Azizbek Ochilboyev | official
349 subscribers
5.86K photos
499 videos
27 files
1.04K links
"Ishbilarmon mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir".

(Amir Temur)

Murojaat: @Ochilboyev_Azizbek_officialbot
Download Telegram
#tanlov

Qadringga yetganni qadrdoni bo'l, deydilar. Hayot o'zgarishlardan, ba'zida keskin burilishlardan iborat. Barchasida doimo bir hikmat bo'ladi. Alloh Taolo bandasiga o'zi istaganidanda ortig'ini beradi.

Daraxt bir joyda ko'karadi, degan gap ham bor gap. Lekin bu yerda daraxtning joylashuvi ham muhim ahamiyatga ega. Shunday daraxtlar bor iqlim sabab, ob-havo, sharoit sabab siz istagan joyda ko'karmaydi. Shunday daraxtlar bor, keraksiz daraxtlarning soyasida qolib, o'sishdan to'xtaydi, nur qidiradi!

Inson hamisha yangi chaqiriqlarga tayyor turishi kerak. Inson - kurashchi bo'lishi kerak. Buguni uchun, ertasi uchun kurashishi kerak.

Men ham hayotimda bir o'zgarishga qo'l urmoqchiman. Bu o'zgarish qanchalik muhim, bilmadim.

Partiyaviylikni o'zgartirmoqchiman. "Milliy tiklanish" demokratik partiyasiga berganlarimga roziman, olganlarimga u rozi bo'lsin. Ushbu jamoada faoliyat yuritganimdan xursandman. Siz eng zo'risiz! Ammo menga o'zgarish kerak, nur kerak, aks holda, yuqoridagi daraxt kabi o'sishdan to'xtayman. Partiya yomon emas, partiyaga yomon ko'z bilan qaramang, undagi insonlarga nazar soling.

2 yillik a'zolik davrimda bu yerda, menimcha, o'z o'rnimni topolmadim. Urildim, turtildim, lekin aniq pozitsiyamni topolmadim. Bu ham bir yaxshilikka.

Bu yerdan ketib, boshqa partiyaga a'zo bo'lamanmi yo'qmi bilmadim. A'zo bo'lgan taqdirimda ham bitta variantim bor, xolos. Alloh hayrli qilsin ilohim!

#yangidavr #yangibosqich #yangichaqiriq

@Ochilboyev_Azizbek_official
Forwarded from Yorqinjon HAYITBOYEV
Tanlov 2023.pdf
269.4 KB
#Tanlov
#Shaxsiy_kutubxona

🌟Yorqinjon Hayitboyev shaxsiy kutubxonasi tomonidan "Boringizga shukur, ayajonginam" ijodiy tanlovi e'lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun video lavhalar 10-yanvardan 1-martga qadar qabul qilinadi. G‘oliblar 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida e’lon qilinadi. 1-2-3-o‘rin sohiblariga shaxsiy kutubxona tomonidan diplom va (kitob) maxsus sovg‘a taqdim etiladi.

Tanlov haqida batafsil ma'lumot olish uchun yuqoridagi pdf bilan tanishib chiqing yoki quyidagi havola ustiga bosing: https://telegra.ph/Boringizga-shukur-ayajonginam-ijodiy-tanlovi-01-08

Barchangizga omad yor bo'lsin!

@Men_Yorqinjonman
👌6
#baxtli_bolalik
#tanlov
#aksiya

Joriy yilning 3-iyun kuni Poytaxt sardorlari tomonidan o'quvchi-yoshlaring yozgi ta'tillarini mazmunli tashkil etish, 1-iyun - "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"ni keng nishonlash, bolalarni vatanparvarlik ruhida sog'lom va barkamol avlod etib tarbiyalash maqsadida "Baxtli bolalik" loyihasi o'tkaziladi.

👉 Loyiha doirasida quyidagi tanlov va aksiyalar bo'lib o'tadi:
- "Sahovatli bolalar" aksiyasi;
- "Kelajakda men..." mavzusidagi insholar tanlovi;
- Varraklar sayli;
- "Men yulduzman" bolalar vokal tanlovi;
- "Yulduzcha" bolalar raqs tanlovi.

👉 Batafsil

🚀Barcha poytaxt yoshlarini faollika chorlab qolamiz. Tanlovlarda ishtirok eting va g'oliblar qatoridan joy egallang!

🔎
@Ochilboyev_Azizbek_official
👍4🔥3❤‍🔥2🕊21
Dizayner va rassomlar diqqatiga! ❗️

16 yoshdan katta bo‘lgan havaskor, professional dizayner va rassomlar uchun Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy xizmatchilari uchun yagona namunadagi milliy formali kiyim rusumini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.

Ishlanmalar 2024-yil 30-yanvar kuni soat 18:00ga qadar Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 100-uy manzili bo‘yicha Mudofaa vazirligining ruxsatnomalar byurosida qabul qilinadi.

G‘oliblar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:

🥇10 million so‘m;
🥈7 million so‘m;
🥉 5 million so‘m.

Tanlov shartlari bilan batafsil havola orqali tanishib chiqing:
👉 https://mudofaa.uz/37635/

#Tanlov #Mudofaa

🕊 @Ochilboyev_Azizbek_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥4👍2🔥1
🟥🟥🟥 #tashkiliy_guruh

Ochilboyev Azizbek Baxodirjon o'g'li - "Universe" volontyorlar maktabi rahbari!

📝 Bugungi kunda Azizbek Ochilboyev O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi va Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyida xodimlar bo'limi noziri sifatida faoliyat yuritadi.

#yoshlaragentligi #universe #uva #tanlov

🕊@universe_volontyorlar_maktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤‍🔥11🔥1👌1
🟩🟩🟩 #maqolalar_tanlovi

🟦 Iqtidorli yosh vatandoshlar uchun "Yangi O'zbekiston - mening nigohimda" nomli maqolalar tanlovi!

📝 Talablar:

- 18 yoshga to'lgan va hali 31 yoshga to'lmagan yosh vatandoshlar va "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiatlari qatnashishi mumkin;
- Kelib chiqishi O'zbekiston Respublikasidan bo'lgan, xorijga chiqqan va xorijiy davlat fuqaroligini yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs maqomini olgan shaxslar ham ishtirok etishi mumkin.


🏆 Foydali tomonlari:

- 1-o'rin - Apple Macbook noutbugi;
- 2-o'rin - Apple iPad 11 pro plansheti;
- 3-o'rin - Apple iPad 9 plansheti;
- 7 nafargacha boʻlgan saralangan nomzodlarning har biriga Apple smart watch beriladi.

Oxirgi muddat: 30.04.2024-yil

➡️ Batafsil: https://grantgo.uz/go/44930

#yoshlaragentligi #universe #uva #tanlov

🕊@universe_volontyorlar_maktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤‍🔥1🔥1
Forwarded from Ochilboyev.uz
"Bizning yurak sevish uchun yaralmagan" nomli kitobni qo'lga kiritishni istaysizmi?

30-iyun - "Yoshlar kuni" munosabati bilan maxsus tanlovga start beramiz. G'oliblar "Bizning yurak sevish uchun yaralmagan" nomli kitobimizni qo'lga kiritadilar.

📌 Tanlov shartlari juda oddiy: @ochilboyev_uz kanaliga a'zo bo'lasiz, mazkur e'lonni 5 ta kanal va 5 ta guruhga yuborasiz va isbot tariqasida skrinshotlarini @ochilboyev_tanlovi manziliga yuborasiz!

Barcha shartlarni bajarganingizdan so'ng sizga maxsus raqam beriladi. G'oliblar 30-iyun kuni "random" (ixtiyoriy tanlov) orqali aniqlanadi.

🏆 5 nafar g'olibga maxsus tilaklar va dastxat tushirilgan kitob sovg'a qilinadi!

#ochilboyev #azizbek #tanlov #faoliyat

🔎 @ochilboyev_uz
🔥6👍3❤‍🔥11🤩1🏆1