Nurafshon shahri hokimligi
5.42K subscribers
38.7K photos
3.51K videos
50 files
11.3K links
Download Telegram
#jamoatchilik_eshituvi

Toshkent yo‘li ko‘chasidagi mavjud bo‘lgan ko‘p yillik qurigan chinor daraxtlari yuzasidan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.

🔰Nurafshon shahar hokimligi yetakchi mutaxassisi, Nurafshon shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, To‘y tepa, Muqimiy, Obod, Bobur MFY raislari, shahar hududida istiqomat qilib kelayotgan fuqarolar ishtirokida jamoatchilik eshittiruvi o‘tkazildi.

🔰Bunda Toshkent yo‘li ko‘chasidagi 14 tup Zarang-bargli chinor daraxtlarini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i 2023-yil 24-iyuldagi №194-sonli ilmiy xodimlari xulosasiga asosan chinor daraxtning po‘stlog‘i ajralib, turli zararkunandalar va tabiiy omillar ta’sirida hamda kerakli ozuqalar yetishmasligidan asta-sekinlik bilan quriganligi aholi va keng jamoatchilikka tushuntirildi.

🔰Fanlar Akademiyasi botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i 2023-yil 24-iyuldagi №194-sonli ilmiy xodimlari xulosasiga asosan Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining Nurafshon shahar hududidagi 14 (o‘n to‘rt) dona daraxtlar qurib qolganligi sababli ularni kesish bo‘yicha 2024-yil 7-martdagi VI-91-9-10-213-K/24-sonli kengash qarori tasdiqlanganligi aytib o‘tildi.

🔰Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining tegishli ruxsatnomasiga asosan qurib qolgan daraxtlar kesilib, o‘rniga yangi ko‘chatlar ekilishi ta’kidlandi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2