“Yilning eng yaxshi hamshirasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Nurafshon shahridagi "Tong" madaniyat saroyida Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi xodimlari o‘rtasida "Yilning eng yaxshi hamshirasi" ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirokchilar o‘z malakalarini namoyish etib, sog‘liqni saqlash tizimiga qo‘shgan hissalarini taqdim etdilar.
Tadbir davomida shahar Madaniyat bo‘limi xodimlari o‘z chiqishlari bilan ko‘rik-tanlovga ko‘ngilochar va jozibador tus berdilar.
Tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni terapiya bo‘limi hamshirasi Z. Qo'ziboyeva, 2-o‘rinni KTM bo‘limi hamshirasi M. To'xtayeva, 3-o‘rinni esa ginekologiya bo‘limi katta hamshirasi X. Boyeva egalladi.
G‘oliblar va ishtirokchilar Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi va kasaba uyushmasi tomonidan faxriy yorliq, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
#Ko'rikTanlov #YilningEngYaxshiHamshirasi #SogliqniSaqlash #Nurafshon #Tibbiyot #Hamshira #Tanlov #G‘oliblar
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati