Ogahiy ijod maktabi
Photo
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN
#NASR
Qoʻrquv
(hikoya)
Jamshid koʻzlari mungli, shu bilan birga chiroyli boʻlgan kampiridan soʻradi:
—Kampir mana yetmishgayam kirding, aytchi hayotda nimadan qoʻrqasan?
—Menmi, bilmasam qiziq savollarni berasiz-ey, - dedi kulimsirab.
— Ha nima qilibdi, javob berchi?
— Men hayotda yoʻqotib qoʻyishdan qoʻrqaman. Farzandlarimni, xotiramni... Xoʻsh, oʻzingizchi siz nimadan qoʻrqasiz? - dedi Lobar aya.
— Men bu hayotda seni yo‘qotishdan qoʻrqaman, kampir. Agar sen ketsang men nima qilaman. Yolvoraman meni tashlab ketma, kampirjon. Sen hali uzoq umr ko‘rishing kerak, mendanda koʻp yashashing kerak, - deydi chol o‘ksinib.
— Xoʻp, chol. Sizni butkul bezor qilmasdan ketmayman, - deydi kulib.
Jamshid ota Lobar ayaning qoʻllarini ushlab peshonasiga surta boshlaydi. Shu payt birdan Lobar ayaning ahvoli yomonlashib qoladi. Darhol doktorlar keladi. Ular Jamshid otani xonadan chiqarib tashlaydi. Jamshid ota battar xavotirga tushadi. Avval xona qattiq shovqin ko‘tariladi, ammo oxiri ichkaridan sas-sado chiqmay qoladi...
✍: Jumaniyozova Sarvinoz,
Ogahiy nomidagi ijod maktabi 9-"A" sinf o‘quvchisi
O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning telegram kanalda: 👇
🟥https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot

#MUHAMMAD_YUSUF_68
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN
LOLAQIZG'ALDOQ
(M.Yusuf she'riga nazira)
Zalvorli tog‘larda mardona kulib,
Yerdan bosh ko‘tardi lolaqizg‘aldoq.
Ta‘rifini so‘ylab, tanti yellarga,
Muhammad Yusufni kutadi mushtoq.
Boshini tik tutar,
egmaydi sira,
Hatto kechalari bosmaydi mudroq,
"Iltijo" lar qilib tongdan, shomgacha ,
Muhammad Yusufni kutadi mushtoq.
Sekin ko‘taradi, o‘z pardasin tun,
Dilkash shoirini izlar qizg‘aldoq.
Qayta ko‘rmasligin bilsa-da lekin,
Muhammad Yusufni kutadi mushtoq.
✍: Mohinur Ro‘zmatova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchisi

Non va kitob
(hikoya)
Qariya yangi joyga ko‘chgandi. Hali xonalari qaysiligini ham bilmasdi. Bir necha kitob va bir savat non har qaysi qo'liga olishga majbur bo‘ldi. Qo'llari qaltirab, tanasidan kuchi ketgan qariya qalin kitoblarni va savatni zo'rg'a ko'taryapti. Shunda nabirasi:
– Bobo, siz qaysi qo'lingizdagini ikkala qo'lingizda ushlardingiz? – dedi.
Qariya nima deb javob berishni bilmadi. Shunda o'tgan umrida qaysi biridan ko‘p foydalanganini o'ylab, nabirasiga maslahat bermoqchi edi. Ammo nabirasi savol berishga berib, xonadan chiqib ketgandi.
Qariyaning javobi og'zida qoldi va qo'lidagi savatni pastga qo'ydi.
✍: Mamatsolayeva Gulira'no,
Ogahiy ijod maktabining 7-"A" sinf o‘quvchisi
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

Yolg'on maktub
(Hikoya)
Bir kuni Laraning xonasidan "Men o'zimni o'ldirmoqchiman", deb yozilgan xatni topib olishdi. Oila a'zolarining undan shu qadar hayratga tushishgan ediki, hammasi bundan qayg'uga botdi.
Bir oydan so'ng Laraning o'zi paydo bo'ldi. Uyidagilari sevinishini ham, kuyinishini ham bilishmadi.
Laraning uyidagilari unga oldingidan sovuq munosabatda bo'lishdi: u bilan gaplashishmasdi.
Lara esa o'sha maktub topilgan xonasida o'tirgancha o'z yog'iga o‘zi qovrilardi. Eshik qiya ochildi. Singlisi Laroshfuka opasidan xabar olgani kirdi. Ular undan-bundan biroz suhbat qilgan bo'lishdi. Lara uyda nima bo'lganini bilishga intilardi. Buning uchun Laroshfukadan foydalana olardi.
Singlisi opasini battar qiynamaslik uchun aytmadi. Opasi undan qattiq xafa bo‘lishini bilgach esa hammasini bir-bir aytib berdi.
Lara bir amal qilib o'sha maktubni topib oldi. Hammasi yolg'onligini isbotlash uchun onasi oldiga bordi. Barchasi ayon bo'ldi. Lara qora perodan foydalanardi, xat esa siyohrangda yozilgan, bu Lara uchun xunuk rang edi.
Hammasi ravshan. Lara Tomasning sevgisini rad etgani uchun undan alamini olmoqchi bo'lgan, muhim ish bilan xizmat safariga ketgan Laraning xonasiga bir amallar bilan xatni tashlab ketgan. Maqsadi: uyidagilari Laradan nafratlanishini istagan.
Har safar ish beradigan bu usul bu safar hammaning Tomasdan nafratlanishi bilan yakunlandi.
✍: Qutliyeva Saida,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#NASR
Yolg'on maktub
(Hikoya)
Bir kuni Laraning xonasidan "Men o'zimni o'ldirmoqchiman", deb yozilgan xatni topib olishdi. Oila a'zolarining undan shu qadar hayratga tushishgan ediki, hammasi bundan qayg'uga botdi.
Bir oydan so'ng Laraning o'zi paydo bo'ldi. Uyidagilari sevinishini ham, kuyinishini ham bilishmadi.
Laraning uyidagilari unga oldingidan sovuq munosabatda bo'lishdi: u bilan gaplashishmasdi.
Lara esa o'sha maktub topilgan xonasida o'tirgancha o'z yog'iga o‘zi qovrilardi. Eshik qiya ochildi. Singlisi Laroshfuka opasidan xabar olgani kirdi. Ular undan-bundan biroz suhbat qilgan bo'lishdi. Lara uyda nima bo'lganini bilishga intilardi. Buning uchun Laroshfukadan foydalana olardi.
Singlisi opasini battar qiynamaslik uchun aytmadi. Opasi undan qattiq xafa bo‘lishini bilgach esa hammasini bir-bir aytib berdi.
Lara bir amal qilib o'sha maktubni topib oldi. Hammasi yolg'onligini isbotlash uchun onasi oldiga bordi. Barchasi ayon bo'ldi. Lara qora perodan foydalanardi, xat esa siyohrangda yozilgan, bu Lara uchun xunuk rang edi.
Hammasi ravshan. Lara Tomasning sevgisini rad etgani uchun undan alamini olmoqchi bo'lgan, muhim ish bilan xizmat safariga ketgan Laraning xonasiga bir amallar bilan xatni tashlab ketgan. Maqsadi: uyidagilari Laradan nafratlanishini istagan.
Har safar ish beradigan bu usul bu safar hammaning Tomasdan nafratlanishi bilan yakunlandi.
✍: Qutliyeva Saida,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN
#HIKOYA
Qanotsiz qushlar
(hikoya)
U yana shoshqoloqlik qilib kimlar bilandir baxs boylashdi:
-Ishonmaysanmi? Ishonmaysan-a? Men bor-u men, o'z ko'zlarim bilan ko'rganman. Ayamni telefonida. Hozir u telefonlari yo‘q. Sinib qolgan. Tuzatsinlar albatta ko‘rsataman.
- Yo‘g‘e?! Biz hozirgabaxs boylashdik. Kelajak uchun emas. Yo‘q. Sen aytayotgan narsa yo‘q-u, yo‘q. Nimamish, qushlarning qanoti sinsa ham tuzalib ketarmish. Xe - xe - He.
- Baribir ishonmaysan - a? Ko‘rganman deyapman-u.
- E qo‘ysang-chi . O‘zingni ham meni ham aldab nima qilasan.
- Kel unda meni kabutarlarimda sinab ko‘ramiz.
- Ola-a-a.
-Nima? Yur narigi xonada. Kamol asta qushxona tomon yo‘l oldi.
Buvasining katta qushxonasi bo‘lar edi. U yerda har xil zotli qushlar, to‘tilar bo‘lardi.Ular faqat buvasining qo‘lidan ovqat yer edi. Boshqa hech kim ularni ovqatlantira olmas edi. Buvasi Kamolga 1 ta chiroyli kabutar berdi. Kamol uni voyaga yetkazdi. Ulg‘aytirdi. Kabutar bola ochdi. Polaponladi. Ular Kamolga endi o‘rganib qolishgan edi. Hatto buvasi Kamol aka bilan ham ishlari yo‘q.Faqat Kamol bo‘lsa bo‘ldi edi. U bilan birga o‘ynashardi. U bilan birga vaqt o‘tkazishar edilar.Kimdir kabutarlarga nimadir qilmoqchi bo‘lsa, ular darrov Kamoldan panoh topishardi. Mana hozir ham Kamol xonaga kirishi bilan qafasdan otilib chiqishmoqchi bo‘lishyapti.Kamolni juda intizorlik bilan kutganlari ularni ko‘zlaridan bilinib turardi. Chinakamiga ularning ko‘zlari yonardi, porlardi. Ular Kamolni biz bilan o‘ynashga yoki bizni ovqatlantirishga keldi deb o‘ylashardi. Lekin aslida nega kelishganini bilishmas edi. Kamol jon-jahdi bilan borib qafasni ochib shartta kabutar poloponini olib qanotini sindirmoqchi bo‘lib qanotiga yopishdi. Buni ko‘rgan ona kabutar chidab turolmay Kamolni qo‘liga yopishdi. Kamol jon holatda kabutarni yerga irg‘itdi. Ko‘zini yumgancha kabutar poloponi qanotini sindirdi. Yerda yotgan ona kabutarni ko‘zidan marjon-marjon yosh oqa boshladi. Polopon bir holatda Kamolga shunday qaradi, Kamol endigina tushinib yetganini. Poloponni qafasga qo‘yar ekan, uning ham ko‘zidan asta yosh siza boshladi. Ona kabutarni oyog‘i ham singan edi. Uni ham olib qafasga joyladi. Lekin qafasni eshigini ochiq qoldirdi. Bu rostakamiga majruh qilish edi. U ko‘z yoshlarini yashirgancha xonasi tomon yo‘l oldi. Oqshom kirdi. U kabutarlarni holidan xabar olish uchun kelgandi. O‘zgarish yo‘q edi. U kabutarlarni ovqatlantirmoqchi bo‘lib ko‘rdi. Unashmadi.Ovqatni qafas ichida qoldirdi.Qafasning haliyam eshigi ochiq.Kabutarlar erta tongga yetib bormay omonatini topshirishdi.Kabutarlar kutmagan vaqtda eng yaqin insonidan bu og‘ir zarbani ko‘tara olishmadi. Bobosidan qolgan yagona esdalikni ham o‘z qo‘li bilan bobosining oldiga yuborishdi. Qafasni ko‘rgan Kamolni dami ichiga tushib ketdi-yu, piqillab yig'lab yubordi...
✍: Dilnura Begmatova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi
Bizning telegram kanalimiz:

🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸
Haqiqat
(hikoya)
Kunlardan bir kun suv bilan nihol uchrashib qolishibdi va doʻst boʻlishga ahd qilishibdi.Vaqt oʻtishi bilan nihol oʻzini suv yonida nihoyatda baxtli his qila boshladi va suvni yoqtirib qoldi.Birinchi marta yoqtirib qolgan nihol "Faqat sen uchun ey, suv"deya boʻy choʻza boshladi.Kunlar oʻtib suv ham gulni yoqtirib qoldi.Oylar bir-birini quvlab oʻtar va nihol "suv ham meni yoqtirarmikan "deb oʻylay boshladi.Chunki suv niholga unchalik e'tibor bermasdi.Nihol esa bunday e'tiborsizliklarga oʻrganmagan edi.Bular jon -jondan oʻtib ketgan nihol suvga
-seni yaxshi koʻraman,-dedi.
Suv:
-Men ham seni yaxshi koʻraman, - dedi.Oradan yana ancha vaqt oʻtdi.Nihol yana :
-Seni yaxshi koʻraman, - dedi.
Suv esa :
-Aytdim-ku men ham seni yaxshi koʻraman deb javob berdi beoʻxshov suv.Oradan qanchadir vaqt oʻtar-oʻtmas, nihol qurib qoldi.Suv ajali yetgandir deb oʻylardi.Bilmas ediki, nihol nega qurib qolganini .Niholning qurib qolgani suvga zarracha ham ta'sir qilmadi.Pinagini buzgani ham yoʻq.
Bu voqealarni kuzatib turgan chinor bularga chiday olmay soʻzga kirdi:
- Eh,sizlar hali yoshsizda.Sen hali ham tushunmadingmi? Nihol suvsizlikdan qurib qoldi...
✍: Begmatova Dilnura
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" o'quvchisi

Qayg'uli kun
(hikoya)
Tabiat go'zalligi quyosh nuri ostida yarqirardi.
Qayg‘u xuddi qora bulutlarday uning qalbini egallab olgan. Uning ko'nglidagi mungli sado xuddiki butun koinotda yangraydi. Tabiat ham uning dardlarini tushungandek o'kirib-o'kirib yig'laydi.
Soliha bugun o'n beshga kiradi. U sevimli oilasidan uzoqda. Ertalab uni sinfdoshlari tabriklashdi, sovg'alar berishdi. Lekin oilasidan hech kim kela olmadi, hatto qo'ng'iroq qilib ham tabriklab qo'yishmadi, Solihaning ko'ngli shundan g'ash edi.
U ertasiga maktabidan ruxsat olib uyiga yo'l oldi. Yo‘lda ketarkan, u baxtiyor edi. Chunki u tez orada uyidagilarini, eng asosiysi onasini ko'rar edi.
Soliha nihoyat uy eshigini ochib ilk qadamini qo'yishi bilan opasi Mohirani ko'rdi. Uning ko'zlari shishgan, dunyoni oqizib yuboradigan darajada yosh oqardi.
– Assalomu alaykum, opa!
Opasi salomiga alik olmay uni qattiq quchoqladi.
– Singlim, bardam bo'l, – dedi titroq ovozda. – Onam... onamni berib qo'ydik...
Soliha seskanib ketdi. Onasi kasal edi, ammo telefon orqali gaplashgandi buni sezdirmagan ekan.
Uning ko'z yoshlari, uning dardi tabiatga ta'sir qilgandek osmondagi bulutlar ko'z yoshi qildi...
✍: Bahodirova Komila,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o'quvchisi

Hayot zavqi
(hikoya)
Tabiatning mayin ifori butun dunyo shovqini bilan aralashgancha qalblarga orom bagʻishlovchi kun. Shunday zavqli bir kunda qiz va yigit o‘zaro suhbat qurishardi. To‘satdan qiz yigitga yuzlandi:
– Ayting-chi, Kamol aka, siz uchun hayot zavqi nimada?
Hech qachon bunaqangi g‘alati savolni eshitmagan Kamol jilmaydi.
– Hayot zavqimi? - biroz o‘ylandi, - hayot insonga berilgan imkoniyat bo‘lsa, sening tabassuming men uchun hayot zavqi. Shu betakror tabassumingni ko‘rganim sayin hayotga boʻlgan muhabbatim yanada ortib boraveradi...
✍: Bahodirova Komila,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-“A” sinf oʻquvchisi

Iltijo
(hikoya)
(Jumanazar Yo‘ldoshning "Tangrim, qanot ber menga..." nomli she'ridan ta'sirlanib)
Qorong‘u tunning go‘zalligi oy va yulduzlar yorug‘ligida juda hashamdor ko'rinadi. Bu yorug‘ gavharlarning sirli suhbati ularga termilib o‘tirgan badbaxt shoirning qismatini eslatadi.
Shoir yigitning oddiy hayoti bor edi. Achinarlisi shundaki, uning ota-onasi ajrashib, uni bolalar uyiga berib yuborishgan edi. O‘sha bolalar uyida shoir yigit bir qizga juda qattiq bog‘lanib qoldi. U qiz shundayin aqlli va sodda ediki, uning nozik qalbi yigitning tuyg'ularini qadrlardi. Bu ikki qalbning tuyg'ularini ko‘rolmagan taqdir ularning yo‘llarini ayro qildi: qizni bir oila o‘z qaramog‘iga oldi. Shoir yigit o‘sha qizni topishga ahd qildi.
Yillar bulut kabi suzib o‘tdi. Shoir yigit endi umidsizlikka tushayotgan bir paytda o‘sha qizning manzilini topdi. O‘z olamidagi zulmatni yo'qotib yuboruvchi quyosh uni o‘sha manzil tomon chorladi.
Yigit uy oldiga kelib to‘xtadi, eshikni taqillatdi.
Eshik ochildi-yu, ko‘zlar o‘q kabi ko'zlarga qadaldi. Ikki qalb bir-birlarini ko‘zlaridan tanishdi. Ichkaridan kichkina bolakayning onasini chaqirgan ovozi eshitildi. Shoirning yuragi shu bir soniyada urishdan to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Bu o‘sha qizning farzandi edi...
O‘sha kuni yigit qalbidagi nido ushbu satrlarga ko‘chdi:
Tangrim, qanot ber menga,
O'tinchim yolg'iz senga.
Men mangu la'nat aytgum,
Qanotsiz har kunimga...
✍: Komila Bahodirova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#NASR
Iltijo
(hikoya)
(Jumanazar Yo‘ldoshning "Tangrim, qanot ber menga..." nomli she'ridan ta'sirlanib)
Qorong‘u tunning go‘zalligi oy va yulduzlar yorug‘ligida juda hashamdor ko'rinadi. Bu yorug‘ gavharlarning sirli suhbati ularga termilib o‘tirgan badbaxt shoirning qismatini eslatadi.
Shoir yigitning oddiy hayoti bor edi. Achinarlisi shundaki, uning ota-onasi ajrashib, uni bolalar uyiga berib yuborishgan edi. O‘sha bolalar uyida shoir yigit bir qizga juda qattiq bog‘lanib qoldi. U qiz shundayin aqlli va sodda ediki, uning nozik qalbi yigitning tuyg'ularini qadrlardi. Bu ikki qalbning tuyg'ularini ko‘rolmagan taqdir ularning yo‘llarini ayro qildi: qizni bir oila o‘z qaramog‘iga oldi. Shoir yigit o‘sha qizni topishga ahd qildi.
Yillar bulut kabi suzib o‘tdi. Shoir yigit endi umidsizlikka tushayotgan bir paytda o‘sha qizning manzilini topdi. O‘z olamidagi zulmatni yo'qotib yuboruvchi quyosh uni o‘sha manzil tomon chorladi.
Yigit uy oldiga kelib to‘xtadi, eshikni taqillatdi.
Eshik ochildi-yu, ko‘zlar o‘q kabi ko'zlarga qadaldi. Ikki qalb bir-birlarini ko‘zlaridan tanishdi. Ichkaridan kichkina bolakayning onasini chaqirgan ovozi eshitildi. Shoirning yuragi shu bir soniyada urishdan to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Bu o‘sha qizning farzandi edi...
O‘sha kuni yigit qalbidagi nido ushbu satrlarga ko‘chdi:
Tangrim, qanot ber menga,
O'tinchim yolg'iz senga.
Men mangu la'nat aytgum,
Qanotsiz har kunimga...
✍: Komila Bahodirova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN
#NASR
Telba
(hikoya)
U har doim qo'lida shisha bilan yuradi. Hamma unga past nazar bilan qarashar, undan uzoqda yurishardi. Har kuni u qayoqqadir ketib qolardi. Qayerga ketishini uyidagilardan boshqa hech kim bilmasdi. Xotini uning bu yurishidan hech ham uyalmas, odamlarning gapiga parvo qilmasdi.
Bir kuni u uyiga kelib xotiniga:
– Senga bir gap aytaman, faqat yig'lama. Meni o‘limimdan so‘ng hamma haqiqatni odamlarga aytib ber, yaqinda o‘lsam kerak...
Xotini mo‘ltiragan ko‘zlarida yosh bilan jim qoldi, hatto "Xo‘p" deyishga ham madori qolmadi.
Haqiqatdan ham besh kundan keyin uning jasadini yo‘ldan topishdi.
Janoza kuni uning tobutini qishloqdoshlari ko‘tarishga or qilishdi. "Battar bo‘lsin, har doim ichib yurardi, telba edi", deyishdi. O‘sha yerdan o‘tib ketayotgan ikki kishi Alloh yo‘lida tobutni yelkasi uzra ko‘tarishdi. Qabristonga ko‘mib qaytishgach, marhumning xotini yoniga kelishdi, xotini unga marhumning aslida qanday inson ekanini so‘zlab berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, marhum uzoqdagi masjidda namoz o‘qirkan, yo‘lda ko‘rgan bo‘sh shishalarni ko‘tarib kelarkan...
✍: Rustamova Sabrina,