Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologik kanali
358 subscribers
5.52K photos
402 videos
4 files
1.2K links
Download Telegram
Forwarded from Sardor Salimov
#PTMA_Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi Жорий йилнинг 18 октябр куни Президент таълим муассасалари Агентлиги Нурота туман ихтисослаштирилган мактабида Ўзбек тилига давлат тили мақоми берилганлигининг 33 йиллиги муносабати билан 8-11 синф ўқувчилари ўртасида "Заковат" интеллектуал ўйини ўтказилди. 6 та жамоа қатнашган беллашувларда ўқувчилар тарих, фалсафа, география, спорт, адабиёт ва санъат мавзулари бўйича тайёрланган 15 та саволга жавоб топишга ҳаракат қилишди. Якуний натижаларга кўра, 10 балл билан 9-А синф ўқувчилари 1-ўринни, 9 балл тўплаган 8-А синф ўқувчилари 2-ўринни, 6 балл жамғарган 11-А синф ўқувчилари 3-ўринни қўлга киритишди. Ғолиблар 21 октябр куни тил байрами арафасида тақдирланади.
Forwarded from Sardor Salimov
#PTMA_Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi Joriy yilning 19 oktyabr kuni Nurota tuman axborot kutubxona markazida Prezident ta'lim
muassasalari Agentligi tizimidagi Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari
ishtirokida “Til bor ekan, millat barhayot” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Davra suhbatida Nurota tuman ma'naviyat vva ma'rifat bo'limi rahbari O'.Karimov, Nurota tuman axborot kutubxona markazi bo'lim boshlig'i Z.Ibragimova hamda shoira Zuhro Sharipovalar ishtirok etishdi.
Davra suhbatida so'zga chiqqanlar, o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishining tarixi,
tilning millat taqdiridagi o'rni, o'zbek tilini rivojlantirish va dunyo miqyosida yanada
ommalashtirishda yosh avlodning o'rni to'g'risida o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tishdi.
Davra suhbati yakunida o'quvchilar Nurota tuman hokimligi tomonidan o'tkazilayotgan, ona
tilimiz targ'ibotiga bag'ishlangan chellendjda ham qatnashdilar.
👍4
Forwarded from Sardor Salimov
#PTMA_Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi Joriy yilning 24 oktyabr kuni Prezident ta'lim muassasalari Agentligi tizimidagi Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 21 oktyabr – O'zbek tili bayrami munosabati bilan o'tkazilgan tanlovlarda g'oliblikni qo'lga kiritganlar va faol ishtirok etganlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Taqdirlash marosimida “Zakovat” intellektual o'yini, esselar, ijodiy ishlar, videoroliklar va insholar tanlovi g'olib hamda sovrindorlari qatnashdilar. O'quvchilarga diplom va kitoblar taqdim etildi.
Forwarded from Sardor Salimov
#CHSB_Live #PTMA_Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi Imtihonlarni yakunlagan o'quvchilarga bayramona kayfiyat bag'ishlash maqsadida kofe-breyk tashkil etildi.
Forwarded from Sardor Salimov
#CHSB_Live #PTMA_Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi 2-smena imtihonlari boshlanishi oldidan "Imtihondagi do'stimga omad!" chellenji davom ettirildi!
Forwarded from Sardor Salimov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#CHSB_Live #PTMA_Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi Maktabimizning 11-A sinf o'quvchisi Nosirova Intizor imtihon jarayonlaridan olgan taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Forwarded from Sardor Salimov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ChSB #PTMA_Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi Joriy yilning 2 noyabr kuni Prezident ta'lim muassasalari Agentligi tizimidagi Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida dastlabki choraklik summativ baholash imtihonlari ko'tarinki kayfiyatda o'tkazildi.
#PTMA_Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
Joriy yilning 3-dekabr kuni Prezident ta'lim muassasalari Agentligi tizimidagi Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 8-dekabr O'zbekiston respublikasi davlat konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan "Konstitutsiya farovon hayotimiz kafolati" shiori ostida “Zakovat” intellektual o'yini o'tkazildi.
https://t.iss.one/Nurota_IM
👍1
#PTMA_Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
Joriy yilning 5-dekabr kuni Prezident ta'lim muassasalari Agentligi tizimidagi Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 8-dekabr O'zbekiston respublikasi davlat konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan "Konstitutsiya farovon hayotimiz kafolati" mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi.
https://t.iss.one/Nurota_IM
#PTMA_Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi                                                                                                                                          
Joriy yilning 7-dekabr kuni Prezident ta'lim muassasalari Agentligi tizimidagi Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 8-dekabr O'zbekiston respublikasi davlat konstitutsiyasi qabul qilingan kun  munosabati bilan "Konstitutsiya farovon hayotimiz kafolati" mavzusida devoriy gazetalar tanlovi o'tkazildi.
https://t.iss.one/Nurota_IM
👍3