Nurafshon shahri hokimligi
5.41K subscribers
38.9K photos
3.53K videos
51 files
11.4K links
Download Telegram
Nurafshonda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahrida obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Ayniqsa, Ijodkorlar bog‘ida piyodalar uchun maxsus yo‘laklar qurish ishlari olib borilmoqda.

Zamonaviy va mustahkam yo‘laklar aholining qulay harakatlanishini ta’minlab, bog‘ hududini yanada chiroyli va shinam maskanga aylantiradi.

Ushbu tashabbus shaharning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish va fuqarolarga qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

#Nurafshon #Obodonlashtirish #IjodkorlarBogi #YangiLoyiha #ShaharKo‘rkigaKo‘rk

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#qurilish
#Nurafshon

Nurafshon shahrida yangi bolalar shifoxonasi qurilishi davom etmoqda

📍 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-dekabrdagi “2024–2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–454-sonli qaroriga asosan, Nurafshon shahri markaziy shifoxonasi hududida 65 o‘rinli zamonaviy bolalar bo‘limi binosi qurilmoqda.

Qurilish ishlari “Zomin Sifat” MChJ pudrat tashkiloti tomonidan olib borilmoqda. Hozirda binoda ichki pardozlash va elektr tarmoqlarini montaj qilish ishlari olib borilmoqda.

📸 Quyida mazkur obyekt qurilishidan fotolavhalar bilan tanishing:

#Nurafshon #SogliqniSaqlash #YangiLoyiha #BolalarBo‘limi #ZominSifat #QurilishJarayoni #TibbiyotRivoji

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
3👍3