Azizbek Ochilboyev | official
348 subscribers
5.86K photos
499 videos
27 files
1.04K links
"Ishbilarmon mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir".

(Amir Temur)

Murojaat: @Ochilboyev_Azizbek_officialbot
Download Telegram
#tanlov

Qadringga yetganni qadrdoni bo'l, deydilar. Hayot o'zgarishlardan, ba'zida keskin burilishlardan iborat. Barchasida doimo bir hikmat bo'ladi. Alloh Taolo bandasiga o'zi istaganidanda ortig'ini beradi.

Daraxt bir joyda ko'karadi, degan gap ham bor gap. Lekin bu yerda daraxtning joylashuvi ham muhim ahamiyatga ega. Shunday daraxtlar bor iqlim sabab, ob-havo, sharoit sabab siz istagan joyda ko'karmaydi. Shunday daraxtlar bor, keraksiz daraxtlarning soyasida qolib, o'sishdan to'xtaydi, nur qidiradi!

Inson hamisha yangi chaqiriqlarga tayyor turishi kerak. Inson - kurashchi bo'lishi kerak. Buguni uchun, ertasi uchun kurashishi kerak.

Men ham hayotimda bir o'zgarishga qo'l urmoqchiman. Bu o'zgarish qanchalik muhim, bilmadim.

Partiyaviylikni o'zgartirmoqchiman. "Milliy tiklanish" demokratik partiyasiga berganlarimga roziman, olganlarimga u rozi bo'lsin. Ushbu jamoada faoliyat yuritganimdan xursandman. Siz eng zo'risiz! Ammo menga o'zgarish kerak, nur kerak, aks holda, yuqoridagi daraxt kabi o'sishdan to'xtayman. Partiya yomon emas, partiyaga yomon ko'z bilan qaramang, undagi insonlarga nazar soling.

2 yillik a'zolik davrimda bu yerda, menimcha, o'z o'rnimni topolmadim. Urildim, turtildim, lekin aniq pozitsiyamni topolmadim. Bu ham bir yaxshilikka.

Bu yerdan ketib, boshqa partiyaga a'zo bo'lamanmi yo'qmi bilmadim. A'zo bo'lgan taqdirimda ham bitta variantim bor, xolos. Alloh hayrli qilsin ilohim!

#yangidavr #yangibosqich #yangichaqiriq

@Ochilboyev_Azizbek_official