Nurafshon shahar hokimligi
1.9K subscribers
34.5K photos
3.26K videos
45 files
10.3K links
Download Telegram
Nurafshon shahar hokimligi raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejeri G.Eruvbayeva va Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi vakili A.Ergashovlar tomonidan shahar umumta'lim maktablarida elektron xizmatlardan samarali foydalanish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminar davomida o‘qituvchilarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, OneID tizimi orqali kirish va pullik xizmatlar uchun chegirmalar haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, my.gov.uz portalidagi "Axborot va aloqa" va "Fuqarolik" sohalariga oid xizmatlar amaliy namoyish etildi.

Tadbir o‘qituvchilar va maktab xodimlariga raqamli xizmatlardan samarali foydalanish bo‘yicha zarur bilimlar berdi.

#Nurafshon #RaqamliIqtisodiyot #ElektronXizmatlar #YagonaPortal #OneID #mygovuz #OquvSeminari #RaqamliHukumat #O'qituvchilar #Ta'lim #FuqarolikXizmatlari #AxborotAloqa #RaqamliXizmatlar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt