oldi.
- Mahzuna, o'zingni bos. Tinchlan ! Xafa bo'lma ! Buni barchasi o'tib ketadi hali. Barchasi ortda qoladi. Na bu dardlar qolguvchidir, na bu umr?! Xafa bo'lma. Siqilma! Robbinga tavakkal qil. Bularning barchasi Robbing uchun osondir... - deya o'zini yupatishga urinardi.
Har kungi paytda yana telefon jiringladi. Mahzuna bu qo'ng'iroqni intiqlik bilan kutardi. Telefondagi muloqotni emas, balki undagi sukunatni intizorlik bilan kutardi. Bu muloqotda tillar emas dillar so'zlashardi. Qalblar muloqotda bo'lardi. Telefon qilayotgan inson ham kim ekanini ich-ichidan his qilardi. Qo'ng'roqqa javob berdi. Ha, uning o'zi xuddi o'zi. Sukunat uzoqqa cho'zilmadi. U ilk bor gapirdi:
- Oyijon-n-n, oyijon...
Mahzunaning ko'z yoshlari lablarini sug'ora boshlagandi. Xuddi bu ovozga aks sado qaytganday qulog'lari ostida takror-takror jaranglardi" oyijon , oyijon..."
Quloqlariga ishonmasdi. Bu ovozni eshitish uchun u soat emas soniya sanardi. Qachon eshitishini bilmasa ham kutardi, intizorlik bilan kutardi. Bu ovozni yana bir bor eshitgisi kelib go'shak yoniga yaqinlashdi:
- Oyijon...
Endi armoni yo'q. Armonsiz ketadi bu dunyodan. Go'shakni qo'ymadi. Lekin qiziga bir og'iz ham gapira olmadi. O'z jigarbandi va halolining taftini hayolan bo'lsa ham his qildi. Go'shakni o'sha yerda qoldirdi va o'z o'rni tomon yo'l oldi.
- Allohim, mushkulimni oson qil... Oilam senga omonat... Yolvoraman. Qizimni xafa qilib qo'yishlariga yo'l qo'ymagin, oxirgi o'tinchim Robbim...
Omonatini topshirdi... Ko'zidagi so'nggi tomchi yosh ham oqib , boshqalari kabi yostig'ini gullarini sug'orardi. Go'shakni qizalog'i qo'ymasdan , umid bilan:
- Oyijon, oyijon qayerdasiz?
- Bo'ldi qizim. Bu onang emas ekan. Adashibman. Onang bo'lganida allaqachon javob bergan bo'lardi. Xafa bo'lma jon qizim. Agar rostan ham bizni yaxshi ko'rgani umuman tashlab ketmagan bo'lardi. Xafa bo'lma, go'shakni qo'y endi. Bo'ldi.
- Dada, lekin oyim....
Mahzuna nega oilasini tark etganini, o'zining dardlari-yu hastaliklariga qo'shib , jamadoniga solib ,o'zi bilan birga olib ketdi...

: Begmatova Dilnura,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nazm
#3_kun

Nigohimi tikaman-u, manzil olis....
Oʻnqir-choʻnqir bu yoʻllarning savdosi koʻp.
Yiqilaman... Qoqilaman...
Boʻlmam taslim!
Yengilganga bu dunyoning gʻavgʻosi koʻp!

Orzularim gullab ketgan kurtak otib,
Xazon qilsam, uvollari urar mani.
Tik boqaman bu dunyoning koʻzlariga,
Ruhim - bir togʻ;
Har dam suyab turar mani.

Dilim yorsam zil ketadi ichidan yer,
Barisini koʻmib qoʻydim yuragimga.
Tiladim-u yolgʻiz Haqdan oʻtinchimni,
Sanolarni qoʻshib qoʻydim tilagimga.

Tovonimni tilar boʻldi koʻp tikonlar,
Qalbim shudgor qilar boʻldi soʻzlar zahri.
Men jim boʻldim,
Sukutlarga choʻkdim mudom,
Kimdan qolar boʻldi ekan foniy dahri,
Kimdan qolar ekan oxir foniy dahri!

Nigohimni tikaman-u, manzil olis...
Oʻnqir-choʻnqir bu yoʻllarning savdosi koʻp!

: Jumanazarova Hilola,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#3_kun

Yozilmagan qonun.


Kun xayr bilan nurlandi. Qishloq ahli tong yorishmasdanoq o'z yumushlariga sho'ng'ib ketishgandi. Bog'bon ham asta o'z ishiga kirisha boshladi. Bog'chasida gulzor oralab qurigan gullarni asta ajratib olar, ba'zilaring qurigan shoxlarini qirqardi. Ba'zilarini tagini yumshatardi. Gulzor ahli o'zaro shirin suhbat qurishardi . Turfa gullar o'zaro so'zlashar, daraxtlar-u o'simliklar ham ularni suhbatini maroq bilan tinglashardi. Bog'bon ham o'zicha bu suhbatlardan bahramand bo'lib , o'z yumushlarini asta bajarayotgandi. U har kun shu gulzorga , bog'chaga qarardi. Ular orasidan hech chiqgisi kelmasdi.
Daraxtlar o'zaro :
- Hoy , shaftoli. Seni ham pishib qolibsan. Vaqtida terib olishmasa, anavi o'rikni ahvoliga tushasan. Mevalaring , hosiling uvol bo'ladi. Bultur ko'rding-ku, olmavoy qancha hosil qilgandi. Vaqtida terishmadi, unda tashqari hosili ko'pligi uchun shoxlari chiday olmadi. Sinib ketdi.
- Bultur tura tursin, hozir ham bog'bonning tirranchasi dastidan tinchlik yo'q-ku. Shoxlaringa osilaverib tinchlik bermaydi. Uni ko'rsam a'zoyi- badanim junbushga keladi.
- Ey, anovi ahmoq borku. Bog' chekkasida o'sayotgan . U o'sha tirranchasi yaxshi ko'radi. Tirrancha esa nuqul bizga yopishgani yopishgan. Tutni yonidan ham o'tib ketmaydi. Kuzakda yoniga qish uchun o'tin g'amlashga bormasa, umuman unga yaqinlashmaydi. Tut esa u bilan vaqt o'tkazgisi, soyasida dam bergisi keladi.
Shu payt ayvonda shovqin ko'tarib , bog'bonning tirranchasi o'rtoqlari bilan paydo bo'ldi. To'rtalasi bog'ning to'rt tomoniga qarab chopqillab ketishdi. Tirranchaning o'rtoqlaridan biri tutning oldiga bordi va kichkina-kichkina shoxlarida uch-to'rttani yulib olib, o'rtoqlarigayam berdi. Gulzor orasida yurgan bog'bon shovqin solayotgan bolalarni ko'chaga haydadi va o'z ishini davom qildirdi.
Tushlik payti. Jazirama. Hamma yoq lov-lov yonardi. Bog'bon tushlik qilish uchun gulzordan chiqdi.
" - Ey, qarasang-chi. Ayvon labidagi kim ekan. Rosa kelishgan , chiroyli ekan-a?!
- Yo'g'ey, unaqaga o'xshamaydi-ku. Turqiga qara. Sovuqligini.
- Bilmadim. Menga yoqib qoldi. Mag'rurligini. Hech kimni nazariga olmaydi-ku.
- Ey, qo'ysang-chi... "
U hech kimga e'tibor bermasdan kelishgan gulqaychini kuzatardi. Bor o'y-u hayoli unga qaratilgandi. Shu alfozda kech tushdi. Tun hamma yoqqa o'z ko'rpasini yozib ulgurgandi. Barcha shirin uyquda orom olayotgan bir paytda ham u gulqaychini kuzatardi. Shu kech gulning ko'ziga uyqu kelmadi. To sahargacha uni kuzatdi. Oy shu'lasida u yanayam chiroyliroq bo'lib ko'rinardi...
Kechasi ko'ziga uyqu kelmagan gul ertalab kech ochildi. Ko'zini ochgan zahoti , xushbichim gulqaychini izlay boshladi. Kechagi joyidan qaradi . Yo'q. Topolmadi. Bir marta hammayoqni ko'zdan kechirdi. Bir payt quyosh nuri tushib yaltiragan bir narsa e'tiborini tortdi. Gul hayratdan dong qotdi. Xushbichim gulqaychi bog'bon qo'lida. Gulqaychi bilan bog'bon gullardan guldasta yasayotgandi. U chiroyli gullarni birin-ketin qirqib kelayotgandi. Gul o'ylar girdobiga cho'mgandi. Shu alfozda navbat o'ziga kelishini kutardi...


: Begmatova Dilnura,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Forwarded from Xorazm.uz
Вилоятимизда илк бор умумий ўрта таълим мактаблари, профессионал ва олий таълим муассасаларида таҳсил олаётган иқтидорли ва ижодкор ёшлар учун вилоят ҳокими стипендияси таъсис этилган эди. Махсус комиссия вилоят ҳокими стипендиясини олиш учун тавсия этилган номзодларнинг ўқишдаги муваффақиятлари, иқтидори ва ижтимоий фаоллигини кўрсатиб берувчи ҳужжатларни Низом талаблари асосида ўрганиб чиқиб, ғолибларни аниқлади.

Бугун вилоят ҳокими стипендияси соҳибларини тақдирлаш маросими ўтказилди. Вилоят ҳокими Жўрабек Рахимов 26 нафар иқтидорли ёшларга махсус сертификатларни тантанали равишда топширди.

Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram