Nurafshon shahar hokimligi
1.84K subscribers
32.4K photos
3.16K videos
42 files
9.72K links
Download Telegram
#Inson
#xayriya_tadbiri

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi doimo e'tiborda


Bugun Nurafshon shahar "Tong" madaniyat saroyida Nurafshon shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Pak Viktor Nikolayevich, Nurafshon shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi, O'zLiDeP Toshkent viloyati Kengash raisi T.Fayziyev, Nuroniy jamg'armasi raisi Dj.Axmedqulov hamda bir guruh mutasaddilar ishtirokida “Inson qadri uchun” shiori ostidagi xayriya tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda ishtirok etgan yolg'iz va yolg'iz yashovchi hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolar va extiyojmand oila a'zolariga deputat V.N.Pak va "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan reabilitatsiya qilishning texnik vositalari hamda oziq-ovqat maxsulotlari. estalik sovg'alari taqdim etildi.

Yig'ilganlarga ko'tarinki kayfiyat ulashish maqsadida shahar Madaniyati bo'limi tomonidan sahnalashtirilgan teatr chiqishlari, kuy qo'shiqlar ijro qilindi. Koreys milliy madaniyat markazi tomonidan milliy raqslar ijro qilindi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt