Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
32.4K photos
3.16K videos
42 files
9.71K links
Download Telegram
#AYOLLAR_DAFTARI.

Nurafshon shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i K. E. Pardabayeva boshchiligida mahallalardagi xotin-qizlar faollari va mas'ul xodimlar bilan birgalikda "AYOLLAR DAFTARI" ning 3- bosqichiga kiritilgan xotin-qizlar individual dasturi yakuniy hisobotining ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Kamchiliklar o'rganilib, bartaraf etish choralari belgilandi.

Каналга уланиш:
👉 @Nurafshonpressa
#Ayollar daftari
#moddiy ko'mak

🔰 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida "Mahalla" xayriya jamoat fondi Nurafshon shahar bo'linmasi, "Saxovat va ko'mak" jamg'armasi tomonidan shahardagi "Ayollar daftari" ro'yxatida turuvchi 227 nafar fuqarolarning har biriga 1 320 000 so'mdan jami, 299 620 000 so'm bir martalik moddiy yordam pullari shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i K.Pardaboyeva, mahalladagi xotin- qizlar faollari ishtirokida tarqatilishi ta'minlandi.

Fuqarolar hukumatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlarga berilayotgan e'tibordan mamnun ekanliklarini va shahar hokimi I.Klichxanovga, sektor rahbarlariga, Oila va xotin- qizlar bo'limiga,  mahalla fuqarolar yig'ini xodimlariga hamda "Mahalla" xayriya jamoat fondi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, berilayotgan moddiy va ma'naviy yordamlar uchun minnaddorchiliklarini bildirishdi.

https://t.iss.one/Nurafshonpressa
#jarayon
#ayollar daftari

🔰O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi "Xotin- qizlar muammolarini o'rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 145-sonli qarori asosida "Ayollar dafrari"ning 3-bosqichidagi ayollarga ma'naviy, huquqiy, psixologik trenning bo'lib o'tdi.

❇️Yig'ilishda Nurafshon shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin- qizlar bo'limi boshlig'i K.Pardaboyeva, shahar prokurori katta yordamchisi F.Ochilov, shahar ma'naviyat va ma'rifat bo'limi rahbari D.Nurillayeva, mahalla xotin- qizlar faollari ishtirok etdilar.

Uchrashuvdan so'ng 129 nafar ayollarga 170 000 000 so'm moddiy yordam pullari tarqatildi.

Bugungi kundan mamnun ayollar mutasaddi tashkilotlarga o'z minnaddorchiligini bildirdilar.

Nurafshon shahar hokimligining Axborot xizmati

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

https://t.iss.one/Nurafshonpressа
#Ayollar_daftari

Nurafshon shahar hokimligida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash masalalariga oid yigʻilish boʻlib oʻtdi.

📎Unda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Q.Alkarov, shahar hokimining oʼrinbosari oila va xotin-qizlar boʼlimi boshligʼi N.Djumanova, Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari, sektor kotiblari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori A.Abdikarimov va 22 ta mahallada faoliyat olib borayotgan mahalla raislari va xotin-qizlar faollari ishtirok etdi.

Yig'ilishda Respublikamizda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, bandligini taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlarning shahardagi ijrosini bajarishda rahbariyat va barcha mahalladagi faollar, tajribali nuroniylarning biriktirib ish olib borish zarurligini taʼkidladi, hamda 5-bosqich ”Ayollar daftari“ni shakillantirish masalasi koʻrildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram
#Ayollar_daftari
#Xotin_qizlar

Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Ayollar_daftari
#psixologik_trenning

Nurafshon shahridagi mahallalarda istiqomat qiluvchi "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar uchun psixologik trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Unda Nurafshon shahar Oila va xotin-qizlar bo'limi mutaxasisi I.To'rayeva, Psixolog D.Nurillayeva, Nurafshon shahar IIB JXX XPB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektor L.Baxtiyarova hamda "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tadbirda ayollar psixologiyasi hamda sog‘lom va mustahkam oilaning asoslari, xotin-qizlar o‘rtasida uchrayotgan turli noxush holatlarning oldini olish borasidagi ishlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Ruhiy tushkunlikka tushib qolgan ayollar bilan individual suhbatlar olib borilib, o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Ayollar_daftari

"Ayollar daftari"ga kiritilgan ayollar qo'llab quvvatlanmoqda.

✔️Nurafshon shahrida tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan  "Ayollar daftari"ga kiritilgan fuqaroga faoliyatini boshlash uchun  Nurafshon shahri hokim yordamchisi tavsiyasi va Nurafshon shahri markaz xulosasiga asosan subsidiya asosida zarur asbob uskunalar topshirilmoqda.

🧷Jumladan, "Ma’rifat" MFYda istiqomat qiluvchi "Ayollar daftari"ga kiritilgan fuqaro S.Psetskayaga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan kasb hunarga o‘qitilib, hokim yordamchisi tavsiyasi bilan subsidiya asosida tikuv mashinasi topshirildi.

"Ayollar daftari ga kiritilgan "Muqimiy" MFYda yashovchi  fuqaro S.Yusupovaga "Ayollar daftari" jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratilib, 71201 harbiy qism hamkorligida xonadoni ta’mirlab berilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ayollar_daftari
#mahallada_tadbirkorlik
#kasanachilik

“Kuchli intilishi bo‘lgan ayol uchun tadbirkor bo‘lish oson”


Ma’lumki, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, salomatligini mustahkamlash va eng muhimi, ular uchun munosib turmush sharoitini yaratish ijtimoiy sohaning muhim yo‘nalishlaridandir. Shu bois, Prezidentimiz tomonidan mazkur yo‘nalishni rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Binobarin, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan izchil sa’y-harakatlar opa-singillarimizning ijtimoiy faolligini oshirishga, turmush farovonligini yuksaltirishga imkon yaratmoqda.

Bunga yaqqol misol "Ma'rifat" mahallasida yashovchi "Ayollar  daftari" ga kiritilgan Odina Kasimovaga subsidiya asosida kasanachilik ish o‘rinlarini tashkil qilish uchun 51 000 000 so‘m mablag‘ ajratildi.

Tadbirkor O.Kasimova  tomonidan ajratilgan subsidiya mablag‘iga 5 nafar  kasanachining har biri  uchun asbob-uskunalar xarid qilindi va kasanachiga bepul berilib, bandligini ta'minladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Ayollar_daftari
#Nurafshon_shahri

Xotin-qizlar bandligi ta'minlanmoqda

Nurafshon shahrida “
Ayollar daftarini” yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Nurafshon shahar "Oybek" mahallasida yashovchi “Ayollar daftari”ning 5-bosqichi 1-toifa (Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar. Bunda bandligi ta’minlanmagan, ammo ishlash istagida bo‘lgan, daromad manbaiga ega bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar)ga kiritilgan Abduraxmanova Shaxnozaga hokim yordamchisining tavsiyasi bilan Vazirlar Mahkamasining 252-sonli qaroriga asosan o‘zini-o‘zi band qilish, oilaviy holatini yaxshilash maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinasi hamda overlog asboblari olib berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt