Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologik kanali
361 subscribers
5.52K photos
402 videos
4 files
1.19K links
Download Telegram
#imtihon_2025
#Jasorat_maktablari

🤩 Ayni damda Jasorat maktablari uchun kirish imtihonlari boshlandi!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

#imtihon_2025

🔴 Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari bo’lib o‘tmoqda.

Bugun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi va filiallariga hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul imtihonlari tashkil etiladi.

📊 Ma’lumot o‘rnida: tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga jami 62 497 ta ariza kelib tushgan.

Bitta o’ringa 38 nafar talabgor to‘g‘ri kelmoqda.


Xususan:

📍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga – 55 154 ta;
📍Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga – 4 250 ta,
📍Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga– 3 093 ta hujjat kelib tushgan.

🌐 JONLI EFIR

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2025 

🤩 Ijod maktablarining 3-bosqich hamda Al-Beruniy nomidagi xalqora maktabiga kirish imtihonlarining 1-bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

🗣Ma‘lumot uchun, ijod maktablarining 1- va 2- bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tgan edi.

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktabining 2-bosqich kirish imtihoni to'g'risida qo'shimcha ma'lumot beriladi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2025

🤩 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga birinchi bosqich kirish imtihonlari mamlakatimizning 13 ta hududida bo‘lib o‘tdi.

Yurtimiz ta’lim tizimida yangi bosqich hisoblangan ushbu maktabga kirish uchun 16 532 ta talabgor o‘quvchidan ariza kelib tushgan.

Ma’lumot uchun: birinchi bosqich sinov jarayonlari matematika  va ingliz tili fanlaridan (har bir fan bo‘yicha 40 ta topshiriqdan iborat test shaklida) tashkil etildi.


📹Bugungi kun jarayonlaridan lavha

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉 Tug‘ilgan kun muborak, Mushfiqa! 🎂

Bugun – sening eng go‘zal kuning!
Sodda va begʻubor qalbing, doimiy tartibliliging bilan har doim atrofdagilarga iliqlik ulashib kelayapsan.

Hayotingda faqat ezgu tilaklar amalga oshsin, doimo sog‘-salomat, baxtli va omadli bo‘l!
Yuzingdan tabassuming, qalbingdan orzularing aslo arimasin!

Yana bir bor tug‘ilgan kuning muborak bo‘lsin, Mushfiqa! 🌸
🎉11
Forwarded from Alisher Ubbiyev
#IlmKelajakPoydevori

YANGI BOSQICH — YANGI MAS’ULIYAT

Bugun Prezidentimizning ishonchi va Hukumatimiz qarori bilan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori lavozimiga tayinlandim.

Bu ishonch — sharaf, bu ishonch — yelkamga yuksak mas’uliyat yuklaydi.

So‘nggi 6 yil davomida taʼlim sohasida xizmat qilish menga katta hayotiy maktab bo‘ldi. Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgan ta’lim muassasalarida  rahbarlik qilish jarayonida boy tajriba to‘pladim.

Endi esa bu tajriba va bilimlarni hududimizdagi yetakchi oliygoh — Nukus davlat pedagogika institutida amalga oshirish vaqti keldi.

Rejalarimiz katta, niyatlarimiz ulug‘:
ta’limda zamonaviy metodlarni joriy qilish,
xalqaro hamkorlikni kengaytirish,
o‘qituvchi salohiyatini oshirish,
talabalarimizga global raqobatga tayyor bilim va ko‘nikmalarni berish.

Ishonamanki, barchangizning yelkama-yelka yordamingiz bilan bu oliygohni hududdagi ilmiy va pedagogik taraqqiyot markaziga aylantiramiz.

Kelajak uchun birgalikda harakat qilamiz!

Hurmat bilan,
Alisher Ubbiyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi lavozim, yuksak ishonch muborak!

Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Umarova Hilola O‘ktamovna Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Endilikda Hilola O‘ktamovna nafaqat maktabgacha va maktab ta’limidagi islohotlarda faoliyat olib boradi, balki yangi O‘zbekistonda hurmatli Prezidentimiz boshchiligidagi keng qamrovli ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarda mas’ul sifatida ishtirok etadi.

Aytish mumkinki, keyingi yillarda yurtimizda “maktabgacha-maktab-oliy ta’lim-malaka oshirish” yagona tizimi vujudga keldi.

Shuningdek:

tizimni korrupsiyasiz sohaga aylantirishga doir ishlar jadal davom ettirildi hamda pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, maktabga qabul, turli ta’lim xizmatlari to‘liq raqamlashtirildi;

vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi, Al-Xorazmiy universiteti, Al-Beruniy nomidagi maktab-internati, Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablari kabi qator ta’lim maskanlari, “Renessans” bolalar oromgohi faoliyati yo‘lga qo‘yildi;

yangi summativ va formativ baholash tizimi bosqichma-bosqich umumta’lim maktablariga joriy etila boshlandi;

umumta’lim maktablari direktorligiga nomzodlarni menejerlik kurslariga o‘qitish va ularni Direktorlar kengashi orqali tayinlash tizimi yo‘lga qo‘yildi;

maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 77 foizga, 6 yoshli bolalar qamrovi 96 foizga yetkazildi;

o‘quvchilarning xalqaro fan olimpiadalardagi yutuqlari soni keskin oshdi hamda ushbu toifadagi olimpiadalarda 2023-yilda 91 ta, 2024-yilda 128 ta, 2025-yilning o‘tgan vaqti davomida 170 ta turli darajadagi medal qo‘lga kiritildi;

o‘quvchilar o‘rtasida “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovlari yo‘lga qo‘yildi;

yangi tashkil etilayotgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblariga uy sovg‘a qilinishi tartibi joriy etildi.

Sohaga doir bu kabi katta islohotlarni uzoq sanash mumkin. Muhimi, ular izchil davom ettiriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Hilola O‘ktamovnaga kelgusi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab, yuksak ishonch bilan yana bir bor qutlab qoladi!

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
📢 E’LON: Al-Beruniy nomidagi Xalqaro maktab-internatiga kirish imtihonining 2-BOSQICHI haqida

🔹 Fanlar: Matematika va Ingliz tili
🔹 Shakl: Yozma ish shaklida

Ingliz tili bo‘yicha yozma ish imtihonlari Buyuk Britaniyaning British Council tashkiloti bilan
hamkorlikda o‘tkaziladi.

🔍 British Council vakillari testlarni tuzish, imtihonni o'tkazish, javoblarni tekshirish va natijalarni e'lon qilish uchun mas'uldir:

✍️ Yozma ish quyidagi 4 qismdan iborat bo‘lib, o'quvchilarni yozish va fikrlash qobiliyati baholanadi.
(50 daqiqa):

1. Word-level writing (around 3 minutes) – Short responses to five simple messages.
2. Short text writing (around 7 minutes) – One response of
20–30 words to a basic prompt.
3. Three short responses (around 10 minutes) – Informal replies of 30–40 words each to simulated forum-style questions.
4. Formal essay (around 30 minutes) – A structured response of 220–250 words to an opinion-based question.

Test bo'yicha yo'riqnoma bilan tanishing.

@alberuniyuzb
#Jasorat_maktabi

📣 Hurmatli ota-onalar!

🤩 Joriy yilning 17-18-iyul kunlari "Jasorat maktablari"ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich — jismoniy tayyorgarlik sinovlari boʻlib oʻtadi!

⚡️ Jarayonlar ertaga — 17-iyul kuni soat 8:00 da quyidagi manzillarda boshlanadi.

Maʼlumot uchun: ushbu sinovlarda har bir oʻquvchiga 5 tadan jismoniy mashq beriladi hamda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining turlari va mezonlariga muvofiq 50 ballik tizim asosida baholanadi.

❗️ Bu muhim: talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari shart.

📞 Qoʻshimcha maʻlumotlar uchun tel: 1206

Bizni kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishga_taklif

⚡️Navoiy shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga vakant e’lon qiladi:

Kadrlar bo'yicha menejer
Iqtisod va biznes fani o'qituvchisi
O’quv bo’limi uslubchisi
Xo'jalik ishlari mudiri
Suzish bo'yicha instruktor

Talablar:
✔️Oliy ma’lumotli;
✔️Til bilish sertifikatiga ega bo’lishi;
✔️O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
✔️Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
✔️Ishga mas’uliyat bilan yondashishi va kirishuvchanlik talab etiladi.

Imkoniyatlar:
🔴Ahil va professional jamoa;
🔴Doimiy malakaviy o‘sish;
🔴Iqtidorli o‘quvchilar;
🔴Xalqaro konferensiya va treninglar;
🔴Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

📌Nomzodlarning arizalari joriy yilning 25-iyul kuniga qadar qabul qilinadi.

📁Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi:
Ro'yxatdan o'tish❗️

Telegram | Facebook
1
Forwarded from Pedkadr.tdi.uz
#Диққат_эълон

📣 HURMATLI BITIRUVCHILAR!

✈️ Siz JANUBIY KOREYAdagi kasb-hunar maktablarida o'qishni davom ettirishni istaysizmi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekistondagi Koreya Ta'lim markazi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarining 9- yoki 10-sinflarini bitirgan o‘quvchilari uchun 2026-yilda:


📍Aviatsiya muhandisligi maktabi;
📍Kumoh texnika yuqori sinf maktabi;
📍Chungnam Internet o‘rta maktabi;
📍Chonnam kelajak Xalqaro o‘rta maktabida o‘qish imkoniyati yaratildi.

Mazkur dasturda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzodlar:


9- yoki 10-sinfni bitirgan bo‘lishi;
Koreys tilidan kamida TOPIK 2 sertifikatga ega bo‘lishi;
2008-yil 1-iyuldan keyin tug'ilgan bo‘lishi lozim.

Bunda quyidagi hujjatlar talab etiladi:


Ariza shakli;
O‘zini tanishtirish xati;
O‘qish rejasi;
Maktab direktoridan tavsiyanoma;
Rozilik xati;
Shaxsiy tibbiy baholash va yo‘riqnomada ko‘rsatilgan boshqa hujjatlar.

Barcha hujjatlar bitta pdf shaklga keltirilib, 16-iyuldan 18-iyulga qadar [email protected] manziliga yuborilishi lozim.

ESLATMA


❗️Barcha hujjatlar koreys yoki ingliz tilida to‘ldirilishi hamda ingliz (koreys) tiliga notarial tarjima qilinishi talab etiladi.

📞 Murojaat uchun: +998 71 291 81 82 (ichki raqam 118)

©️Мактабгача ва мактаб таълим вазирлиги

Murojaatlar uchun:
@pkatdi_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

OʻQITUVCHILAR OʻRTASIDA NAVBATDAGI RESPUBLIKA OLIMPIADASI OʻTKAZILMOQDA!

⚡️Biologiya, matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan Oʻqituvchilar oʻrtasida Respublika olimpiadasi tashkil etilmoqda!

Olimpiada 3 bosqichda boʻlib oʻtadi:
Tuman/shahar bosqichi,
Hududiy bosqich,
Respublika bosqichi.

Olimpiadada ishtirok etish istagida boʻlganlar dastlab joriy yilning 1-avgust kuniga qadar ushbu platformada roʻyxatdan oʻtishlari lozim.

Roʻyxatdan oʻtish boʻyicha video-yoʻriqnoma 👈

🔰Respublika bosqichida fanlar kesimida eng yaxshi natija ko‘rsatgan 10 nafar ishtirokchilar Fan olimpiadalari markazining "Fan kengashi" a'zoligiga qabul qilinadi.

Aziz ustozlar!
Barchangizni olimpiadada faol ishtirok etishga chaqiramiz!

🕊Telegram 📱Instagram 📱 Facebook📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM