Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologik kanali
346 subscribers
3.9K photos
182 videos
4 files
731 links
Download Telegram
#Nurota_tuman_IM

Joriy yilning 7 fevral sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo’naltirish hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan oliy harbiy bilim yurtlari to’g’risida ma’lumot berish maqsadida “Harbiylik – sharafli kasb” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Nurota tuman Mudofaa ishlari bo’limi boshlig’ining o’rinbosari S.Botirov, tuman Ishki ishlar bo’limi xotin-qizlar masalalari bo’yicha katta inspektori G.Suvonova, ixtisoslashtirilgan maktabning MMIBDO’ S.Salimov va ta’lim muassasasining ChQBT rahbari Sh.Rahmonovlar ishtirok etib, Ichki ishlar hamda Mudofaa vazirliklari tasarrufidagi harbiy sohaga ixtisoslashgan oliy o’quv yurtlari faoliyati, ulardagi yo’nalishlar, imtihon jarayonlari to’g’risida ma’lumotlar berishdi.
Davra suhbati davomida oliy harbiy bilim yurtlari to’g’risida ma’lumot beruvchi vdeorolik o’quvchilar e’tiboriga havola etildi.
https://t.iss.one/Nurota_IM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Nurota_tuman_IM

Bugungi shiddatli zamon ko'p tillarni bilgan insonga yangi marralarni zabt etishda imkoniyat eshiklarini keng ochmoqda.

🏫 Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabining zukko va intiluvchan yoshlari ham til o'rganishga nihoyatda qiziqadilar.

💡 Bu borada ularga "Ibrat academy" platformasi juda ham qo'l kelmoqda.

Mazkur ilovadagi darslar sodda, tushunarli va qulayligi bilan ham yoshlar orasida e'tibor qozonmoqda.

🎥 Mazkur video lavhada ta'lim muassasamiz o'quvchilarining ilova haqidagi fikrlari aks ettirilgan!

https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_IM
Joriy yilning 21 sentyabr sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tuman IIB bilan hamkorlikda o'quvchilar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning ongida sog'lom mafkuraviy immunitetni shakllantirish, yoshlarimizni turli yot g'oyalar ta'siridan saqlash hamda yuksak ma'naviyatli avlod qilib tarbiyalash maqsadida profilaktik suhbat tashkil etildi.

Tadbir davomida tuman IIB xodimlari I.To'xsonov va J.Salimovlar ishtirok etib, mavzu yuzasidan o'quvchilarga tushunchalar berib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytardilar.

https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_IM

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 26-maydagi PF–79-son Farmoni hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida” 2023-yil 16-avgustdagi 248-son buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida Joriy yilning 20 sentyabr sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga biriktirilgan tumandagi 19 va 34-umumta'lim maktablarida o'quv seminarlari tashkil etildi va Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari Agentligi tizimidagi maktablarda qo''lanilayotgan o'qitish va baholash tizimlari to'g'risida mazkur maktablarning pedagog xodimlariga atroflicha tushunchalar berildi.

https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_IM
Joriy yilning 24 sentyabr sanasida O'qituvchilar o'rtasida Zakovat intellektual turnirining Navoiy viloyat saralash bosqichi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti faollar zalida o'tkazildi. Viloyatimizning 74 ta ta'lim muassasasidan jamoalar ishtirok etgan turnirda Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
E'tiborli tomoni shundaki, ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi ketma-ket ikkinchi yili ushbu turnirda 1-o'rinni qo'lga kiritmoqda.
Sovrin jamg'armasi 200 million so'mni tashkil qiluvchi turnirda butun respublikamizdan jami 45 ta jamoa final bosqichiga yo'l oldi.
Yana bir quvonarli jihat: Respublika bosqichiga yo'l olgan jamoalarning 15 tasi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari Agentligi tizimidagi maktab jamoalaridir.
Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va respublika bosqichiga yo'l olgan Agentligimiz tizimidagi barcha ta'lim muassasalari jamoalariga final bosqichida omad tilab qolamiz!
https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_IM
#Monitoring

Joriy yilning 25 sentyabr sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 8-11 sinf o'quvchilari uchun ingliz tili, matematika, fizika fanlaridan monitoring testlari bo'lib o'tdi.

https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_IM
Joriy yilning 25 sentyabr sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi kimyo fani o'qituvchisi M.Kurbonova tomonidan 7-A sinf o'quvchilari uchun "Aralashmalarni ajratish: ifloslangan osh tuzini tozalash" mavzusida amaliy mashg'ulot o'tkazildi.
https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_IM
Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabining fizika fani o'qituvchisi Bozorov Jahongir tomonidan o'tkazilgan "Suyuqlikning zichligini aniqlash" mavzusidagi amaliy mashg'ulotdan lavhalar.
https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_IM
Joriy yilning 28 sentyabr sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari, MMIBDO' S.Salimov hamda ta'lim muassasasi psixologi O.Bozorova tomonidan 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni" bayrami munosabati bilan ta'lim tizimida uzoq yillar faoliyat olib borgan, yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishda fidoiylik ko'rsatgan ustozlar Rohila Safoyeva hamda Zuhro Faxriddinovalarning holidan xabar olinib, ularga bayram sovg'alari topshirildi.
Faxriy ustozlar tomonidan yurtimiz ta'lim tizimidagi ijobiy o'zgarishlar, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari Agentligi tizimidagi maktablarning faoliyati to'g'risida iliq fikrlar bildirildi.
https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_IM
Joriy yilning 28 sentyabr sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, Nurota tuman axborot kutubxona markazi hamda tuman ma'naviyat va ma'rifat bo'limi bilan hamkorlikda 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni" bayrami munosabati bilan G'afur G'ulom hayoti va ijodi hamda adibning "Shum bola" asariga bag'ishlangan Zakovat intellektual o'yini o'tkazildi.
O'yinda Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6-A va 6-B sinf o'quvchilari o'zaro bellashdilar.
15 ta savoldan iborat bellashuv yakunida 6-A sinf o'quvchilari g'oliblikni qo'lga kiritdilar.
G'olib va sovrindorlarga tuman ma'naviyat va ma'rifat bo'limi tomonidan kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.
https://t.iss.one/Nurota_IM
#Challenge
#Nurota_tuman_IM
Joriy yilning 29 sentyabr sanasida erta tongdan Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari ta'lim muassasasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar uchun o'ziga xos bayram chellenji tashkil etishdi.
Maktab darvozasi oldida gullar va tabriklar bilan qarshi olingan pedagog xodimlarimizning bayramona kayfiyatiga yanada kayfiyat qo'shilganligi shubhasiz.
Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi yurtimizdagi barcha ustoz va murabbiylarni bayram bilan samimiy muborakbod etadi.
https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_IM
Joriy yilning 29 sentyabr sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgam maktabida 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan ta'lim muassasasi o'qituvchilari o'rtasida Zakovat intellektual o'yini o'tkazildi.
Ustozlar ikki guruhga bo'lingan holda turli sohalarga oid 12 ta savol asosida bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko'ra 6 ta savolga to'g'ri javob bergan "Sirius" jamoasi o'yin g'olibiga aylandi.
Ishtirokchilar maktab ma'muriyati tomonidan kitoblar bilan taqdirlandilar
https://t.iss.one/Nurota_IM
Forwarded from Shohruz
#Nurota_tuman_IM
Joriy yilning 6 oktyabr sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-sinf o‘quvchilari uchun targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni olib borgan ta’lim muassasasining CHQBT rahbari SH.Rahmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 iyundagi “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va Davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan “Temurbeklar maktablari” faoliyati haqida o‘quvchilarga ma’lumot berib o‘tdi.
Shuningdek, o‘quvchilarga mavzuga doir videorolik namoyish etilib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.
https://t.iss.one/Nurota_IM