Nurafshon shahri hokimligi
5.67K subscribers
38.7K photos
3.51K videos
50 files
11.3K links
Download Telegram
#Shaxmatda_noutbuk_yuting

⚡️Joriy yilning 15-may kuni soat 10:00 da Nurafshon shahrida joylashgan Yoshlar markazida 14-30 yosh toifasida imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida ''DXX kubogi'' shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

📄Musobaqa ishtirokchisi imkoniyati cheklanganligi to‘g‘risida shifokor xulosasi (ma'lumotnoma)ga ega bo‘lishi va musobaqaga o‘zi bilan olib kelishi talab etiladi.

💻Ha, aytgancha musobaqada 1-2-3-o‘rinlarga qimmatbaho noutbuk sovg‘a qilinadi.

Musobaqada ishtirokchilar soni cheklanmagan.

Shunday qilib, chorshanba, 15-may kuni soat 10:00 da Nurafshon shahridagi Yoshlar markazi binosida bo‘lib o‘tadigan shaxmat musobaqaga belgilangan soatdan kech qolmasdan, shaxsni tasdiqlovchi hujjat va imkoniyati cheklanganligi to‘g‘risidagi ma'lumotnoma bilan kelishlari so‘raladi.

▶️Lokatsiya

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt