Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
33K photos
3.17K videos
44 files
9.89K links
Download Telegram
Nurafshon shahar hokimligi
Joriy yilning 22-may kuni shahar hokimligi Bolalarni himoya qilish shoʼba mudiri A.Jonqobilov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari О.Zakirov, shahar IIB inspektor psixologi katta leytenant Sh.Madaliev va Toshkent viloyati nuroniylar…
#E'TIBOR

📌O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi "Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomni tasdiqlash haqida 411-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahar Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi tomonidan amaliy ishlar boshlandi.
✏️Nurafshon shahar Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo'limi bosh mutaxassisi F.Zokirov, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo'yicha bosh inspektor  D.Turgunova  hamda protez mahsulotlarini tayyorlovchi ”Ortopediya mahsuloti” MChJ korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan shaxslarga protez-ortopediya mahsulotlaridan murakkab ortopedik poyabzal, protez uchun poyabzal,  tutor bolalar uchun korset va boshqa mahsulotlar o'lchovlari olinib, ishlovga berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#e'tirof

Nurafshon shahridagi maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallar topshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#e'tibor

Asrlar davomida xalqimizga xos mehr-oqibat, xayr-saxovat kabi ezgu umuminsoniy qadriyatlarni namoyon etib kelayotgan Qurbon hayiti jonajon Vatanimizda o‘zaro hamjihatlikda bag‘rikenglik va shukronalik fazilatlarini yanada mustahkamlashga beqiyos hissa qo‘shmoqda. Ushbu ulug‘ ayyom arafsida Nurafshon shahar “Maʼrifat” mahallasi, Hayot ko‘chasi, 27-uyda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro Davlatova Saodat Sotimboyevna va “Nurafshon” mahallasi, Nurafshon ko‘chasi,19-uyda yashovchi 2-guruh nogironi Pak Vitaliy Vladimirovichlarning holidan xabar olinib, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan sovg‘alar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#e'tibor

Davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri aholini ijtimoiy himoya qilish masalasi bilan bog‘liq. 2023yil - "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili"da O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-sonli va 2022-yil 31-martdagi 145-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida shahar hokimi I.Klichxanov tashabbusi bilan "Mahalla" xayriya jamoat fondi Nurafshon shahar bo‘linmasiga kelib tushgan homiylik mablag‘i hisobidan 360 mln so‘mga shahardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oilalar, "Temir daftar", "Ayollar daftari" ro‘yxatida turuvchi jami 50 nafar oila xonadoniga 50 dona quyosh paneli o‘rnatib berish ishlari amalga oshirilmoqda. Fuqarolar navbatdagi g‘amxo‘rlik va e’tibordan mamnun bo‘lib, minnatdorchilik bildirdilar.

https://t.iss.one/Nurafshonpressa
#e'tibor

🔗Nurafshon shahar hokimi I.M.Klichxanov "Degantepa" mahalla fuqarolar yig'inadagi o'g'ir toifadagi yoshlar va ularning oila a'zolari bilan uchrashdi.

👨‍🏫Yoshlarning bugungi kundagi moammo, taklif va istaklari o'rganildi.

https://t.iss.one/Nurafshonpressa
#e'tibor

🔗Nurafshon shahar hokimining birinchi o'rinbosari Q.Alkarov "Dehqonobod" mahalla fuqarolar yig'inadagi o'g'ir toifadagi yoshlar va ularning oila a'zolari bilan uchrashdi.

👨‍🏫Yoshlarning bugungi kundagi moammo, taklif va istaklari o'rganildi.

https://t.iss.one/Nurafshonpressa
#e'tibor

Mustaqillik bayrami arafasida “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida Nurafshon shahar "Oybek" mahallasida istiqomat qiluvchi nogironligi bor va yoshi ulug' keksalar manzilli yo'qlandi. Jumladan, 90 yoshni qarshilagan Abdujabbor ota G'aniyev va 1-guruh nogironi 84 yoshli Maxkam ota Roziqovlarni bayram bilan tabriklab, “Mahalla" xayriya jamoat fondi Nurafshon shahar bo'linmasi va мahalla fuqarolar yig'ini tomonidan tashkil qilingan 10 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari fond raisi A.Tuleganov va mahalla raisi M.Xaydarovlar ishtirokida topshirildi.
Nuroniy otaxonlarimiz yurtimizda olib borilayotgan barcha o'zgarishlardan boxabar va befarq emasliklarini bildirib, mustaqillik va farovon hayot uchun shukurona keltirib, duolar qilishdi.

@Nurafshonpressa
#e’lon

⚡️Hokim kubogi final o‘yiniga marhamat!

Bugun, 16-oktabr kuni soat 13:00 da Nurafshon shahridagi Muxtor Ashrafiy nomli «Nurafshon arena» markaziy stadionida futbol bo‘yicha final o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Unda Nurafshon shahar hokimi kubogining final bahsi o‘tkaziladi. Yashil maydonda shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Nurafshonshahargaz korxonasi vakillari o‘zaro to‘p suradi.

Barchani final o‘yiniga taklif qilamiz.

Tashkiliy qo‘mita.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

https://t.iss.one/Nurafshonpressa
#diqqat
#e'lon

📌Hurmatli Nurafshon shahar fuqarolari!

O‘zingizga munosib bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlarini izlamoqdamisiz?

Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov tashabbusi bilan sektor rahbarlari va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda joriy yilning 1-noyabr kuni soat 10-00da "Do'stlik uyi" NNT binosida “ISHGA MARHAMAT” shiori ostida mehnat yarmarkasi o‘tkaziladi.

Ushbu mehnat yarmarkasida shahardagi 40 dan ortiq korxona, tashkiloti va muassasalar o‘zlarida mavjud bo‘lgan 800 tadan ortiq bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etadi.

Shuningdek, Olmaliq shahrida "OLMALIQ KON METALLURIYA KOMBINATI"ga qarashli "Mis boyitish fabrikasi" ham bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etadi.

Keling, ko‘ring, tanlang, o‘zingiz uchun munosib bo‘lgan yuqori haq to‘lovchi ish o‘rinlariga ega bo‘lish orqali daromad manbaini yarating.
#E'lon

Bugun soat 15:30 da "Nurafshon"  telekanalida Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i bilan jonli efirda ochiq muloqot o‘tkaziladi.  Muloqotda o‘zingizni qiziqtirgan savollar bilan ishtirok eting.

Telefonlar:
+998 71 214 19 32;
+998 71 214 12 72
___
#Эълон

Бугун соат 15:30 да "Нурафшон"  телеканалида Тошкент вилояти қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги бошқармаси бошлиғи билан жонли эфирда очиқ мулоқот ўтказилади.  Мулоқотда ўзингизни қизиқтирган саволлар билан иштирок этинг.

Телефонлар:
+998 71 214 19 32;
+998 71 214 12 72
___
#Объявление

Сегодня в 15:30 на телеканале "Нурафшон" состоится открытый диалог с руководителем строительство и жилищно-коммунальное хозяйство. Просим жителей Ташкентской области принять активное участие в открытом диалоге и получить ответы на все интересующие и актуальные вопросы.

Телефоны:
+998 71 214 19 32;
+998 71 214 12 72

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter