Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologik kanali
344 subscribers
4.04K photos
206 videos
4 files
753 links
Download Telegram
“KAMALAK YULDUZLARI” BOLALAR IJODIYOTI FESTIVALI

Nurota tumanida yosh isteʼdodlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash maqsadida "Kamalak yulduzlari" bolalar ijodiyoti festivali oʻtkaziladi.

“Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali tumandagi 5-son "Musiqa va sanʼat" maktabida saralash bosqichi 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan iqtidorli bolalar oʻrtasida oʻtkazildi.

500 nafar iqtidorli bolalar mumtoz musiqa, milliy cholgʻular ijrochiligi, xonandalik, tasviriy va amaliy sanʼat, badiiy ijod kabi yoʻnalishlar boʻyicha ishtirok etishib, 60 nafari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi hamda 20 nafar yoshlarga sertifikatlar berildi.

Festival yakunida gʻolib va sovrindorlar Yoshlar ishlari boʻlimi tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

Nurota tumani hokimligi
axborot xizmati

Web|Telegram|Facebook| Instagram| Youtube |Twitter
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab
Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi Bozorova Odina tomonidan 8-11-sinf o'quvchilaridan "O'qituvchi o'quvchi nigohida" mavzusida anonim so'rovnoma olindi. Mazkur so'rovnoma maktabda ta'lim sifatini rivojlanishtirishda muhim ahamiyatga ega. Anonim so'rovnoma tahlili natijasi maktab direktori va o'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosariga taqdim etildi.
https://t.iss.one/Nurota_IM
📚#Kitobxonlik
🏫 #Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab

📅 Joriy yilning 27 noyabr kuni Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi kutubxonasida o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni kitobxonlikka keng jalb etish maqsadida 8-sinf o'quvchilari o'rtasida Said Ahmadning "Ufq" romani asosida viktorina tashkil etildi.

O'quvchilar asar asosida tayyorlangan mantiqiy savollarga javob topishga harakat qildilar.

🥇Yakuniy natijalarga ko'ra g'oliblik 8-C sinf o'quvchilariga nasib etdi.

https://t.iss.one/Nurota_IM
Forwarded from Shahzoda Fayzullayeva
📚 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilayotgan “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovida ishtirok eting va qimmatbaho sovg‘alarni yutib oling!

🔹1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk;
🔹2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔹3-o‘rin (3 nafar) – Planshet;
🔹4-o‘rin (4 nafar) – Samsung Smartfon;
🔹5-o‘rin (10 nafar) – RedMI Smartfon;
🔹“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon.

Tanlovda ishtirok etish👇

https://t.iss.one/kitobtanlovbot?start=1865315720
Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tarix fani oʻqituvchisi Rashidova Dilobar tomonidan 6 "b" sinf oʻquvchilariga "Hindiston sivilizatsiyasi" mavzusida ochiq dars soati oʻtkazildi.
https://t.iss.one/Nurota_IM