Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologik kanali
346 subscribers
4.17K photos
224 videos
4 files
777 links
Download Telegram
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab

Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda tuman qo’riqlash bo’limi o’rtasidagi hamkorlik natijasida ta’lim muassasasida o’quvchi-yoshlar orasida kamondan o’q otish sport turini ommalashtirish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida master-klass mashg’ulotlari o’tkazib kelinmoqda.
Ana shunday mashg’ulotlardan biri joriy yilning 4 may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 5-11-sinf o’quvchilari uchun tashkil etildi. Tuman qo’riqlash bo’limi xodimlari tomonidan kamondan o’q otish sport turi bo’yicha saboqlar berildi.

https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab
Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi Bozorova Odina tomonidan 8-11-sinf o'quvchilaridan "O'qituvchi o'quvchi nigohida" mavzusida anonim so'rovnoma olindi. Mazkur so'rovnoma maktabda ta'lim sifatini rivojlanishtirishda muhim ahamiyatga ega. Anonim so'rovnoma tahlili natijasi maktab direktori va o'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosariga taqdim etildi.
https://t.iss.one/Nurota_IM
📚#Kitobxonlik
🏫 #Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab

📅 Joriy yilning 27 noyabr kuni Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi kutubxonasida o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni kitobxonlikka keng jalb etish maqsadida 8-sinf o'quvchilari o'rtasida Said Ahmadning "Ufq" romani asosida viktorina tashkil etildi.

O'quvchilar asar asosida tayyorlangan mantiqiy savollarga javob topishga harakat qildilar.

🥇Yakuniy natijalarga ko'ra g'oliblik 8-C sinf o'quvchilariga nasib etdi.

https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab

Joriy yilning 1 dekabr sanasida Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni munosabati bilan "Biz OITS ga qarshimiz" shiori ostida tuman tibbiyot birlashmasi bilan hammkorlikda davra suhbati bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida tuman OITS laboratoriyasi vrachi Sh.Ismatov o'quvchilarga kasallik tarixi, uning yuqish yo'llari, kasallikdan himoyalanish to'g'risida tushunchalar berib, ular tomonidan yo'llangan savollarga javob qaytardi.

https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab

Joriy yilning 1 dekabr sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilarga yo'l harakati xavfsizligi qoidalari to'g'risida ma'lumotlar berish maqsadida tuman IIB YHXB bilan hamkorlikda profilaktik suhbat o'tkazildi.
Mazkur suhbatda yo'lni piyoda kesib o'tish, velosipedda yurish qoidalari to'g'risida ma'lumotlar berilib, o'quvchilarning savollariga batafsil javob qaytarildi.

https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab
#Biz_OITSga_qarshimiz

🏫 Joriy yilning 1 dekabr sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 1-dekabr - Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni munosabati bilan "Biz OITS ga qarshimiz!" shiori ostida 🎨 rasmlar tanlovi o'tkazildi.

Rasmlar tanlovi ishtirokchilari 🦠 OITS haqidagi tasavvurlari, mazkur kasallikning insoniyat va jamiyatga solishi mumkin bo'lgan ulkan xavf-xatarlari to'g'risidagi tushunchalarini ranglar vositasida tasvirlashga harakat qildilar.

https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab 🏫

📅 Joriy yilning 4 dekabr sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda tuman favqulodda vaziyatlar bo'limi bilan hamkorlikda o'quvchilarga kuz-qish mavsumida tabiiy gaz va isitish vositalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari, 🔥🔥yong'in yuzaga kelganda amalga oshiriladigan dastlabki harakatlar🧯 hamda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish to'g'risida ma'lumotlar berish maqsadida o'quv tashkil etildi.

Mazkur tadbirda ishtirok etgan Navoiy viloyat FVB hamda Nurota tuman favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari yuqoridagi mavzular bo'yicha ma'lumotlar berib o'tdilar.

https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab 🏫

📅 Joriy yilning 5 dekabr sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan ✏️ "Qomusim - or-nomusim" shiori ostida insholar tanlovi bo'lib o'tdi.

Mazkur tanlovda ishtirok etgan ta'lim muassasasining 20 nafar o'quvchilari yangilangan bosh qomusimiz, uning mazmun-mohiyati, asosiy qonunimizda ta'lim, ijtimoiy hayot va yoshlar siyosati sohalari uchun nazarda tutilgan imkoniyatlar haqidagi o'z fikrlarini qog'ozga tushirdilar.

https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab
#psychologist_time
🏫Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 7 "a" sinf oʻquvchilariga maktab psixologi O.Bozorova tomonida 📚"Kitob afzalmi? 📱"Ijtimoiy tarmoq afzalmi?" mavzusida munozara uslubida trening mashgʻuloti oʻtkazildi. 💥Trening mashgʻuloti davomida oʻquvchilar kitob va ijtimoiy tarmoq afzalliklari toʻgʻrisidagi fikrlarini muhokama qilishdi. Shuningdek interfaol oʻyinlardan foydalanildi, oʻquvchilar qiziqish bilan faol ishtirok etishdi.
https://t.iss.one/Nurota_IM
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab
#Konstitutsiya_32

📅 Joriy yilning 6 dekabr sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Nurota tuman Kengashi bilan hamkorlikda "Konstitutsiya - huquq va erkinliklarimiz kafolati" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Nurota tuman Kengashi apparat rahbari B.Bobomurodov o'quvchilarga yangilangan bosh qonunimiz, undagi asosiy o'zgartirishlarning mazmun-mohiyati to'g'risida o'quvchilarga tushunchalar berib o'tdi va ularning savollariga atroflicha javob berdi.

https://t.iss.one/Nurota_IM
🏫 #Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab
#Konstitutsiya_31 🇺🇿

📅 Joriy yilning 7 dekabr sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faollar zalida tuman Madaniyat bo'limi, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi 📚 Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya - baxtimiz qomusi" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

🔊🔊🔊Tadbir O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi.

Maktabning 9-A sinf o'quvchilari hamda tuman madaniyat bo'limi xodimlari tomonidan tayyorlangan she'riy va musiqiy chiqishlar yig'ilganlarning bayramona kayfiyatiga yanada ko'tarinkilik ulashdi.

https://t.iss.one/Nurota_IM