Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologik kanali
347 subscribers
4.04K photos
207 videos
4 files
753 links
Download Telegram
Forwarded from Shohruz
Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 8 "s" sinf oʻquvchilarga maktab psixologi O.Bozorova tomonidan "Doʻst va doʻstlik" mavzusida psixologik dars soati oʻtkazildi. Mazkur dars soatida
Doʻst qanday boʻlishi kerak.
Doʻstlik qoidalari
Keling, vaziyatni tahlil qilaylik kabi metodikalar qoʻllanildi. Shuningdek dars soati qiziqarli oʻtishi uchun interfaol oʻyinlarda foydalanildi.
Maqsad: Oʻquvchilarga doʻstlik qoidalari bilan tanishtirish, haqiqiy doʻstlarning inson hayotidagi ahamiyatink koʻrsatish , bir-birini tushunish istagiga xayrixohlikni oʻrgatish.
https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#I_Renessans_Allomalari

Joriy yilning 24 noyabr sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 8-C sinf rahbari D.Safarova tashabbusi bilan "I Renessans allomalari" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
O'quvchilar tomonidan dunyo tamadduniga hissa qo'shgan buyuk bobolarimiz Al-Xorazmiy, Al-Farg'oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Az-Zamaxshariy, Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga oid sahna ko'rinishlari, ular haqida she'rlar, yurtimizni madh etuvchi qo'shiqlar ijro etildi.
Ulug' allomalarimizning asarlari, ushbu asarlarning dunyo ilm-fanida tutgan o'rni haqida ma'lumotlar berildi.

https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 8 “a” sinf oʻquvchilariga maktab psixologi O.Bozorova tomonidan “Biz sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida psixologik dars soati oʻtkazildi. Mazkur dars soatida -Sog’lom turmush tarzi haqidagi videorolik
- Zararli odatlarni tahlil qilaylik
- Amaliy ish kabi metodikalar qoʻllanildi. Shuningdek dars soati qiziqarli oʻtishi uchun art terapiyada foydalanildi.Mazkur trening mashg’ulotni o’tkazishdan maqsad oʻquvchilarga sog’lom turmush tarzi to’g’risidagi ma’lumotlar berish va ularga rioya etishda ko’maklashish.
https://t.iss.one/Nurota_IM
#Kamalak_yulduzlari
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

⭐️ Joriy yilning 25 noyabr sanasida Nurota tumanidagi 5-son musiqa va san'at maktabi binosida "Kamalak yulduzlari" bolalar ijodiyoti festivalining tuman bosqichi o'tkazildi.

💫 Quvonarli tomoni shundaki, mazkur festivalda ishtirok etgan Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabining iste'dodli o'quvchilari bir qator sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritdilar.


Jumladan:

🥇8-A sinf o'quvchisi Suponova Mohinur - raqs yo'nalishi bo'yicha faxrli 1-o'rin;
🥇8-B sinf o'quvchilari Ismatova Nafosat va Aslamova Muxlisa - raqs (jamoaviy) yo'nalishi bo'yicha 1-o'rin;
🥇6-B sinf o'quvchisi Tursunqulova Sevinch - fortepiano yo'nalishi bo'yicha 1-o'rrin;
🥈6-A sinf o'quvchisi Rahmatova Dilnura - tasviriy san'at yo'nalishi bo'yicha 2-o'rin.


🌟 Shuningdek tanlovda faol ishtirok etgan Qurbonova Ferangiz va Hamdamova Gulmiralar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

https://t.iss.one/Nurota_IM