Nurafshon shahar hokimligi
1.84K subscribers
33.4K photos
3.19K videos
44 files
9.97K links
Download Telegram
#jarayon
#obodonlashtirish
#DehqonobodMFY

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi hamda Davlat yo'llardan foydalanish korxonasi xodimlari tomonidan Dehqonobod MFY Soy bo'yi ko'chasida tozalash ishlari olib borilmoqda.


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#jarayon
#elektr
#ta'minoti
#DehqonobodMFY

Ayni damda Nurafshon shahar elektr ta'minoti xodimlari tomonidan "Dehqonobod"MFY da yangi beton tayanch ustunlar o'rnatish ishlari olib borilmoqda.


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Nurafshon_shahri
#DehqonobodMFY

Nurafshon shahrida kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar bilan yangicha mexanizmda ish tashkil qilinmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan shahar IIB boshlig‘i M.Sottiyev rahbarligida "Dehqonobod" mahallasida maxsus hudud tadbiri yo'riqnomasi o'tkazildi.

Bunda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatni oldini olishga doir profilaktik tadbirlar tashkil qilish, bank plastik kartalaridan firibgarlar tomonidan pul yechib olinishi holatlari, internetdagi firibgarliklar yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish olib borish bo‘yicha tegishlicha topshiriqlar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#XavfsizMahalla
#DehqonobodMFY

Qaror va ijro

Davlatimiz rahbarining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahridagi "Dehqonobod" mahallasi hududida “Namunali xavfsiz mahalla” ni tashkil etish maqsadida amaliy ishlar boshlandi.

Jumladan, "Dehqonobod" mahallasi hududiga kiruvchi barcha ko‘chalarga yuzni tanuvchi, 24/7 onlayn rejimda ishlovchi raqamli kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda.

Shahar hokimi I.Klichxanov va shahar IIB boshlig‘i M.Sottiyevlar mahalla hududida bo‘lib, kuzatuv kameralari o‘rnatilish jarayonida tegishli mas’ullarga birorta ham nazoratsiz hudud qolib ketmasligi yuzasidan topshiriqlar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt