Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.43K videos
311 files
7.58K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#MUTOLAA_ZAVQI

TAFTISH
Ko'zyoshlarim bu kun ummondek bo'ldi,
Barcha his tuyg'ular yurakdan yiroq.
Xotirangiz olib keting iltimos,
Bir pas yolg'iz qolay, hayotdan uzoq.

Men sizdan dunyoni so'raganim yo'q,
To'rt harfdan iborat "BAXT" ni so'radim.
Uni ham hovuchlab yurdingiz afsus,
Barini unutib, ko'zlarim yumdim.

Barchasini unutib bo'lolganim yo'q,
Taqdirda shu ekan nima qilardim.
Sizga baxt tilayman qadr bilmaslar,
Sizni men bugunoq qalbimga ko'mdim.

Dunyoning pasti bor, bir balandi bor,
Marjondek terilar yillar va oylar.
Ko'nikib boryabman yolg'on dunyoga,
O'rganib qoldim ham sizga odamlar.


**** ****

Bosh olib ketaman bir kun dengizga,
Shunda g'am alamdan ketarman uzoq.
Go'yo yuz yoshimni qarshilagandek,
Umrimni qilarman bir oz sarhisob.

Egri yo'ldan yurdim, to'g'risidan ham,
O'nqirmi, cho'nqirmi yuraveribman.
Savoblar qildim-u gunohini ham,
Yelkamda ko'tarib yuraveribman.

Bosh olib ketaman bir kun dengizga,
Sizlardan uzoqda bo'laman albat.
G'am-alam tashvishdan yiroq bo'larman,
Hissiz yuraklarda bo'lmasin nafrat.

Gulmira RAVSHANBEKOVA,
Ogahiy ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi
#MUTOLAA_ZAVQI

AYOL


Ayolni yaratmish Egam,
Rizq ro‘zi-yu iymon bilan.
Unga cheksiz husn bergan,
Latofat-u, mehr dildan.

Ayol bu sabr timsoli,
Mavjli goh sokin hayoti.
Ko'nglida hech in qurmasin,
Armon bilmasin hayoti...

Ayolni hech ham ranjitmang,
Behuda dilin og'ritmang.
Oilam deya o‘tar umri,
Omonatligin unutmang!

Shaxzoda Matkarimova,
Ogahiy ijod maktabining 9-"A" sinf o'quvchisi


O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Mutolaa_zavqi

O‘zbegimning qizlar
i

Boshlarida chiroyli do’ppi,
O’zbegimning lobar qizlari.
Yal-yal yonar egnida atlas,
O’zbegimning dilbar qizlari!

Tabassumi olar dunyoni,
Eritadi aytgan so’zlari.
Ustun qo’yar ibo-hayoni
O’zbegimning lobar qizlari!


Onamga

Ko’zingizda ko’rmay aslo nam,
O’rtamasin qalbingiz alam.
Doim yashang ko’ngli tinch, xurram,
Onajonim, mehribonim!

Ko’nglim sizga doimo mushtoq,
Qalbingiz ham qor kabi oppoq,
Jismingizni bosmasin titroq,
Qadrdonim, onajonim!

Deisiz meni “Asal qizim,
Bu dunyoda ko’rar ko’zim,
Mening baxtim ham yulduzim,
Mehribonim, onajonim!


Ota haqida

Dadajon, bilaman, yuragingiz pok,
Qaddingiz ko’taring, boshni tuting tik.
Sizga hasad qilgan g’arazgo’y kimsa
Soyangizda qoldi – go’yoki o’lik.

Dadajon, siz kutgan kunlar ham kelar,
Farzandlar yutug’i bo’ladi osmon.
Omonat dunyoning ishlaridir bu,
Sizga tosh otganlar yig’lashar yomon.

Bir munis onaning dilbandidirsiz,
Jannati otaning sevgan farzandi.
Umringiz – bir chinor, ko’rkam shoxidan
Bevaqt uzilmasin bir yaproq bandi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi 8-"A" sinf o'quvchisi Baxtiyorova Jasmina


O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#MUTOLAA_ZAVQI

OTA


Ota...
Tenglashmoqda sizga bo‘ylarim,
Kundan-kun yuksalib, o'sib boryabman.
Ammo taftingizni unutganim yo'q,
Iliq mehringizni qalban sezyabman.

Ota...
Bo'y cho'zgardir biz ekkan daraxt,
Bahor, kuz tinmayin hosil bergandir.
Yoki ozor berib qo'ydimi bir kas?
Shamollar barglarin yerga to'kkandir.

Ota...
Dil mushtoqdir, bir so'zingizga,
"Qizim" deyishingiz kutar u faqat.
Hayot bir maromda, o‘tmaydi hech ham,
Sinashda dunyoda, sinaydi toqat.

Ota...
Tenglashmoqda sizga bo‘ylarim...


Gulmira RAVSHANBEKOVA,
Ogahiy ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi



O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#MUTOLAA_ZAVQI

Sheʼrlar...

Sheʼrlarga zoʻr taʼrif izladim..
Iliq sheʼrlar,
Sovuqqon sheʼrlar,
Bir kosa baxt tutib turgan yo,
Shaddod vujud, qiziqqon sheʼrlar...
Sheʼrlarga bir taʼrif izladim,
Kechalari porlagan quyosh,
Kunduzimda kelgan oymiyo,
Yo koʻnglimdan toʻkilgan koʻzyosh?!
Sheʼrlarga bir taʼrif izladim,
Chaqmoqday chaqnagan chaqin bir ovoz,
Yolgʻon soʻzni aytolmagan his,
Chang bosgan bir arzimas qogʻoz...

***
Endi sheʼrsiz yashamoqchiman,
Gʻamimga gʻam solmoqda rahna.
Yuragimda azaliy shovqin,
Yuragimga topmadim pana.
Yozardim, sheʼr dilimni oʻysa,
Gʻamlarim sheʼr bilan kuysa,
Yoʻq boʻlsa,
"Musicha koʻnglimga qoʻnib koʻzimning,
Yoshlarini donday terib yeb qoʻysa".
Lekin afsus xom bu hayollar,
Termulaman dilning qatiga.
Titrar tanam,yigʻlar sheʼrlarim,
Toʻlib ketgan dardlar kasriga.


Kechir, bahor...

Kechir bahor, ishqim tushgan meni kuzga,
Shu sap-sariq tuygʻularga oshnoman men,
Alvon hisni dunyolarga uloqtirib,
Sukunatga, jim dillarga tashnaman men.

Kechir, bahor mening ishqim kuzga tushgan,
Gullar emas, huv sap-sariq barglar menga.
Baxtlarim ham faqat kuzgi bogʻni quchgan,
Barglarimdan berayinmi,bahor senga.

Axir netay, ishqim faqat kuzgi bogʻda,
Xazonlarga qorishiblar ketganman men.
Yuragimni koʻrmadingmi oʻsha togʻda,
Yuragimsiz manzilimga yetganman men.

Kechir meni, iltimosim, kechir bahor,
Sof hislaring yarim qalbga sigʻmay qoldi.
Yuragimda uygʻonsa-da, baxt va ohor,
Dardlarimdan tigʻlar qoldi, dogʻlar qoldi.

Kechir, bahor...

Ogahiy ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Saparbayeva Ziyoda.


O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#MUTOLAA_ZAVQI

BUVIJONIM

Onamday suyukli men uchun aziz,
Mehringiz oldida ojizdir quyosh.
Issiq taftingiz-la istib bizni,
Erkaligimizga berasiz bardosh.

Qalbingizda bizga mehr limmo-lim,
Bizlarga boringiz bag‘ishlab mudom.
Hayot so‘qmog‘ida qoqilmasin deb,
Qo‘limizdan ushlab, qo‘llagan har on.

Bizlar-chun qayg‘urib, baxtimiz o‘ylab,
Qaddingizni bukdi yillar to‘zoni.
Sochingizga tushgan har bir oq tola,
Bu hayot zahmati, qalbning armoni.

Yuz bahor qarshilab, baxtimiz ko‘ring,
Quvonchingiz ko'rib yuray har zamon.
Duoyingiz sabab, yetay kamolga,
Mo‘tabarsiz doim aziz Buvijon!

Ogahiy ijod maktabi 9-"A" sinf o'quvchisi Boynazarova Muxlisa


O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#MUTOLAA_ZAVQI

BIZNING SEVGIMIZ


Ruhimda joʻsh urar cheksiz muhabbat,
Tunlari oy boʻlar qalbim imdodi.
Ishq ichra borarsan, kezib sarosar,
Men esa nigohing qariga botib…

Bugun koʻklamoyim toʻshab poyandoz,
Tole ham biz tomon sochajak nurlar.
Naʼmasoz kuyiga tavallo aytib,
Baxtimiz hovuchlab kelmoqda hurlar.

Ikki qaro zulfing boʻylaydi taqdir,
Borki umrimizning oʻchmas bayoni.
Men tilab olganim oʻzing Xoliqdan,
Odam tilagandek Momo Havvoni.

Sadoqat bogʻini kezamiz birga,
Burkanadi hislar gullar kabi shod.
Va olib kiraylik borliq zaminga,
Xush damlar, xush onlar etaylik bunyod.

Eski qasidasin aytadi dunyo,
Soʻnmas eʼtiqodga sodiq ikkimiz.
Biz asriy muhabbat qurmasmiz ammo,
Asrlarga tatir bizning sevgimiz.


:Xorun Muso, shoir,
Ogahiy ijod maktabi pedagog-tarbiyachisi

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#MUTOLAA_ZAVQI
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN

QISH


Quyosh otar qish tomon nayza,
Bechora qish qochadi yelib.
Yer ochadi u uchun aza,
Ko'klam turar ustidan kulib.

Muzlab qolgan yerdagi g'ubor,
Yana borliq uzra tirilar.
Bag'rin tilib yum-yum yig'lar qor,
Quvlab kelar axir arilar.

Fevral oyi tugagungacha,
Izlab yurar uni navbahor.
Burkanadi nekbin hislarga,
Ko'ngil bog'i go‘yoki gulzor.

Lek o'kinma hech qachon sen qish,
Qalbim uzra menga sheriksan.
Issiq dilga urganda ham nish,
Bil, men uchun doim tiriksan.


: Qo'ziboyev Dadaxon,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining
8-"B" sinf o‘quvchisi


O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi