Nurafshon shahri hokimligi
2.26K subscribers
37.6K photos
3.44K videos
49 files
11K links
Download Telegram
#ramazon
#ezgulik_oyi

Ayni paytda yurtimiz bo'ylab qutlug' ramazon oyining shukuhi kezib yuribdi.


Dinimizda oʻzgalarga yaxshilik qilish, oʻzi yashab turgan jamiyatdagi insonlarning hojatini chiqarish, ulardan turli xil mushkulotlarni aritish fazilatli ish sanaladi.

📝Zero, buyuk bobokalonimiz Hazrat Alisher Navoiy aytadilar:

Kimki bir koʻngli buzuqning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Kaʼba vayron oʻlsa, obod aylagay.


Nurafshon shahrimizning barcha mahallalarida – inson qadrini ulugʻlash, mehr va yordamga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov tashabbusi, sahiy homiylar ishtirokida ehtiyojmand oila xonadonlarida iftorlik dasturxoni yozilmoqda.

🌙Shu jumladan bugun Nurafshon shahrining Qumariq mahalla fuqarolari yig'inida ana shunday 2 ta ehtiyojmand oila xonadonida iftorlik dasturxoni yozildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#ezgulik

Quvonchga to'la ko'zlar

Mehr-saxovat xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan hisoblanadi. Yurtimizda o‘zgalar dardiga darmon bo‘layotgan, ularga ham moddiy ham ma’naviy yordam qo‘lini cho‘zayotgan saxovatpesha insonlar juda ko‘p.

Joriy yilning 15-sentabr haftaning yakshanba dam olish kuni Nurafshon shahri IIB boshlig'i M.Sottiyev va YHXB boshlig'i I.Umarovlar tashabbusi bilan "Oppoq" MFY xotin-qizlar faoli Sh.Matkarimova boshchiligida "Ayollar daftari"da turuvchi boquvchisini yo'qotgan, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari saxovatpesha homiylar mablag'lari hisobidan Toshkent shahridagi "Lokomotiv" ko'ngilochar xiyoboniga olib borildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#ezgulik

Bolajonlarga quvonch ulashildi


Insonlar qalbiga yo‘l topish, ularning dardini tinglash va muammolariga yechim topish saxovatpesha insonlarga xos xususiyatdir. Bolajonlarga xursandchilik, shodlik, quvonch ulashish esa xalqimizga xos fazilatlardan.

⚡️Nurafshon shahri IIB boshlig'i M.Sottiyev shahar YHXB boshlig'i I.Umarovlar tashabbusi bilan "Oppoq" MFY xotin-qizlar faoli Sh.Matkarimova boshchiligida "Ayollar daftari"da turuvchi boquvchisini yo'qotgan, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari saxovatpesha homiylar mablag'lari hisobidan Bo'stonliq tumani "Chinorkent" dam olish maskaniga olib borildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt